Muloyimlik shiorini tut: achchiqlangan vaqtda o`zingni tuta bil. Muloyimlik ulug` fazilatlarning biridir. Kaxr-g`azab vaqtida o`zini bosib tinch tura olish odamni juda ko`p xavf-xatarlardan, yomonliklardan saqlaydi. Muloyim, yumshoq, ko`ngilli kishilarni har kim sevadi.
Sabr-toqatli bo`l: osoyishtalik qilgan odam janjal, g`avg`o vaqtlarda qichqirib yengillik va qiziqonlik ko`rsatmaydi, sukut va sabr saqlaydi. Qiziqqonlik salomatlikka, hatto umrga zarar yetkazadi. Qiziqqonlik, yengillik, qahr-g`azab odamni uyatga qoldiradi. «G`azab bilan sarg`aygan yuz pushaymonlik bilan qizaradi», deb shunga aytadilar.
CHidamlilik: go`zal sifatlarga oliy ishlarga erishish yo`lida mashaqqatga bardosh berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |