O`zbekiston resbublikasi xalq ta’lim vazirligi



Download 0,59 Mb.
bet93/93
Sana04.03.2022
Hajmi0,59 Mb.
#482065
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
arxeologiy мажмуа 2021 (2)

Ikkinchisi Artemeda ibodatxonasi. U Yefos shahrida Artemida sha'niga bunyod qilingan. Uning bo`yi 110 eni 55 metr bo`lgan. 120 yil davomida qurilgan. 356 yil Gerostrat degan kimsa unga o`t qo`yadi va yog`och qismi yonib ketadi. So`ngra qayta tiklanadi. Ibodatxonaning me'mori Xersefrondir.
Uchinchisi Kichik Osiyodagi Galikarnas dahmasi, dunyoga mashhur Mavsal maqbarasidir. Uning kengligi 66, uzunligi 77, balandligi 46 metr bo`lib, 3 bo`limdan iborat.
Turtinchidan Koloss haykali bo`lib, balandligi 35 metr, bronzadan yasalgan. 12 yilda qurilgan. Eramizdan avvalgi 4 asrda Gelios sharafiga o`rnatilgan. Haykalni Xores ishlagan.
Beshinchisi – Iskandar minorasining bo`yi 120 metr, 3 qavatli bo`lgan. Unga milloddan avvalgi 332 yilda asos solingan. Nil daryosining quyilish joyida bunyod etilgan. Hozir 30 metrcha qismi saqlanib qolgan. Haykaltarosh Sostrad Knedskiy 280 yilda qurib bitkazgan.
Oltinchisi - Zevs haykalining uzunligi 64 metr, eni 28 metr, xonaning ichki balandligi 20 metr. Haykalning boshi shiftga tegib turadi. U pushtirang fil suyagidan yasalib, yonib turgan kiyimlari oltin barglardan ishlangan. Haykaltaroshi Fidiydir.
Yettinchi Bobilning muallaq bog`lari. Frot va Dajla daryolari oralig`idagi Bobil (Vavilon) shahrida joylashgan bu bog`lar 4 qavatli bo`lib, Bobil o`z xotini sharafiga qurilgan. Qavatdan - qavatga keng zinalar orqali chiqilgan. Har qavatga unumli tuproq yotqizilib, nodir va ko`rkam daraxtlar va gullar o`tqazilgan. Shuningdek, Amir Abror Rahmon – 1 785 yili Ispaniyada qurdirgan. Kordava masjidi (unda 30 ming kishi bir vaqtda bemalol namoz uqiy olgan, uning 1013 ta tosh ustini bo`lgan. Istambuldagi Ko`kmaschit, Qoxiradagi al – Hazar, Damashqdagi Umayyod, Dehlidagi Jome, Kalkuttadagi uch qavatli marmar masjidi, Samarqanddagi Bibixonim masjidi xam me'morchilik yodgorliklari sifatida betakror, buyuk qasrlardir1

MAQOLA
Prof. Djo’raqulov M.D.
SamDU
Omonqo’ton g’or makoni
Samarqand va uning bilan bog’liq muzofot urbonik davrgacha bo’lgan ko’hna tarix haqida ma’lumot beruvchi va yuqorida zikr etilgan arxeologik topilmalar ibtidoiy davr madaniyat izlaridan guvohlik beruvchi dastlabki ma’lumotlar hisoblansa-da, kelajakda bu atrofda keng ko’lamda rejali tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yishni taqozo qilardi. Bu kabi maqsadli tadqiqot ishlari 1944 yildan boshlanib, Samarqand davlat universiteti olimlari, xususan, arxeolog D.N.Lev unga tashabbuskor bo’lgan edi. Uni qiyinchilik yillarda I.M.Mo’minov, A.V.SHishkin, keyinchalik YA.G’.G’ulomov, M.Aminov singari rahbar olimlar qo’llab-quvvatlaganligi tufayli D.N.Lev Samarqand atrofida keng ko’lamda arxeologik dala tadqiqot ishlarini boshlab, qiziqarli natijalarga erishdi. D.N.Lev arxeologik tadqiqot ishlarni universitet tarixchi talabalari dala amaliyoti bilan bog’liq holda olib borgan holda bu ish yaxshi samara berdi. Asta-sekin Samarqandning ko’hna tarixiga doir yangi-yangi makonu manzilgohlar topilib o’rganildi. D.N.Lev rahbarligidagi SamDU arxeologik otryadi dastlab ishni Samarqand atrofi bilan bog’liq muzofotlarni tekshirishdan boshladi. Natijada, 1947 yili mart oyida tarixchi talabalar ishtirokida Urgut tog’ining Taxtaqoracha dovonidagi Omonqo’ton qishlog’i yaqinida joylashgan ikkita g’orni tekshirib, ularda o’rta paleolit (100-40 ming yillar avval) davrida inson guruhlari yashaganligini aniqladi. Ularning biri – Omonqo’ton, ikkinchisi – Takalisoy nomlari bilan tarixga kirdi. Bu topilmalar Surxandaryo vohasidagi Teshiktoshdan keyingi galdagi muhim kashfiyotlardan biri bo’lib, fanda o’z vaqtida katta shov-shuvlarga sazovor bo’lgan edi. Bu kashfiyotlar Vatanimiz hududi keng sarhadlarida juda qadimgi davrlardan boshlab inson jamoalari yashab, o’z davriga xos va monand madaniyat yaratib kelganligidan guvohlik berardi. David Natanovich Lev (1905-1969) Sankt-Peterburg arxeologiya maktabining yirik namoyondalaridan biri, atoqli olim V.A.Gorodsovning shogirdi edi. Uni 1944 yili muzey ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritib yurgan bir vaqtda rektor Muso Mo’minov universitetga ishga taklif qilgan. U esa o’zining butun ilmiy, pedagogik, tarbiyaviy faoliyati bilan bu ishonchni to’la oqladi va ibtidioy madaniyatimiz tarixini qunt ilan o’rganish borasida katta ilmiy kashfiyotlarni yuzaga chiqardi. U universitetimiz sha’niga iftixor keltirgan ilmu fan va ta’limning jonkuyari sifatida faoliyat yuritdi. SHu boisdan ham uni YA.G’.G’ulomov, I.M.Mo’minov, V.A.SHishkinlar doim hurmat qilar, qo’llab-quvvatlab turardi. Bu yil arxeologiya kafedrasi tashabbusi bilan universitet jamoatchiligi bu ajoyib insonning tavalludiga 100 yil to’lishi munosabati bilan unga qizg’in tayyorgarlik ko’rib. munosib nishonlashdilar.
Omonqo’ton paleolit davri g’orining ochilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. G’or karidorsifat bo’lib, uzunligi 29,5 metr va odam bemalol yursa bo’ladigan makon. YOdgorlik 10 yil davomida (1947-1957) D.N.Lev rahbarligidagi SamDU arxeoloik otryadi tomonidan qazib o’rganildi. (Lev D.N., 1949; 1949, №6; 1949, №1). Qazish ishlari davomida har yili tarix fakulteti talabalari ishtiroki ta’minlandi. Tadqiqot davomida 120 ga yaqin ashyolar topilib, bu kolleksiyada turli tosh buyumlar, jumladan, nayza tig’lari, qirg’ichlar, tishli paraxalar, o’zaklar, ishlov berilgan uchirmalar va boshqa mehnat qurollaridan iborat (Lev D.N., 1949, 105-119). SHuningdek, o’sha davr odamlariga zamondosh bo’lgan boy hayvonot dunyosi qoldiqlari topilgan bo’lib, bu manbalar nafaqat neandertal tipidagi odam jamoalari turmushi, shuningdek, to’rtlamchi davr tabiati, iqlimi, o’simlik dunyosi, ekologiyasi kabi masalalarni oydinlashtirishda ham muhim manba hisoblanadi. Omonqo’ton sayyoh ovchilari ovchilik va terim-termachilik bilan tirikchilik qilishganlar. G’orda taxminan 10-15 kishidan iborat bo’lgan bir guruh ovchilar yashagan. G’ordan bu sayyoh ovchilar o’zlarining asosiy qo’nim lageri sifatida foydalanishganlar. Darhaqiqat, P.P.Efimenko muster davrida «u yoki bu tarzda sayyoh ovchilarning muayyan tarzda qo’nim yashashga o’tishi sezila boshlandi», degan xulosasi bundan dalolat beradi (Efimenko P.P., 1953, 239).
Demak, makondan topilgan gulxan qoldig’i, o’choq va boy qazilma hayvon suyaklarining topilishi bu guruh jamoalarining muayyan darajada bu yerlarda doimiy yashaganligidan dalolat beradi. Omonqo’tonliklar, asosan, tog’ qo’yi (muflon), ayiq, ibtidoiy buqa, moral (bug’u) singari jonivorlarni ov qilishganlar (Bibikov S.M., 1958, № 3). Muster davrida ovchilikning ixtisoslashuvi vujudga keladi. Bu hodisani omonqo’tonlik ibtidoiy kishilar turmushida ham kuzatish mumkin edi. Masalan, bu makon egalari asosan tog’ qo’yi (alxar) ni ov qilishganlar (Lev D.N., 1960, 16-20). Omonqo’tonlik sayyoh ovchilar qo’shni muzofotlarda yashagan guruhlar bilan muayyan o’zaro madaniy aloqalar o’rnatganiligini kuzatish mumkin. Masalan, bu makondan topilgan mehnat qurollarining yasalishi texnik-texnologiyasi ko’proq Zarafshon vohasining Qo’tirbuloq, Zirabuloq makonlari ashyolariga o’xshashligi kuzatilingan (Tashkenboyev N.X., Suleymanov R.X., 1980, 68). Bundan tashqari, Omonqo’ton tosh industriyasini D.N.Lev Teshiktosh, Amir Temur g’or makonlariga yaqinligini e’tirof qiladi (Lev D.N., 1960). Makon muster davrining rivojlangan bosqichiga doirligi olimlar tomonidan tan olingan (Ranov V.A., Nesmyanov S.A., 19773, 87).


1 Xalq ta’limi jurnali 2004 – yil, № 5



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish