O'zbekiston Resbublikasi oliy va o'rta maxsus talim vazirligi Nukus Davlat Pedagogika Instutining



Download 109 Kb.
bet1/5
Sana01.07.2022
Hajmi109 Kb.
#725876
  1   2   3   4   5
Bog'liq
farida




O'zbekiston Resbublikasi oliy va o'rta maxsus talim vazirligi


Nukus Davlat Pedagogika Instutining
"Ellikqala pedagogika " fakultetining 2-bosqich talabasi
Yolliyeva Faridaning
" Sport turlaridagi murabbiylarning tayyorlash tizimida xarkatga o'rgatish va mashg'ulotlarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish " mavzusidagi


KURS ISHI
Topshirgan: F.Yolliyeva
Qabul qilgan: T.Palvanniyazov
Nukus-2022
Mavzu: Sport turlaridagi murabbiylarning tayyorlash tizimida xarkatga o'rgatish va mashg'ulotlarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish
REJA
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1)JISMONIY TARBIYa VA SPORT SOHASIDA KADRLAR TAYYoRLAShNING IJTIMOIY-PYeDAGOGIK XUSUSIYaTLARI
2) JISMONIY TARBIYa VA SPORTDA PROFFESIONALIZM
III.XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan e’tiborning qay darajada ekanligini Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan berilgan farmonlar, ko‘rsatmalar hukumat qarorlarida va sohada olib borilayotgan barcha amaliy ishlarda ko‘rish mumkin. Zero dunyo mamlakatlari orasida bu borada eng yetakchi mamlakatlardan biri ekanligi ayni haqiqat. Ammo mamlakat rahbari va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish uchun to‘laqonli yetarlimi. Davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlardan mutaxassislar, aholi qatlami to‘laqonli foydalanayaptimi. Zero yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali jamiyatda jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish mumkin. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanganlik darajasini belgilovchi bir qancha ko‘rsatgichlar mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat.
- jamiyat a’zolarining kundalik turmush tarziga jismoniy madaniyatning singdirilganlik darajasi;
- jamiyat a’zolarining salomatligi va jismoniy tayyorgarligi;
- jismoniy madaniyatni moddiy texnik ta’minlanganligi va ularning sifati;
- jamiyat a’zolarining sportdagi natijalari;
- jismoniy madaniyatni boshqarayotgan xodimlarning doimiy tarkibi ularning faolligi;
- sohada faoliyat ko‘rsatayotgan (o‘qituvchilar, murabbiylar) larning kasbiy tayyorgarligi, mahorati va iqtidori jismoniy madaniyatni rivojlanganlik darajasini belgilaydi.
Respublikamizda yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatgichlarning hammasi ham yetarli darajada rivojlangan bo‘lishiga qaramasdan sohada faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi- murabiylarning ish faoliyatida ba’zi bir kamchiliklar mavjud. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylari kasbiy tayyorgarligidagi kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llaridan biri bu mutaxassislar tayyorlash jarayonini (Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishni) takomillashtirish bilan bog‘liq. Ushbu muammoni javobini topish maksadida rejalashtirilgan pedagogik tadqiqotlar olib borildi. Pedagogik kuzatishlar, muhokama – munozaralar, rasmiy va me’yoriy hujjatlar, tegishli adabiyotlar tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
Respublikamizda jismoniy madaniyat sohasida zamonaviy mutaxassislar tayyorlash tizimi mukammal darajada tashkil etilgan. Sohada yetakchi va markaziy oliy o‘quv yurti hisoblanmish O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida ko‘plab oliy ma’lumotli jismoniy madaniyat mutaxassislari, sport murabbiylari tayyorlanadi. Mazkur oliy dargohda mamlakatimizning sohaning eng yetakchi olimlari va sport murabbiylari bo‘lajak mutaxassislarga saboq beradilar. Undan tashqari Respublika viloyatlarining universitetlari, pedagogika institutlari qoshidagi mavjud jismoniy tarbiya fakul’tetlari ta’lim tizimini ko‘plab oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan taminlaydi. Shuningdek, keyingi yillarda tashkil etilgan Olimpiya zahiralari kollejlarida sportchilar tayyorlash bilan birga o‘rta maxsus ma’lumotli sport murabbiylari ham tayyorlanadi.
Respublikada o‘rta maxsus kasb ta’limi va Oliy ta’lim tizimida jismoniy madaniyat sohasi mutaxassislari tayyorlashning ilmiy –metodik ta’minoti to‘la hozirgi zamon talablari asosida tashkil etilgan. Ya’ni ta’lim muassasalari puxta ishlangan DTS va o‘quv dasturlari, darsliklar, turli xildagi o‘quv qo‘llanmalar bilan taminlangan.
Ko‘rinib turibdiki, jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimi mukammmal ketma - ketlik va uzluksizlik asosida amalga oshirish joriy etilgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan hozirgi zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish va DTS talablarini to‘la bajarish maqsadida oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlash tizimi mazmuniga ba’zi bir o‘zgarishlar kiritish maqsadga muvofiq (jismoniy tarbiya fakul’tetlari nazarda tutiladi). Ko‘p yillik pedagogik kuzatishlar, tajribalar va Respublikaning yetakchi mutaxassis olimlari jismoniy madaniyat fakultetlarining tajribali professor-o‘qituvchilari bilan olib borilgan suhbat munozaralar asosida quyidagilar aniqlandi. Keyingi yillarda Olimpiya zahiralarida (OZK) tahsil olgan sportchi o‘quvchilarning bir qismi kasbiy mahoratini oshirish maqsadida jismoniy madaniyat fakul’tetlariga o‘qishga kirmoqda. Ammo talaba keyingi sport faoliyatini davom ettirish va mahoratini oshirib borishda ma’lum qiyinchiliklarga uchraydi. Masalan Oliy o‘quv yurtida ba’zi sport turlaridan tajribali murabbiy, professor- o‘qituvchilar yetishmaydi. Aynan mana shu o‘rta maxsus kasb ta’limi bilan oliy ta’lim o‘rtasidagi uzluksizlikni ma’lum darajada buzadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib jismoniy madaniyat sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- birinchidan Oliy ta’limda faoliyat ko‘rsatayotgan professor- o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga bo‘lgan talabni qat’iy kuchaytirish lozim (Bu talablar alohida ko‘rsatiladi).
- jismoniy tarbiya fakul’tetlari o‘quv rejasida ma’lum darajada o‘zgarishlar qilish zarur. Jumladan, fanlar sonini kamaytirish ixtisoslik fanlari va sport turlariga berilgan soatlar miqdorini ko‘paytirish;
- fakul’tetni tugatayotgan har bir mutaxassisning amaliy tayyorgarligiga qat’iy talablar qo‘yish, ya’ni o‘qitilgan sport turlarini har tomonlama yetarlicha o‘zlashtirgan bo‘lishi shart;
- ixtisoslikka doir fanlarni nazariy uslubiy jihatdan to‘laqonli o‘zlashtirishini taminlashga erishish;
- sportchi talabalarga sport mahoratini yanada oshirib borish imkoniyatlarini yaratish bilan birga yanada yuqori natijalarga erishishini ta’minlash;
- oliy o‘quv yurti talablarida belgilanganidek mutaxassis yetarlicha ma’naviy-ma’rifiy va siyosiy bilimlarga ega bo‘lishiga erishish.
Shuningdek, jismoniy tarbiya fakultetlarining bitiruvchilari umumta’lim va o‘rta maxsus kasb ta’limi jismoniy tarbiya o‘quv dasturidan o‘rin olgan sport turlaridan albatta 2 yoki 3 sport darajalarini (razryad) talablarini bajarishini majburiy talab qilib qo‘yish maqsadga muvofiq sanaladi.
Xulosa qilganda mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirishning eng asosiy omillaridan biri bu sohada mutaxassis kadrlar salohiyati sanaladi. Shuning uchun xam jismoniy madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimi qo‘ygan talablarni to‘liq bajarishga erishish. Shuningdek, mazkur tizimni yuqorida keltirilgan takliflar asosida ma’lum darajada yangi talablar bilan boyitib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish