Sayohat jaxozlari: Jihozlar bir kunlik sayohatlarda unchalik ko‘p talab etilmaydi. Faqat oddiy kiyimlar, engil oyoq kiyimlari, zarur oziq-ovqatla li olib yurishga to‘g‘ri keladi. Ko‘p kunlik sayohatlarda etarli darajadagi oziq-ovqatlar, kiyimlar, gigienik vositalarni olish zarurdir. Guruh uchun esa chodir, ovqat pishirish, tibbiy vositalar g‘amlanadi. Esdaliklar olish uchun esa foto, video vositalarni olish mumkin. Dam olishlarining mazmunli o‘gishi uchun musiqa asboblari, to‘plar, magnitafon, durbin va h.k.lrni olish mumkin.
Yo‘l yurish varaqasi (marshrutniy list): Bu hujjat sayohat iami uyushtirish, o‘tkazish va yakunlashning asosiy omilidir. Chunki, sayohat uyushtirish uchun ota-onalar, ish joyi,o‘quv yurti rahbarlarining ruxsati va rasmiy tasdiqlar shartdir.
Unda sayohat qatnashchilarining ro‘yxati, yurish yo‘li, muddatlari va sayohat uchun javobgar rahbar ifoda etiladi. Sayohatlarning haqiqiyligi isbotlash uchun esa, eng muhim joylarda (qishloqlar, o‘rmon xo‘jaligi, qo‘riqxona, sayohat maskani-turbaza va h.k.) belgilatish, muhr bostirish zarur bo‘ladi.
Sayohat yakuni: Boshida ta’kidlanganidek, sayohatga yakun yasash so‘nggi gulxan atrofida o‘tkaziladi. Bunda ishtirokchilarning amaliy faoliyatlari, kelajak sayohatlar haqida rahbar ma’lumot beradi. Qatnashchilarga gerbariylar yasash, devoriy gazetalar fotoalbomlar chiqarish, videotasvirlarni namoyish qilish va b.q. topshiriqlar beriladi. Ertasiga yo‘lga tushish tartib-qoidalari va uyga etib borish extiyojliklari aniq belgilanadi. Faol sayohatchilar bilan hamkorlikda rahbar (o‘qituvchi) yozma ravishda hisobot tayyorlashadi.
. Toqqa chiqish sayohati.
Sayohatning bu turini o‘tkazish uchun eng kamida 2-3 kun talab etiladi Shu sababdan unga tayyorlanish jarayonlari ko‘p faoliyatlarni talab etadi, ya’ni:
1.Guruhni belgilash, yo‘llarning varaqasini tasdiqlatish.
2.Zarur jixozlar, tibbiy vositalami yig‘ish.
3.Oziq-ovqat, maxsus kiyimlami jamg‘arish.
O‘zbekiston sharoitida tog‘larga sayohat uyushtirishni mo‘ljallagan shaharliklar va viloyat, tuman markazlarida istiqomat qiluvchilar tog‘ oldi joylariga yaqinlashish maqsadida avtoulovlardan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, tog‘ yonbag‘irlariga (mashina yurish qiyin bo‘lsa) turli xil ulovlardan (ot, eshak) ham maqsadli foydalanishga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlari sayohatining bu turi uchun eng qulay joylardir. Ayniqsa Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyatining Chorvoq suv ombori atroflari, Chimgan, Parkent, Piskent, Angren, Olmaliq va b.q. joylari tog‘ sayohatlari uchun juda qulaydir. Zomin, Baxmal, Forish (Jizzax viloyati), Urgut, Omonqo‘ton, Ohalik, Oqsoy (Samarqand viloyati) va Qashqadaryo va Surxondaryo vohasining deyarlik barcha tog‘li xududlari o‘quvchi-yoshlar hamda talabalarning yozgi dam olish oromgohlarini joylash tirgan. Bunday joylarda rejali sayohatlar va o‘z ixtiyori (havaskorlik) bilan sayohat tashkil qilganlar ko‘ngildagidek tog‘ sayohatlarini o‘tkazishi mumkin. Lekin bunda tog‘ sayohatlarini yaxshi biladigan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari yoki maxsus tashkilotchilarining (instruktor) rahbarligi zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |