Sayohatlar jahon mamlakatlarida, shuningdek O‘zbekistonda ham sayohatlarni turizm iborasi bilan qo‘llanilmoqda. Tur-lotincha sayr-sayohat, chiqish, tomosha ma’nolarini bildiradi. Shu sababdan ularni turizm deb atash odatga aylanmoqda. Jamiyat taraqqiyoti va madaniyatlarning kengayishi, boyishi natijasida sayohatlarining turlari va ularning shakl, mazmun hamda maqsadlari ham ancha ko‘paydi.
O‘zbekiston muhitida yaqin o‘tmishlarda: turizmning piyoda yurish, tog‘larga chiqish, qoyalarni zabt etish, suv turizmi, chamalab topish (omentirovaniya) kabi turlari keng tarqalgan edi. Keyingi yillarda u yoki bu sabablarga ko‘ra (moddiy ta’minot, tashkiliy ishlar va h.k.) bu tadbirlar deyarlik o‘z kuchlarini yo‘qotdi. Uning o‘rniga shaharlararo va xalqaro sayohatlar tarkib topmoqda. O‘zbekturizm milliy kompaniyasi (1995 yilda tashkil etildi) va uning viloyatlar va ba’zi tarixiy obidalarga boy bo‘lgan shaharlarda (Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Termiz, SHahrisabz, Qo‘qon va h.k.) tarmoqlari mavjuddir. Bu tashkilotlar asosan xorijiy mamlakatlarning sayohatchilari, rasmiy mehmonlarini kutib olish, joylar bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek ziyoratchilar, mahalliy aholi hamda o‘quvchi yoshlarning sayr-sayohatlariga ham amaliy ravishda xizmat qilmoqda
Xalq milliy o‘yinlari Milliy kurashlarimiz (Buxoro va Farg‘ona usullari, turon-qo‘ljangi san’ati va h.k.), ot o‘yinlari (ko‘pkari-uloq, poyga va h.k.) o‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari («Bo‘ron», «Soldi», «Qirqtosh», «Chillik». «Oqsuyak, «Cho‘pon», «Eshak mindi», «Quloq cho‘zma» va juda ko‘p o‘yinlar milliy madaniyatlarimizning ko‘rkiga aylangan. SHu tufayli ularning e’tiborga loyiq turlari «Navro‘z», «Mustaqillik kuni» bayramlari, turli an’anaviy tadbirlar, udumlarda keng qo‘llanilmoqda. Muhimi shundaki, «Alpomish o‘yinlari», «To‘maris o‘yinlari» Respublika festivallari xalq milliy o‘yinlariga qaratilgandir. Deyarlik barcha o‘quv yurtlarining «Jismoniy tarbiya» dasturlariga xalq milliy o‘yinlari kiritilmoqda. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari tarkibida ham xalq milliy o‘yinlarining ba’zi turlari o‘z o‘rniga egadir.
Respublika prezidenti va hukumatining maxsus ko‘rsatmalari va qaror lari asosida kurashlar va boshqa xalq milliy o‘yinlari rasmiy hamda nufuzli musobaqalar darajasiga etib bordi, ya’ni:
Qadimiy qadriyatlarimiz, xususan mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm g’oyalarini o’zida mujassam etgan milliy sportimiz bo’lgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu qadriyatimizni umumjahon durdonasiga aylantirishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |