SIFATNING MA'NO KO`CHISHI
Sifat so`zlar gapda so`zlovchining nutqiga yanada yorqinroq jilva berib , fikrlarni yanada aniqroq tushuntirishga xizmat qilib keladi. Yillar davomida sifat so`zlarning birorr narsaga nisbat berib doimiy qo`llanaverishidan ba'zi sifatlarning boshqa so`z turkumiga ma'no ko`chish holati yuz beradi. Bunday ma'no ko`chish orqali sifatning o`zi anglatgan ma'no boshqa so`z turkumiga o`zlashib ketadi. So`zlar bir turkumdan ikkinchi turkumga o`tganda mazkur so`zning grammatik mohiyati, qisman ma’nosi o`zgargani kabi sifatning ko`chishida ham ma'no biroz o`zgargan holatlar uchraydi. Ma'no ko`chishi ko`p hollarda ot so`z turkumiga o`zlashganini ko`rish mumkin. Masalan, yosh, qari, erkak, xotin, ayol, kasal, chol, kampir kabi so`zlar bir vaqtlar sifat bo`lib, keyinchalik otga o`tgan. Bu hol, ya’ni o`tish birdaniga yuz berib qolgan emas, balki bir ikki avlod ko`z o`ngida yuz beradi.
QURALAY 1 Kiyik yoki ohularning yosh bolasi. 2 ayn. quralay ko`z. Mehribon ko`zlari jigarga moyil, quralay. “Yoshlik”. Quralay ko`z Quralayning ko`ziga o`xshash ko`zli.
CHAROS 1 Ertapishar, yumaloq qora uzum. Men charos uzumni yaxshi ko`ryapman. Charos ko`z , go`zal, qop-qora ko`z. Yulduzxon charos ko`zlarini ohista ochdi. Gazetadan. 2 Ayollar ismi. Charos opa kelgandan xursand bo`ldim.
E. Kurilovich ta’kidicha, ma’lum bir sintaktik kontekstda qo`llanishga “odatlanish” so`z ma’nosini ma’lum darajada o`zgartirib, uning boshqa turkumga ko`chishini ta’minlaydi. Ko`rlar ko`rmaydi, karlar eshitmaydi gapida sifat turkumiga mansub so`zlarning polifunktsionallashuvida shunday holatni ko`ramiz. Bunda qo`llangan ko`r va kar so`zlarining semantik-sintaktik o`ziga xosligi yoki mohiyati hali o‘zbek
tilshunosligida yetarli darajada aniqlangan deb bo`lmaydi. Aks holda ular “O‘zbek tilining izohli lug’ati”da quyidagicha talqin etilmas edi. E’tibor qiling:
KAR Eshitish qobiliyatini yo`qotgan, eshitmaydigan yoki yaxshi eshitmaydigan, shuningdek, eshitgan so`zining ma’nosini ajratish darajasi juda pasayib ketgan; garang, karquloq.
KO`R 1 Ko`rish qobiliyati yo`q; so`qir. 2 ko`chma narsa, voqea, hodisaning mohiyatiga tushuna olmaydigan; ongi etilmagan, ongsiz, bilimsiz.
Sifat turkumga xos so`zlarning ravish bajargan vazifalarda kelishi ham keng taraqqiy etganligiga guvoh bo`lamiz. Ravish o`rniga ham sifat o`rnida ham qo`llaniladigan “yaxshi, yomon” qabilidagi so`zlar gapda hol bo`lib kelishi bilan xarakterlanadi. Uzoq yillar davomida mana shu masala turli munozaralarga sabab bo`lib kelgan. Otlarni tasvirlashda qo`llanilganda sifat so`z turkumi anglatgan ma 'no ish-harakatni tasvirlab kelganda esa ravish anglatgan ma'noni anglatadi.
Yaxshi so`z birla ilon indan chiqar, gar yomon so`z bo`lsa pichoq qindan chiqar. Misoldagi yaxshi so`z va yomon so`z sifatlovchi so`z bo`lib kelmoqda. Ammo, Bu yil qish fasli juda yaxshi keldi. Ko`p qor yog'ib anhorlarni suvga to`ldirdi.
Qishning yaxshi kelishi bu yerda sifat bajargandek otni tasvirlashda qo`llanilgani yo`q. Ko`rib turganimizdek bu gapdagi yaxshi keldi so`ziga bog'lanib ravish ma'nosini anglatyapdi.
Bu kabi so`zlarni ko`plab uchratish mumkin.
Sifat bog`lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi va otning so`rog`i, lug`aviy va sintaktik shakl yasovchi qo`shimchalari, gapdagi vazifasi sifatga yuklanadi va sifat otlashadi: Bu borada Muqimova G. Rashidovna magistrlik akademik darajasini olish uchun yoqlangan dissertatsiyadan ba'zi fikrlarni keltirib o`tamiz.
"Munofiq sifati ikkiyuzlamachi kishilarga nisbatan qo`llanadi, ya’ni tili boshqa, dili boshqa, so`zi va ishi bir-biriga to`g`ri kelmaydigan, samimiylikdan yiroq holatini ifodalash uchun ishlatiladi.
M: Bu munofiq yolg'on gapirishdan aslo qo`rqmaydi. Munofiq so`zi otlashib gapda ega vazifasida kelyapdi
Indamas so`zi aslida fe’l turkumiga xos bo`lib, fe’lning vazifa shakli sanalmish sifatdosh hisoblanadi. Bu so`z til taraqqiyoti natijasi o`laroq sifat turkumiga siljigan. Bu hol fanda ixtisoslashish termini asosida talqin etilmoqda. Indamas so`zi sifat tarzida talqin etilganda “juda kam gapiradigan, kamgap, damduz” tarzida izohlanadi.
Indamaslar olamin sayr aylasang. Misolida indamaslar so`zi ham ot bajargan vazifani bajarib kelyapti
Sifatning rang-tus bildiruvchi lug'aviy shaklidan aksariyat hollarda ramziy ma'no berishda foydalaniladi.
Tilimizda rang oq, qizil, qora, ko`k, sariq, zangori, yashil, malla, pushti, moviy, qirmizi, sapsar, qo`ng`ir kabi so`zlar alohida leksik-semantik guruhni tashkil etadi. Bunday sifatlar rang-tus bildiruvchi sifatlar deyiladi. Bizga ma’lumki, ranglar belgi bildirishi bilan birga, turli ramziy ma’nolarni ham bildiradi. Oq rang qadimdan poklik, ezgulik, yorug`lik kabi ramziy ma’nolarni bildiradi.
“O‘zbek tilining izohli lug`atida” oq sifati qor, sut, paxta ranglarini bildirib, oq doka, oq qog`oz, oq non kabi narsa va predmetlarni belgisini bildirishi aytiladi. Oq tusga moyil, tiniq yuz, badan tusini bildirish uchun ham oq rangi qo`llanadi: Oq badan,oq tanli,oq yuzli. Xotin o`tirmoqchi bo`lgan edi,parangi ichidan uning atlas kuylaklari va nafis oq qo`llari ko`rinib ketdi. Qo`lini sovuq suvga urmaydigan, faqat o`ziga oro beradigan ayollarga nisbatan “Oq bilak” iborasi qo`llanadi. Bu iboradagi oq so`zi rang-tus ma’nosidan cheklanadi. Oq so`zi boshqa rang bildiruvchi so`zlarga nisbatan ibora, maqol, matallarda asosan ko`chma ma’noda qo`llanadi. Masalan: oq ko`ngil, oq qilmoq, oq yuvib, oq taramoq, oqpadar, oq- qorani tanigan, ko`zining oqu qorasi, manglayi oq bo`lsin,oq sutini oqqa, ko`k sutini ko`kka sog`moq, kosasi oqarmagan, oqqorani tanimoq, oq yo`l tilamoq kabi. Ko`zining oq-u qorasi birikmasida ko`chma ma’noda farzand oq-qora sifati ma’nosida kelgan juft sifat bo`lib, yakka-yu yagona degan ma’noni bildiradi. Manglayi oq bo`lsin iborasidagi oq so`zining semantik xususiyati yaxshilik niyatida qilingan olqish, duo ma’nosini ifodalagan.
Oq sutini oqqa, ko`k sutini ko`kka sog`moq iborasi bergan sutiga, boqqaniga norozi bo`lib, undan yuz o`girmoq ma’nosini bildiradi.Yana shunday iboralardan biri “kosasi oqarmagan” iborasi bo`lib, bu iborani topganiga baraka kirmagan, biri ikki bo`lmagan kishilarga nisbatan qo`llanadi. O‘zbek tilshunosligida oq rangi asosida shakllangan so`zlar talaygina. Oq yo`l, oq ko`ngil, oq manglay kabi so`zlarda oq so`zi asl ma’nosidan cheklanib, ko`chma ma’noda kelgan. Oq rangi asosida shakllangan so`zlar lug`at boyligimizni yanada boyitib, semantik xususiyatini oshiradi.Qora o‘zbek tili lug`at fondining qadimiy va asosiy so`zlaridan hisoblanadi. Qora so`zining asl ma’nosida rang-tus yotsa-da, bu so`z ham ko`pincha ko`chma ma’noda qo`llanadi. Qora so`zining qo`llanishi eng qadimgi yozma yodgorliklarda, O`rxun-Enasoy bitiktoshlarida, “Devonu lug`atit- turk”da uchraydi. Masalan, qora kun, ko`ngli qora, qora niyat kabilar shular jumlasidandir. “O‘zbek tilining izohli lug`ati”da bu so`zning yigirmaga yaqin ma’nosi kelitirishi uning tilimizda faol qo`llanishidan dalolat beradi.Qora sifati nutqda faqat predmetning rangini ko`rsatish maqsadida qo`llanganda, emotsional- ekspressivlikdan xoli bo`ladi, bu vaqtda uning vazifasi rang to`g`risida xabar ma’lumot berish bilan cheklanadi."
Sifatlarning ma'no ko`chgandagi holati og'zaki va badiy adabiyotlarda ibora, frazeologiya, maqol hamda hikmakli so`zlar ko`rinishida muntazam qo`llanib kelingan. Quyida ulardan namunalar keltiriladi.
Yaxshigayondashyomondanqoch. Baxilningqo`lidaoybo`lsa,osmonyorishmas. Achchiqniachchiqkesadi.
Ba’zisifatlarshaxsotlarisifatidaotturkumigako`chishimumkin: yaxshidanbog‘qoladi,yomondandog' yaxshioshiniyer,yomonboshini. yaxshidanadashmayomongayondoshma.
intilgangatoleyor.
bilagizòrbirniyiqar,bilimizòrmingni. donogaishorat,nodongakaltak. achchiqniachchiqkesar kòpnikòrganotaxonlardansòrashkerak
XULOSA
Mavzuni tadqiq etish davomida quyidagicha xulosalarga kelindi:
Arab tilida sifat so`zlar turli xil vaznlarda bo`ladi. Bu vaznlar har biri o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega. Muzakkar jinsida va muannas jinslarida vaznlarda ba'zi o`zgarishlar kuzatilishi mumkin. Sonda ham mufrad , musanna va ja'mlarda imloviy o`zgarishlar sodir bo`ladi. O‘zbek tili lug'at boyligining aksariyat ajralmas qismiga aylanib ketgan sifatga doir leksemalari asli arab tilidan o`zlashgan sifatlardir.
Nutqimizni boyitib turgan leksemalar tarkibida ma’lum narsa asosida shakllangan sifatlar ham ko`pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, buni rang-tus, maza-ta’m bildiruvchi sifatlar misolida ko`rishimiz mumkin. (Masalan: zahar, asal, shakar, simobi, yoqut, qo`ng`ir va b.)Xarakter –xususiyat sifatlari mazkur turkumda alohida mavqega ega. Ularning ma’no imkoniyatlari juda keng. Ularga xos bo`lgan ijobiy va salbiy semalar poetik matn talabi bilan turli xil okkazional semalarni ifodalash, inson ichki olamini tasvirlashda muhim uslubiy vositalaridan biri sanaladi. Maza-ta’m bildiruvchi SL soni miqdor jihatidan kam bo`lsa-da, ularning ham semantik xususiyati, ko`chma ma’nolari o`ziga xos. Birgina shirin so`zi boshqa so`zlar bilan birikib, kontekstda o`nlab ma’nolarda keladi. Masalan, shirin bola, shirin so`z, shirin xayollar, shirin tabassum va b. Xuddi shu singari shakl- ko`rinish, hid bildiruvchi sifatlar ham badiiy asarlarda turli konnotativ vazifalarni bajarishi aniqlandi.Sifat ma’noviy guruhlardan yana biri o`rin-paytga munosabat bildiruvchi sifatlardir. Ular ham o`zining keng qamrovligi, stilistik xususiyatui bilan ajralib turadi. Masalan, so`nggi so`zi asl ma’nosiga ko`ra muayyan holatnin
yakunlovchi bosqicni bo`lsa, matnda umrning so`ngi, so`nggi yo`l, so`nggi so`z, so`nggi nola ma’nolarida obrazlilikni vujudga keltiradi.Umuman olganda, sifat leksemalardan nutq jarayonida, jumladan, badiiy matnlarda o`rinli va oqilona foydalanish, uslubiy ta`sirchanlikni oshirish,ma’noni kuchaytirishning muhim vositalaridan biri sanaladi. Davrlar o`tishi bilan til vositalarining nutqda qo`llanish imkoniyati kengayib borganidek, sifat leksemalari ham yangi okkazional semalari bilan ta`sirchanlikni oshirib bormoqda. Bu esa kelgusida sifat leksemalarga oid kuzatishlarni yana yangi materiallar asosida davom ettirish zaruratini
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
Rasmiy hujjatlar, materiallar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. -176 b.
Monografiyalar, risolalar, to`plamlar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, davriy nashrlar SayfullayevaR.,MengliyevB.,BoqiyevaG.vab.Hozirgio‘zbekadabiytili.O`quvqo`lla nma.–Toshkent:Fanvatexnologiyalar,2009.
SayfullayevaR.,MengliyevB.,BoqiyevaG.vab.Hozirgio‘zbekadabiytili.Darslik.– Toshkent:Fanvatexnologiyalar,2010.
RahimovS.,UmurqulovB.Hozirgio‘zbekadabiytili.Darslik.– Toshkent:O`qituvchi,2003
Lug`atlar
Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. Т.: Ўқитувчи, 1974. 307 б.
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. Т.: Университет, 2000. 600 b.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 томли. Т.: Ўзб. Мил. Энцик., 2006–2008.
4Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlari
Мадраҳимов И. Ўзбек тилида сўзнинг серқирралиги ва уни
таснифлаш асослари. Филол.фанлари номз. дис. Тошкент, 1994. 141 б
5.Internet sahifalari.
http://www.onatili.uz
http://www. Tilshunoslik.uz
http://www. Ziyo.uz
http://www. Ziyonet.uz
http://www. Adabiyot.uz
http://www.samdu.uz.
http://www. xorazmmoi.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |