O'zbekiston Resbublikasi oliy va o'rta maxsus talim vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi oliy va o'rta maxsus talim vazirligi



Download 46,65 Kb.
bet3/7
Sana25.04.2022
Hajmi46,65 Kb.
#580493
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RAJAPOV JAMSHIT

Voleybol o’yini haqida tushuncha.
Voleybol jamoasi sport o’yin turlariga mansub bo’lib, o’yinda ikki jamoaning har birida 6 kishi bulishi shart. Zahiradagi o’yinchilar soni 2 tadan 6 tagacha bo’lishi mumkin, O’yinchilarning sport kiyimi, futbolka, trusi va shippak.
O’yin uch yoki besh partiyadan iborat bo’lib, har bir partiya 25 ochkogacha davom etadi. Agar ochkolar 24:24 bo’lsa, 26 ochkogacha davom etadi. So’nggi partiya (3- yoki 5-) da o’yin hisobi “15 ochko” asosida olib boriladi. Ya’ni o’yindagi har bir harakat natijasiga qarab to’pni o’yinga kiritish huquqi qaysi jamoada bo’lishidan qat’tiy nazar jamoaga mag’lubiyat yoki g’alaba keltirish mumkin. Hal qiluvchi partiyada o’yin 2 ochko farq qilguncha davom etadi. O’yin jarayonida texnik malakalarni bajarishdagi xatolar:
- to’pni o’yinga kiritishda: agar irg’itmasdan to’g’ridan-to’g’ri ”qo’ldan” urilsa;
- to’pni o’yinga kiritishda belgilangan chegara , chiziqlarni bosish, to’p irg’itilsayu, lekin urilmasdan tanaga tegsa va hk.
- To’pni uzatishda: to’p kaftga tegsa-ilib olinsa, ikki qo’l ketma-ket tegsa yoki
ham tanaga, ham qo’lga tegsa va hk.
- Zarba berishda: tana va tana qismlari to’rga tegib ketishi (9 metrli belgilangan
chegara oralig’ida), qo’nish vaqtida oyoq o’rta chiziqdan butunlay o’tib ketsa,
raqib tomonidagi to’pga tegilsa va hk.Himoyada:
-to’pni qabul qilishda: agar to’pni uzatishdagi xatolar bo’lsa;
- to’siq qo’yishda: zarba berishdagi xatolar bo’lsa, ochko olishdan yoki to’pni
o’yinga kiritish huquqidan mahrum qiladi.
Voleybol 1895 yilda AQShning Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo’yicha rahbari pastor Vilyam Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o’yinini oddiy, ko’p mablag’ sarflamasdan tashkil ko’zda tutib yangi o’yinning qoidalarini ishlab chiqdi. 1896 yilda Spingfild shahridagi kollej direktori doktor Alfred Xolsted bu o’yinga “ voleybol” deb nom berdi.”Voleybol” inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida “parvoz qiluvchi to’p” degan ma’noni bildiradi. 1897 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o’yin qoidalari quyidagicha edi.
Maydoncha chegaralari 7.6x15.1m
To’rning o’lchamlari 0.65x8.2m, balandligi 198sm
To’pning vazni 340gr, aylanasi 63.5-68.5sm
O’yinchilarning soni chegaralanmaydi va hk.
1895-1920 yillar voleybol o’yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo’lib hisoblanadi.O’yinnig boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha:1900 yil-Kanada, 1908 yil-Kuba, 1909 yil-Porto-rika, 1910yil-Peru, 1917 yilBraziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1900-1913 yillar-Yaponiya, Xitoy, Fillipinda,1914 yil-Angliya, 1917 yil- Franstiya.
Sport mashg‘uloti deganda sportning bir turi bo‘yicha mutaxassislikka erishishga qaratilgan hamda sport bo‘yicha yuksak natijalar rejalashtirilgan ixtisoslik tayyorgarlik mashg‘ulotlari tushuniladi. Sport trenirovkasi sportchilarni tayyorlashning asosiy shakli hisoblanadi. U sport tayyorgarligining barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Sport trenirovkasi faqatgina malakali sportchi tayyorlash emas, balki sog‘lomlashtirish jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal etadi. Sport amaliyotida “sport trenirovkasi” atamasi “sport tayyorgarligi” atamasi bilan mantiqan yaqin bo‘lsada, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. “Sport tayyorgarligi” tushunchasi keng qamrovli ma’noga ega bo‘lib, sportchini jamiyki faoliyatini: uyqu, trenirovka, ovqatlanish, tibbiy profilaktika va hokazo musoba-qaga tayyorlashga qaratilgan jarayondir. “Sport trenirovkasi” esa bir maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir va nisbatan torroq ma’noni anglatadi. Muntazam sport trenirovkasi natijasida insonning harakat faoliyati shakllanib boradi, yangi harakat shakllari vujudga keladi, hayotiy zarur harakat malakalari (chopish, sakrash, yurish va boshqa), ko‘nikmalari takomillashadi, psixik sifatlar (fikrlash, ong, iroda, diqqat, hissiyot va boshqalar) sayqal topadi. Muayyan sport turiga xos harakat malakalari mukammallashadi.
Voleybol – sport turi sifatida insonni har tomonlama jismoniy jihatdan rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, zamonaviy voleybol o‘z xususiyati, mohiyati, mazmuni bilan kishi organizmiga katta talablar qo‘yadi. Voleybol bo‘yicha muntazam trenirovka qilish barcha jismoniy, texnik, taktik, psixo-funksional sifatlarni takomillashtiradi. Voleybolga xos turli yo‘nalishda va tezlikda uzoq vaqt davomida 1,5–2 soatgacha ijro etiladigan texnik va taktik malakalar shug‘ullanuvchini umumiy va maxsus chidamkorligini shakllantirib boradi. O‘yinda ijro etiladigan yakka, guruh va jamoa harakatlari o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro yordam, hamjihatlik xislatlarini namoyon qiladi. Sport musobaqalari sportchilarni texnik, taktik va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash va sportda yuksak natijalar ko‘rsatishni nazorat qiladi. Sport amaliyotida musobaqalar xilma-xil turlarga va shakllarga bo‘linadi. Shaxsiy sport musobaqalarida birinchilik, g‘oliblik uchun kurash yorqin ifodalangan bo‘lib, u absolyut va nisbiy birinchilikda aniqlanadi. Nazorat musobaqalari sportchilarning jismoniy texnik va taktik tayyorgarlik bo‘yicha sinash hisoblanib, sportchilarga sport malakasi darajalari beriladi. Tayyorlov musobaqalari ko‘p holatda terma jamoaga saralash, sportchilarni takomillashish darajasini aniqlash, yoshlarni sport turiga jalb etish va qiziqtirish maqsadida o‘tkaziladi. Sport musobaqalari sportchini umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasini aniqlash bilan birga uning har tomonlama jismoniy barkamollikka erishganligini hamda sportda yuksak natijalar olishga tayyorlik darajasini aniqlaydi.

Download 46,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish