O`zbekiston resbublikasi xalq ta’lim vazirligi



Download 0,59 Mb.
bet33/93
Sana04.03.2022
Hajmi0,59 Mb.
#482065
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93
Bog'liq
arxeologiy мажмуа 2021 (2)

Qashqadaryo vohasida ham ilk o’rta asrlarga oid yodgorliklar ro’yxatga olingan. Ayniqsa S.K. Kabanov tomonida Qarshi vohasida joylshgan 300 dan ortiq tepaliklar ro’yxatga olinib xaritasi tuziladi. 1946 yildan boshlab ilk o’rta asrlarga oid yodgorliklari tadqiq etila boshlandi va bu borada katta yutuqlarga erishildi. 70-yillardan boshlab G’uzor va Dehqonobod tumanlaridagi, shuningdek Yuqori Qashqadaryo vohasidagi ilk o’rta asrlarga oid yodgorliklar KATE a’zolari tomonidan o’rganildi.
Panjikent xarobasini tekshirish 1946 yildan buyon olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida V, VІ, VІІ asrlarga oid bo’lgan turar joylar tekshirildi. Turar joylar jumlasiga Divashtich saroyi, boy va oddiy shahar aholisi uylari kiradi. Boy xonadon uylari murakkab reja asosida qurilgan. Bu yerda ham ijtimoiy uylar 2 ta ibodatxona ochib o’rganildi. Saroy va yirik binolarning devorlariga hayotiy va diniy mavzudagi rasmlar solingan. Samarqand, Varaxsha, Panjikent rasmlari ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda tasviriy san‘at yuqori darajada bo’lganligini ko’rsatadi.
1953-1954 yillarda Surxondaryoda qazib o’rganilgan Bolaliktepa qal‘asi eftalitlar davrining diqqatga sazovor yodgorliklaridan biridir. Bolaliktepa baland poydevor ustiga qurilgan bino bo’lib, uning ichki devorlariga turli rasmlar ishlangan.
Farg’onadan topilgan Quva budda ibodatxonasi ikki binodan iborat bo’lib, ularning eshiklari alohida bo’lgan. Ayvonga kiraverishda otlarning, soqolli ma‘budning katta haykali bo’lib, uning peshonasida odamning bosh suyagi tasvirlangan. Bu yerdan turli haykalchalar ham topilgan.
Xitoy manbalarida Ishtixon shahri ibodatxonalarida Buddaning oltindan yasalgan katta haykali bo’lganligi haqida ma‘lumot beriladi.
Toshkent vohasidan ilk o’rta asrlarga mansub Mingo’rik, Yunusobod Oqtepasi yodgorliklari topilgan. V-VІІ asrlarda Toshkent vohasida shahar markazi sifatida Mingo’rik muhim ahamiyat kasb etgan. Ko’chmanchi aholi bilan munosabatlar bu yerning hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Turar joylar katta-kichikligiga qarab farqlanadi.
Feodallarning turar joylaridan hokim qarorgohlaridan kichikroq Oqtepadagi uylar qurilishi jihatdan boshqa yerlardagi uylarga o’xshash. Mingo’rik arki va shahristoni 18 ga egallaydi. 200 m kv maydondan VІІ-VІІІ asrlariga oid saroy va ibodatxona qoldiqlari topilgan. Devorlar paxsa va xom g’ishtdan qurilgan. Shosh O’rta Osiyoning boshqa yerlari bilan savdo aloqalarini olib borgan.
Milodiy V-VІІІ asrlarda Shosh vohasida Yunusobod ham muhim rol o’ynagan. Maydoni 100 ga bo’lgan mazkur yodgorlik ko’rilayotgan davrida Shosh vohasining eng muhim markazlaridan biri bo’lgan.
Xorazm hududidan ilk o’rta asrlar davriga oid shahar va mustaxkamlangan qo’rg’oncha qoldiqlari topib o’rganilgan. Fir saroyi, Burgutqal‘a, Teshikqal‘a, Kuyukqal‘a, Mizdakhon va boshqalar o’rganilgan.
Burgutqal‘a, Teshikqal‘a qasr-istexkomlari VІ-VІІІ asrlarga mansubdir. Mazkur davrda qal‘alar balandligi 4-8 m bo’lgan mustahkam tagkursi (platforma) ustiga qurilgan. Teshikqal‘a maydoni 1 ga egallaydi. Qal‘a mudofaa inshootlariga ega bo’lgan, unga faqat ko’tarma yo’l orqali kirilgan. Bu yerdan devorlarga ishlangan rasmlar, gilam parchalari, tangalar topilgan. Qal‘a VІІ-VІІІ asrlarda qurilgan.
V-VІ asrlarda kurilgan Kuyukqal‘a 41 ga maydonni egallagan. Uning ichki qismida ikkita qasr bo’lganligi aniqlandi. Ilk o’rta asrlar devorida Xorazmda ham xo’jalik va madaniy hayot yuksak bo’lganligini moddiy ashyolar tasdiqlaydi. Bu yerning yodgorliklari arablar istilosi arafasida tushkunlik bo’lganini ko’rsatadi.
VІ-VІІ asrlarda yangi ko’rinishdagi qishloqlar katta-katta oilalar yashaydigan mustahkamlangan qasr-qo’rg’onlar paydo bo’la boshladi. Bunday qasr-qo’rg’onlar Xorazmda yaxshi o’rganilgan.
Dehqonchilik bilan shug’ullangan erkin aholi mustahkamlangan mayda qo’rg’onchalarda yashaganlar. Xorazmda ana shunday qo’rg’onlarning 200 dan ortig’i topildi. Ular bir-biridan 200 m masofada joylashgan va 34 km kv maydonni egallagan. Har bir qo’rg’onning atrofi devor bilan o’rab olingan. Arab tarixchisi Al-Makdisiyning ma‘lumotiga ko’ra Mizdakhon atrofida X asrda 12 mingta qo’rg’onlar bo’lgan.
Ilk o’rta asrlarda haykaltaroshlik san’ati keng qo’llanilgan. U dumaloq va bo’rtma tasvir shaklida me’morchilik komplekslarida ishlatilgan. Bu haykallarda diniy va afsonaviy obrazlar bilan bir qatorda real hayotni aks ettiruvchi obrazlar ham uchraydiy. Haykallar maxsus tayyorlangan loydan, yog’och, albaster va toshdan ishlangan.
Amaliy xaykaltaroshlik san’atining yorqin namunalari IV-V asrlarga oid Toharistonning Kuyovqo’rg’on qal’aqo’rg’onidan topiladi. Kuyovqo’rg’on haykallari ziynatli bezaklarga boy yengil kiyimlardagi erkak va ayol personajlaridan iborat bo’lgan.
Ma’lumki, ilk o’rta asrlarda ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi ya’ni feodallashish jarayonining rivojlanishi me’morchilikning xarakteri va mazmuniga ta’sir etadi. Bu hol dastlab qo’rg’on-qasrlar, ko’shklar qurilishida ko’zga tashlanadi. Keyinchalik podsholarning saroylari, shaharlardan tashqaridagi hashamatli va ulug’vor qarorgohlari keng tarqaladi. Bu binolar ko’p hollarda sun’iy tepaliklar ustiga qurilib, ularning me’moriy echimlari mahobatli bo’lishiga katta e’tibor beradi. Binolar ham g’ishtdan va paxsadan qurilgan. Devorlari ganch bilan pardozlangan, xona devorlari devoriy surat va naqshlar bilan bezatilgan.
Ilk o’rta asrlar davri monumental memorchiligida noyob ganch naqshinkorligi keng qo’llanilgan. Darhaqiqat, ilk o’rta asrlarda ganch o’ymakorlik san’ati o’zining yuqori darajasiga ko’tarilgan edi. Uning hatto dastlabki namunalarida o’z zamonasiga xos yangi uslubiy yo’nalish shakllangan edi. Buni Afrasiyob, Varaxsha va Dumaloqtepa qasr bezaklarida uchratish mumkin.
Ilk o’rta asrlarda amaliy san’atning barcha yo’nalishlari rivojlanadi. Ular shaharlarning o’sishi va shahar hunarmandchiligining taraqqiyoti bilan uzviy bog’langan edi. Oltin va kumushdan har xil idishlar yasash ko’lami kengayadi. Ayniqsa, bu masalada Xorazm va So’g’dda katta yutuqlarga erishiladi.
O’rta Osiyoda ilk o’rta asrlar davrida yagona din bo’lmagan. Arablar istilosi bilan bog’liq holda islom dini keng tarqalgani ma’lum. Farg’ona vodiysida ya’ni Quvadan topilgan ibodatxona xarobasi buddaviylik dini bilan bog’liq bo’lib, u 2 xonali, old xonasi ayvon shaklida qurilgan. Xorazmda ham ko’mish marosimlari bilan bog’liq bo’lgan ossuariylar yoki ostadon deb nomlangan to’rtburchak shaklidagi tobutchalar otashparastlik e’tiqodi bilan bog’liq bo’lgan. Ostadonlar So’g’d, Shosh hududlaridan ham topilgan. Zardushtiylik dini bilan bog’liq bo’lgan ibodatxonalar tepalikka qurilib, old tomoni esa quyosh chiqish tomonga qaratilgan.
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda so’g’d, xorazm, eftalit, turk bitiklari paydo bo’ldi. Mazkur yozuvlar tarixiy manba bo’lishi bilan birga noyob ilmiy manba hisoblanadi.
Aholining diniy e‘tiqodi turlicha bo’lgan: Tohariston va Sharqiy Turkiston aholisi buddizm, So’g’d va Xorazm aholisi otashparastlik diniga e‘tiqod qilganlar. Shu davrla O’rta Osiyoga moniylik va nestarian-xristian dini ham tarqala boshlagan. Urgut yaqinida topilgan xristian dini ibodatxonasi shu o’tmishni tasdiqlaydi.
VI asrda O’rta Osiyoga bostirib kelgan arablar madaniyat darajasi o’zinikidan ancha baland bo’lgan mazkur hududni yagona boshqaruvga asoslangan davlat bo’lmay, kichik-kichik mustaqil davlatchalar o’rtasidagi o’zaro urushlaridan foydalanib osonlik bilan egallaydi. Dastlab Umaviylar, keyinchalik Abbosiylar hukmronligi ostida bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari islom dini va arab madaniyatini qabul qilishga majbur etiladi.
O’rta Osiyoda rivojlangan o’rta asrlar davri mahalliy feodal hokimliklari o’rnida yagona markazlashgan feodal davlatlari tashkil topishi bilan boshlanib, to temuriylar davlati inqiroziga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Arablar bosib olingan O’rta Osiyo yerlarini “Movarounnahr” (daryo orti) deb atay boshlaydilar. Bu davrni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlari xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin. Davrning birinchi bosqichi IX-XIII asr boshlarini o’z ichiga oladi. IX asrda O’rta Osiyoda arablar huikumronligi tugatildi. Bu davrda O’rta Osiyoning shimolida Qarluqlar, O’g’uzlar davlatlari, janubi va markazida Tohiriylar, Safforiular, Somoniylar davlatlari tashkil topdi. Dastlab markazlashgan davlat tepasiga Somoniylar (IX-X) sulolasi keladi, so’ngra uning iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlangan hududlarini uchta turkiy davlatlar - Qoraxoniylar, G’aznaviylar va Saljuqiylar (XI asrda) egallaydi. Shu bilan birga XII asr o’rtalaridan Qoraxoniylar va Saljuqiylarga tegishli yerlarda Buyuk Xorazmshohlar davlati vujudga keldi, biroq bu davlat mo’go’g’ullarning bosqini natijasida tugatiladi.
Ilk o’rta asrlarda uch qism (kuxandiz, shahriston va rabod) dan iborat bo’lib shakllangan shahar hayotida rivojlangan o’rta asrlar davriga kelib tub ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar yuz beradi. O’rta Osiyo shaharlari Eski Termiz, Afrasiyob, Marv, Axsikent, Buxoro, Urganch, Qanqa, Shohruxiya, Kesh, Nasaf va boshqalarda olib borilgan keng ko’lamli arxeologik izlanishlar va ularni yozma manba materiallari bilan qiyosiy solishtirishlar tufayli bu davr shahar madaniyati, shaharlarning tarkibi, ularning tevarak – atrof aholi punktlari bilan o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalari, shaharlarning hunarmandchilik va savdo-sotiq salohiyati, karvon yo’llarining yo’nalishi, ichki va tashqi bozor, har bir shahar hayotida ustivor hisoblangan ishlab chiqarish tarmoqlari o’rganiladi.
O’rta Osiyo shaharlari o’rta asrlarning rivojlangan davrida juda jo’shqin taraqqiy etadi. Manbalarga ko’ra, IX-X asrlarda shahar aholisi Movarounnahr umum aholi sonining 25-30% ni tashkil etgan. XI asrdan shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi o’zgaradi. Ular to’laligicha hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi qiyofasini olgan. Shuningdek, shaharlarning u yoki bu hunarmandchilik tarmoqlari bo’yicha ixtisoslashuvi jadallashadi. Masalan, Qadimgi Farg’onaning poytaxt bo’lgan Axsikent, Toshkent vohasining Ohangaron daryosi havzalarida qad ko’targan qator shaharlarda - Tunkent, Namudlig’, Dahketda metallurgiya sanoati jadal rivojlanadi. Shaharlar maydoni kengayadi, shahriston va uning atrofida joylashgan rabodlarda iqtisodiy hayot taraqqiy etdi.
Somoniylarning mamlakatni boshqaruv tizimidagi markazlash-tirish siyosati uning iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlanishiga xizmat qildi. Shaharlar o’sdi va ularning iqtisodiy-savdo aloqalari mustahkamlandi. Masalan, arab tarixchi va geograflarining ta’kidlashicha birgina Shosh va Iloqda bu davrda 50 dan ortiq shaharlar bo’lgan. Arxeologik materiallar va yozma manba’larga ko’ra, Shosh – Iloq vohasi IX-X asrlarda Movarounnahrning irik metallurgiya xom ashyosi bazasi bo’lgan. Arab tarixchisi Makdisining xabariga qaraganda, bu zaminda oltin va kumush konlari ko’p bo’lib, naqshiga tillo suvi berilgan Shoshning keramika mahsulotlari Sharq olamida mashhur bo’lgan. Arxeologik materiallarning guvohlik berishicha Shosh - Iloq vohasida metallurgiya sanoati bilan bir qatorda hunarmandchilikning kulolchilik va shishasozlik, to’qimachilik yo’nalishlari ham yuksak darajada rivojlangan edi.
X asr oxirlaridan Movarounnahrda Qoraxoniylar davlati shakllandi. Qoraxoniylar mamlakatni boshqarishda somoniylar davlat boshqaruv tizimidan foydalanadi. Shuningdek, pul zarb etish an’analarini ham qabul qilganlar. Buxoro, Iloq shaharlarida kumush pul zarbxonalari bo’lgan. Bu haqda arab tarixchisi Ibn Xavkal «Iloqda oltin va kumush pullar zarbxonalari faoliyat ko’rsatishda davom etardi» deb yozgan edi.
Bu davrning madaniy hayotida yuz bergan yuksakliklar tarixda tengsiz edi. Ilm-Fan, din va tasavvuf, me’morchilik va san’at, musiqa san’ati gullab yashnadi. Umuman, IX-XIII asrning boshlari Movarounnahr shaharlari uchun, ilm-fan va madaniyat sohalarida gullash davri bo’ldi. Dunyoga nomi mashhur qomusiy allomalar – Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Umar Hayyom kabilar yashab ijod etishdi.
Dunyoviy bilimlar bilan birga diniy bilimlar rivojiga katta e’tibor qaratildi. Abduholiq G’ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va boshqalarni diniy bilimlar – tariqat asoschilari sifatida qilgan ishlari tahsinga loyiq.
IX-X asrlarga oid ayrim yodgorliklar saqlanib qolgan bo’lsada, mazkur davrda me'morchilik va binokorlik texnikasi rivojlangan edi. Pishgan g’isht, ganch, ravoq, gumbaz, toqlar qurilish sohasidagi yangiliklar bo’ldi. Pishgan g’ishtdan maqbaralar qurishda, turar joy zallarida, kanalizatsiya quvurlari qurishda ishlatilgan. Turar joylarning asosiy qismida xom g’isht ishlatilgan. Sinchli uylar ko’proq qurila boshlandi. Binolar qurilishida geometriya fanidan tobora ko’proq foydalanildi. O’rta Osiyo me'morchiligida arab xalifaligi xalqlari me'morchiligiga xos umumiy jihatlar ham bor edi. Bu narsa masjid, madrasa va boshqalarda ko’rish mumkin.
Mazkur davr me'morchiligining eng yorqin namunasi Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbaraga Ismoil, uning nevarasi Nasr ibn Ahmad dafn qilingan. Maqbara binolarni tuzilishi juda sodda. U kub shaklida bo’lib, tosh gumbaz qilib yopilgan. To’rtburchak xonaning gumbazi sakkizta ravoq ustiga qurilgan va sakkiz qirrali asosga o’rnatilgan. Ravoqlardan 4 tasi xonaning tepa burchaklariga qurilgan. Binoning tepasida yorug’lik teshiklari o’rnatilgan. maqbaraning to’rttala old tomoni ham bir xilda ishlangan. Har qaysi devorning o’rtasiga katta ravoq o’rnatilgan, burchaklari esa uch chorakli mustahkam g’isht ustunlar bilan ishlangan. Devorlarning ichi va tashqi tomoni naqshkor g’isht bilan ishlangan. Maqbara qurilishida O’rta Osiyo an'anaviy me'morchiligini yanada rivojlanganligini ko’rish mumkin.
X asrda Tim qishlog’ida qurilgan Arabota maqbarasi ham O’rta Osiyo me'morchiligining noyob durdonalaridan hisoblanadi. Maqbara X asrning 70-yillarida (977 y.) qurilgan. Arabota maqbarasi XI-XII asrlar O’rta Osiyo me'morchiligining yangi bosqichga ko’tarilishi davri namunasidir. Binoning katta ravoqli baland peshtoqli naqshlar bilan ishlangan, peshtoq atrofida o’ymakor naqsh bilan arab harflari yozilgan.
Afrosiyob, Varaxsha, Poykand va boshqa qadimiy shahar xarobalaridagi bino qoldiqlari o’rganilgan. Afrosiyobning g’arbiy qismidagi juda katta bino xom g’ishtdan qurilgan bo’lib, devorlari ganch naqshlari bilan bezatilgan. Ganch suvog’idan yelimli bo’yoq bilan solingan uchta odam siymosi tasvirlangan rasm topildi.
1960-1964 yillarda O’z FA arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan yuqoridagi saroy xarobalari bilan birga mustahkam devor bilan o’rab olingan bir nechta binolar topildi. U xona, yo’lak va hovlidan iborat edi. Bino xonalari naqshlar bilan bezatilgan, polga pishgan g’isht to’shalgan. Derazalarga rangdor oynalar ishlatilgan. Afrosiyobdan VII asrda o’ymakorlik keng yoyilganligini ko’rish mumkin. Varaxsha va Afrosiyob aholisining uylari devorlari ganch suvoq qilingan va naqshlangan.
Me’morchilikda turli bezakli uslublardan foydalanila boshlangan. IX-X asrlarda arab imlosining islimiy, kufiy, XI asrdan nasx turlaridan foydalanila boshlangan; pishiq g’ishtlar och malla rangda bo’lgan. XII asrdan boshlab rangli koshinlardan foydalanila boshlangan, musulmon inshootlarida moviy, yashil, zangori koshinlardan keng foydalanilgan. Bu davrda tasviriy san'at va naqqoshlikda murakkab o’simlik-geometrik gulli naqshlar ishlatilgan. X asrning ikkinchi yarmida Samarqand guzarlarida uy hayvonlari tasvirlari sotilgan (Ibn Xavqal). X asr o’rtalarida Buxoroda “sanamlar” sotilgan (Narshaxiy). Afrosiyobdan topilgan sopol idishlar kulolchilik rivojlanganidan dalolatdir.
Bu davrdagi musulmon me'morchiligining eng ko’zga ko’ringan inshootlari orasida masjidlar alohida ahamiyatga egadir. Ularning uch turi mavjud bo’lgan: Jome (Juma) masjidi (shaharda juma va Hayit namozlari o’qiladigan umumshahar aholisi uchun), guzar masjidlari (mahallalarda kunlik namozlarni o’qishga mo’ljallangan), Namozgoh (shahar tashqarisidagi yo’lovchi va karvondagilar uchun mo’ljallangan) masjidlar. Masjidlarning diqqatga sazovor jihati ibodat qilinadigan mehrobi g’arbga, qiblaga – Makka tarafga qaratib quriladi.
Ilk masjidlar bizning kunimizgacha to’laligicha saqlanib qolmagan bo’lsa-da, ulardan ba'zilarining ayrim qoldiqlari yetib kelgan. XI-XII asrlarda qurilgan masjidlardan Buxoro viloyatidagi Dehgoron masjidining 9 gumbazi saqlanib qolgan. Bino devorlari xom g’ishtdan 4 ta yumaloq ustun pishiq g’ishtdan qilingan. G’arbiy Turkmanistondagi Misriyona masjidining peshtoq qismi saqlanib qolgan, xolos.
Masjidlar uchun alohida xususiyatga ega bo’lgan jihat bu minoralardir. Minoralar musulmonlarni namozga chorlashda muhim ahamiyat kasb etgan. 1127 yilda Buxoroda Minorai Kalon, 1196-1198 yillarda Vobkent minorasi, 1108-1109 yillarda Jarqo’rg’on minorasi quriladi. Minoralarning har bir «belbog’i» ga alohida rang bilan o’zgacha zeb berilgan.
Arxeologik qazishlar natijasida IX-X asrlarga oid Termizdagi Chorsutun, Buxorodagi Mag’oki Attor masjidlari qoldiqlari topildi. Har ikkala binoning gumbazli tomi g’ishtdan ishlangan yumaloq ustunlar ustida turadi.
Maqbaralar ham alohida diqqatga sazovordir. Islom dini O’rta Osiyo aholisi tomonidan qabul qilingach, hukmron sulola vakillari ajdodlari, o’zlari va avlodlari uchun maqbaralar qurdirganlar. Miyondagi Abu Said maqbarasi (1051 y.), Seraxs (Turkmaniston) da Seraxsbobo yoki Abul Fazl maqbarasi (1125 y.), Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi (XII asrning 40-yillari) ilk maqbaralar sirasiga kiradi. Samarqanddagi Shohi Zindadagi ayrim maqbaralar XII asrga oiddir. Urganchdagi El-Arslon va Takeshning (Ko’xna Urganch) maqbaralari, Xorazmdan XI-XIII asrlarga oid Bo’ronqal'a, Noibqal'a, Qavatqal'a chorbog’lari, Faxriddin Roziy va shayx Sharif mozori maqbaralari saqlanib qolgan., Termiz yaqinidagi Sulton Saodat majmuasi, O’zgandagi Qoraxoniylar maqbarasi ham diqqatga sazovordir.
Jamoat binolari orasida Termiz atrofidan IX asrga mansub xom g’ishtdan qilingan Qirqqiz nomli chorbog’-saroy xarobalari topilgan bo’lib, u to’rtburchak shaklda qurilgan va gumbazga ega bo’lgan. Buxoro-Navoiy viloyatlari oralig’ida joylashgan Raboti Malik karvonsaroyi qoldiqlari ham diqqatga sazovor bo’lib, uning peshtoq qismigina saqlanib qolgan.
Ko’rib chiqilayotgan davrda kulolchilik, shishasozlik, zargarlik, misgarlik, temirchilik, umuman olganda mavjud yirik shaarlarda hunarmandchilikning 32 dan ortiq turi mavjud bo’lgan. Kulolchilikda sirdan foydalanila boshlanib, turli epigrafik tasvirlar bilan birga turli hayvon va qushlarning tasvirlaridan ham foydalanila boshlangan. Kulolchilikda o’ziga xos maktablar – Marv, Niso, Samarqand, Toshkent, Farg’ona, Taroz, Kesh kulolchilik maktablari va markazlari paydo bo’lgan.
XII asr oxiri – XIII asrga kelib kulolchilik maxsulotlarini ishlab chiqarishda sifati kamayib, yashil rang bilan anglab bo’lmas suratlar chizilgan. Buni bevosita ko’chmanchi xalqlar bilan olib borilgan o’zaro madaniy aloqalar, qolaversa mo’g’ullarning O’rta Osiyoga bostirib kelishi bilan bog’liqdir.
Mo’g’ullar istilosi O’rta Osiyo xalqlari hayotidagi taraqqiyotga og’ir zarba berdi. Siyosiy parokandalik, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot butunlay izdan chiqdi. Termiz, Nasaf (Shulluktepa), Samarqand, Buxoro, Urganch shaharlari butunlay vayron etildi.
Chig’atoy ulusi takibida bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari yurt ozodligi uchun to’xtovsiz kurash olib bordilar. XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida xo’jalik hayot tiklana boshlandi.
XIV asrning I-yarmida Kebekxon (1318-1326) Qarshi shahriga asos soldi. Lekin mo’g’ullar Movarounnahr madaniy hayotini yuksaltira olmadilar.
XIV asr 70-yillarida Amir Temurning hokimyatga kelishi, markazlashgan davlatning tashkil topishi butun XV asr mobaynida Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot taraqqiyotini belgilab berdi. Amir Temur Movarounnahrni madaniyat, san'at o’chog’iga aylantirish uchun katta ishlarni amalga oshirdi. Uning rahbarligida saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar, bog’lar barpo etildi.
Amir Temur Samarqand atrofida Misr, Damashq, Bag’dod, Sultoniya, Sheroz nomlari bilan qishloqlar barpo qildirdi. Amir Temur davrida muhtasham inshootlar qurildi. Bular jumlasiga Shohi Zinda maqbaralari, Bibixonim Jome' masjidi, Go’ri Amir, Shahrisabizdagi Oqsaroy, Jahongir maqbarasi, Gumbazi Sayidon, Qarshidagi Odina masjidi, Turkistondagi Ahmad Yassaviy maqbarasi. Toshkent yaqinidagi Zangi Ota maqbarasini kiritish mumkin. Bulardan tashqari Samarqandda Amir Temur qarorgohi Ko’ksaroy, Bo’stonsaroy, shahar atrofida Bog’i Chinor, Bog’i Baland, Bog’i Bihisht, Bog’i baland kabi bog’lar barpo qilindi.
Amir Temur davrida Movarounnahrda boshlangan madaniy yuksalish Ulug’bek davrida, Xurosonda esa Shohrux va Xusayn Boyqaro davrida davom etdi. Ulug’bek Samarqandni obod qilishga alohida e'tibor qaratdi. Uning davrida Registon maydoni shakllandi. U qaytadan rejalashtirilib, maydonga Ulug’bek madrasasidan tashqari peshtoqli va ulkan gumbazli xonakoh, karvonsaroy, o’ymakor yog’ochlardan ishlangan masjidi Mukatta' bino qilindi. Ikki yuz o’n gumbazli Ko’kaldosh jome' masjidi qad ko’tardi. Bu oliy imoratlardan faqat Ulug’bek madrasasigina bizning davrimizgacha saqlangan. U ikki qavatli, xujralarining old tomonlari to’rt qirrali ayvon, burchaklarida darsxonalar, g’arbiy tomonida esa masjid joydashgan. Imorat peshtoqi sharq tomonga, Registon maydoniga qaragan. Madrasa peshtoqi, to’rt burchagidagi minoralari va devorlari naqshinkor parchin va koshinlar bilan qoplangan.
Ulugbek davrida Shoxizinda ansambli kompozitsiyasi jixatidan tula kurib bitkazildi. Uning markaziy kismidagi nakshinkor obidalar orasida ayniksa, Kozizoda Rumiy makbarasi me'moriy jixatdan eng ajoyibi xisoblanadi. U peshtokli, ulkan gumbazli ziyoratxonadan iborat bulib, koshinkor va bekiyos jilvali turli rangli parchinlar bilan nakshlangan. 1417 yilda Buxoroda, 1417-1420 yillarda Samarkand, 1433 yilda Fijduvon madrasalari kurildi.
Ulug’bek tomonidan qurdirilgan me'moriy binolar ichida tarhi, matematik yechimlari, naqsh va bezaklari jihatidan eng nodir inshootlardan hisoblangan, 1428-1429 yillarda Afrosiyob xarobasi yaqinida Naqshi Jahon degan joyda uch qavatli binodan iborat bo’lgan rasadxonasi alohida o’ringa ega. Bu rasadxona Shaqkning ko’p asrli ilmu ma'rifat va madaniyati tarixida shuhrat topgan rasadxonalar orasida Movarounnahrda qad ko’targan yagonasidir. Bugungi kunda mazkur rasadxonaning faqat yer osti qismigina saqlanib qolgan. 1908 yilda V.L.Vyatkin rasadxona Faxri sekstantining yer osti qismini topadi. 1948 yildagi arxeologik qazishlar natijasida rasadxona radiusi 40 metrdan aniqroq doira shaklidagi binodan iborat bo’lganligi aniqlandi. Faxriy sekentanti binoni to’rt qismiga bo’ladi. Ularda katta-kichik xonalar bo’lgan. Abdurazzoq Samarqandiyning ma'lumotlariga ko’ra, rasadxona devorlarida to’qqiz osmon; graduslar, daqiqalar, soniyalar bilan to’qqiz osmon doirasi, yetti sayyora, muhim yulduzlar, tog’lar, dengiz va cho’llar bilan birga yer shari tasvirlangan edi. Ulug’bek kutubxonasida fanning turli sohalariga mansub 15000 tomlik kitoblar saqlangan.
Jamoat binolari qurilishi me'morchiligida Registon maydonida bino qilingan Mirzoyi hammomi va karvonsaroyi, «Bog’i maydan» da qad ko’targan «Chilsutun» («Qirq ustun») va «Chinnixona» saroylari diqqatga sazovordir. Tillakori madrasasi o’rnida bo’lgan Mirzoyi karvonsaroyida ko’pincha xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar qunishgan.
XV asr II-yarmida Xurosanda madaniy hayot taraqqiyottida Alisher Navoiy muhim rol o’ynadi. Unga zamondosh muarrixlarning shahodat berishicha, Xurosonda, xususan Xirot va uning buluklarida Navoiy tashabbusi bilan uch yuzdan ortiq jamoat binolari: masjid, madrasa, maqbara, xonakoh, hammom, shifoxona, saroy, istirohat bog’lari, rabot va karvonsaroylar hamda sug’orish inshootlaridan ariq (kanal), hovuz, ko’prik, koriz, bandlar (suv omborlari) qurilgan. Muarrix Xondamirning ma'lumotiga ko’ra, Alisher Navoiy o’z mablag’i hisobidan 52 ta rabot, 19 hovuz, 16 ko’prik, 9 hammom, bir qancha madrasa, masjid, xonakoh va shifoxonalar qurdirgan. Astrobod shahrida qurilgan Mir saroyi va Jome' masjidi, Marv shahridagi Xusraviya madrasalarini qurdirgan. Shuningdek u janglar va zilzilalar natijasida vayron bo’lgan inshootlarni ham qayta tiklattirgan. Jumladan, XIII asrda Hirotda qurilgan Jome' masjidi, 1405-1418 yillarda Mashhadda qurilgan Gavharshod masjidi, XI asr boshida Gurgon yaqinida o’rnatilgan Qobus minorasi, XI asrda Marv va Hirot oralig’ida qurilgan Arslonjoziba raboti va ko’plab boshqa inshootlar ta'mir ettirilgan. Bundan tashqari Alisher Navoiy Samarqandda Abusaid ajdodlari maqbarasi va ishratxona qurdirgan.
Temuriylar davrida tasviriy san'at sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishiladi. Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali, Mahmud Muzahhib, Xoji Muhammad Naqqosh va Shohmuzaffar kabi mo’ykalam sohiblari yetishib chiqqan. Bizgacha saqlanib qolgan tasviriy san'at namunalari va yozma manbalar Movarounnahr va Hirot tasviriy san'atining o’ziga xos uslubini, musavvirlar ijodiyotining hayoliy mavhumlikdan hayotiylikka, realistik tasvirga tomon rivojlanib borganini ko’rsatadi. Bu jihatdan, ayniqsa Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan yutuqlarga erishadi. Bu davr tasviriy san'at obidalari o’zining mavzui va voqeiyligiga qarab portretlar, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo’lgan. Buyuk siymolar qiyofasi tasvirlari orasida Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotifiy, Behzod, Xusayn Boyqaro, Bobur, Shayboniyxon va boshqalarning portretlari bizgacha saqlanib qolgan.
Kamoliddin Behzod tomonidan chizilgan tasvirlar o’zining hayotiyligi Bilan ayniqsa diqqatga sazovordir. Uning bir tasvirida ko’plab quruvchi-binokor, duradgor, toshtaroshlovchilar, arava va filga ortib kelinayotgan qurilish materiallari, beliga qilich taqqan va gorvon ko’tarib quruvchilarga o’shqirayotgan qutvol – qurilish boshlig’i tasvirlangan.
Zamondoshlari tomonidan Moniyi soniy, keyingi davrda esa «Sharq Rafaeli» deb nom olgan Behzod Xusayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Shayboniyxonlarning siymolarini, Xusrav Dehlaviyning «Layli va Majnun», Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarlariga chizgan tasvirlari o’zining ta'sirchan va jozibadorligi bilan ajralib turadi.
Shunday qilib, XIV asrning II-yarmi - XV asr mobaynida Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda shaharsozlik, me'morchilik, tasviriy va amaliy o’z taraqqiyotining yuqori darajasiga ko’tarildi. Bu esa keyingi davrdagi madaniy hayotga o’zining ijobiy ta'sirini ko’rsatdi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NDPI
TARIX FAKULTETI

« Tarix o`qitish metodikasi »

KAFEDRASI




FANIDAN





“Arxeologiya” fanidan labaratoriya ishlanmasi Tarix fakulteti “Tarix o`qitish metodikasi” kafedrasiningning 2021 yil « » dagi -sonli qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan.

“Tarix o`qitish metodikasi” kafedrasi mudiri. t.f.n. A.Aminova.


Tuzuvchi: “Tarix o`qitish metodikasi” kafedrasi
o`qituvchisi: X. Boysariyev.

Kirish.
Seminar mashg`ulotlarida talabalar Arxeologiya fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo`yicha tayyorgarlik ko`rish jarayonida qo`shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo`shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi. Shuningdek, seminar darslarida pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalardan “Aqliy xujum”, “Insert”, “Qanday”, “Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Charxpalak”, “Blic so`rov”, “Elpig`ich” texnologiyasi va boshqalar foydalanish mumkin. Bundan tashqari pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholash uchun test usulidan foydalanish maqsadga muvofiq.




2-Mavzu: Paleolit davri xo`jaligi va moddiy madaniyati (4 soat)

Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar bo’yicha teran tushunchalar hosil qilish:
- Paleolit - tosh davrining dastlabki bosqichi;
- Paleolit davrining xo'jalik xususiyati va shakllari;
- Osiyo, Yevropa va Afrikaning paleolit davriga oid yodgorliklari;
- antropogenez jarayoni.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish