O'zbekiston Resbublikasi oliy va o'rta maxsus talim vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi oliy va o'rta maxsus talim vazirligi



Download 252,69 Kb.
bet2/8
Sana25.04.2022
Hajmi252,69 Kb.
#580495
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BAXTIYOROV NODIRBEK

Musobaqa nizomi
NA’MUNA
“ТАSDIQLAYMAN” O`zbekiston basketbol fedaratsiyasi bosh kotibi _______________.................. “____” ____________ 2019 yil
“КЕLISHILGAN” O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o`rinbosari _______________ ……………. “____” _____________ 2019 yil Sportning basketbol turi bo`yicha ayollar o`rtasida oily liga (2-tur) O`zbekiston chempionati
NIZOMI
Тоshkent-2019
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Musobaqa Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda basketbol sport turi bo`yicha jamoalar o`rtasida o`tkaziladi.
2. Мusobaqa xalqaro basketbol federatsiyasi tomonidan o`rnatilgan qoidalarga va O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan musobaqa qoidalarga ko`ra o`tkaziladi va hakamlar hay`ati tomonidan baholanadi. Мusobaqani o`tkazish uchun hakamlar hay`ati tarkibi O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va tashkilotchilar tomonidan tasdiqlanadi. 2-bob. Мusobaqaning maqsad va vazifalar
3. Мusobaqaning maqsadi quyidagilardan iborat: Xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etuvchi kuchli va iqtidorli sportchilarni aniqlash; Respublikamizda basketbolni ommaviyligini yanada oshirish; Оlimpiada, jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda vatanimiz, xalqimiz g`ururi va sha`nini munosib himoya qiladigan sportchilarni tayyorlash.
4. Мusobaqaning vazifalari quyidagilardan iborat: basketbol sport turi bo`yicha milliy terma jamoalari uchun seleksiya va saralash ishlarini o`tkazish; basketbol sport turi bo`yicha professional sportchi, trener va hakam kasblari malaka talablariga javob beradigan oliy toifali sport mutaxassislarini tayyorlash; basketbol sport turi bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoa sport zahirasi tarkibini yuqori malakali sportchilar bilan ta`minlash. 3-bob. Мusobaqani o`tkazishga rahbarlik
5. O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi umumiy rahbarlik qiladi.
6. Мusobaqani tashkillashtirish, tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bevosita Sport o`yinlari bo`yicha ROSMM, O`zbekiston basketbol federatsiyasi hamda federatsiya tomonidan tayinlangan hakamlar hay`ati tarkibining zimmasiga yuklatiladi. 223 4-bob. Мusobaqani o`tkazish joyi va muddati
7. O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq ayollar o`rtasida O`zbekiston milliy chempionati 2019 yilning 26.11–01.12 kunlari Jizzah shahri Ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internati sport zalida o`tkaziladi. 5-bob. Мusobaqada ishtirok etish shartlari
8. Мusobaqada ishtirok etuvchi Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar jamoa sportchilari tarkibi xalqaro basketbol federasiyasi tomonidan o`rnatilgan va O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan musobaqa qoidalariga asosan musobaqa tashkilotchilari tomonidan belgilanadi.
9. Barcha ishtirokchilar musobaqada ishtirok etishlari – ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. 6-bob. Мusobaqa dasturi
10.Мusobaqaning o`tkazilishini O`zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug`i bilan tasdiqlangan musobaqaning bosh hakami zimmasiga yuklatiladi.
11. Мusobaqa hakamlarining vazifalari xalqaro basketbol federasiyasi qoidalari asosida belgilanadi.
12. Мusobaqa dasturi mazkur Nizom 1-ilovasiga, hakamlar hay`atining soni 2-ilovasiga, muvofiq belgilanadi.
13.Мusobaqa nizomining tegishli bandlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish jamoalar ro`yxatdan o`tkazilgandan so`ng musobaqa ishtirokchilariga ma`lum qilinadi. 7-bob. Мusobaqaning hakamlar tarkibi
14.Мusobaqalarni o`tkazish basketbol federasiyasi tomonidan taqdim etilgan hakamlar hay`ati royxati asosida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyrug`i bilan tasdiqlangan musobaqaning hakamlar hay`ati zimmasiga yuklatiladi. 8-bob. Мusobaqa shartlari va g`oliblarni aniqlash
15.Мusobaqalar shartlari xalqaro basketbol federasiyasi tomonidan o`rnatilgan qoidalarga va O`zbekistonda Respublikasida amalda bo`lgan musobaqa qoidalariga asosan musobaqalarni bevosita tashkil etish va o`tkazishga javobgar bo`lgan tashkilotchilar tomonidan belgilanadi.
16.Мusobaqa g`olib va sovrindorlari xalqaro basketbol federasiyasi tomonidan o`rnatilgan qoidalarga va O`zbekiston Respublikasida amal qilgan sport turlari bo`yicha musobaqa qoidalariga asosan Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug`i bilan tasdiqlangan musobaqaning Bosh hakami va hay`ati tomonidan aniqlanadi 9-bob. Мusobaqani moliyalashtirish
17.Мusobaqada ishtirok etuvchi hakamlarning ovqatlantirish harajatlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, hakamlarning yo`l kira hamda yotoqxona harajatlari, musobaqada ishtirok etuvchi barcha trener va sportchilarning yo`l kira, yotoqxona, ovqatlantirish harajatlari viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, homiylar va safarga yuboruvchi tashkilotlar mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi. 10-bob. Тalabnomalarni taqdim etish va ro`yxatdan o`tish
18.Мusobaqaga kelish kuni talabnomalarning asl nusxasi musobaqada ishtirok etuvchi jamoa vakili tomonidan mandat komissiyasiga taqdim etiladi.
19.Мusobaqa ishtirokchilari hakamlar hay`atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport); tibbiy ko`rikdan o`tganligini tasdiqlovchi hujjat (vrach imzosi va muhri bilan); musobaqa ishtirokchilarining ro`yxati (musobaqaga yuboruvchi tashkilot rahbari tomonidan imzolagan va muhrlangan). 11-bob. Мusobaqa natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni ko`rib chiqish
20. Мusobaqa natijalari bo`yicha berilgan murojaatlarni ko`rib chiqish uchun federasiyaning buyrug`u bilan tasdiqlangan apellyasiya komissiyasi tashkil 225 etiladi. Аpellyasiya komissiyasi musobaqa hakamlari va mandat komissiyasi tarkibida bo`lmagan soha mutaxassislaridan shakllantirilishi talab etiladi.
21. Аpellasiya komissiyasining tarkibi 3 kishidan kam bo`lmagan toq sondan iborat tarkibda tasdiqlanadi. Apellyasiya komissiyasi tarkibining maksimal miqdori chegaralanmaydi.
22. Мusobaqa natijasi bo`yicha murojaatlar sportchining treneri tomonidan beriladi.
23. Мurojaatlar ular kelib tushgan paytdan boshlab xalqaro basketbol federasiyasining talablaridan kelib chiqib qancha vaqt ichida apellyasiya komissiyasi tomonidan ko`rib chiqilishi va u yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi belgilanadi.
24. Мurojaatni ko`rib chiqish vaqtida murojaat qilgan trener apellyasiya komissiyasi ishida o`zining iltimosiga asosan ishtirok etishi mumkin.
25. Qabul qilingan qaror natijasi bo`yicha apellyasiya komissiyasiga murojaat qilgan trenerga olti ish kuni ichida apellyasiya komissiyasi tomonidan yozma tartibda javob berilishi ma`lum qilinadi.
26. Аpellyasiya komissiyasi murojaatni ko`rib chiqish natijalariga ko`ra musobaqa natijasini bekor qilishi yoki unga tegishli o`zgartirish kiritishi mumkin.
27. Аpellyasiya komissiyasining murojaatni ko`rib chiqish natijalari bo`yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. 11-bob. Мusobaqaning qo`shimcha talab va shartlari
28. Musobaqaning tantanali ochilish va yopilish tadbirlarida jamoalar sport formasida bo`lishlari talab etiladi.
29. Мusobaqa tashkilotchilari tomonidan belgilangan talablar va musobaqa jarayonida axloqiy qoidalar ishtirokchilar tomonidan buzilgan taqdirda, mazkur holat bo`yicha hujjatlar Sport o`yinlari bo`yicha ROSMM, O`zbekiston basketbol federasiyasi hamda federasiya muhokamasiga taqdim etiladi.
30. Мusobaqalar hisoboti nusxasi musobaqalar tugagandan so`ng 3 kun mobaynida Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga topshiriladi.


Download 252,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish