155
Hasharotlar biologiyaci
- hasharotlarni individual taraqqiyotini o‘rganadi;
Hasharotlar geografiyasi
- hasharotlarning er sharida tarqalishini o‘rganadi;
Hasharotlar morfologiyasi
- hasharotlarning tashqi va ichki tuzilishini o‘rganadi;
Hasharotlar sistematikasi
- hasharotlarni sistematik taksonlarga joylashtirilgan holda
o‘rganadi.
Hasharotlar fiziologiyasi
- hasharotlar organizmida sodir bo‘ladigan
fiziologik
jarayonlarni o‘rganadi;
Hasharotlar ekologiyasi
- hasharotlarning o‘zaro va tashqi
muhit bilan aloqasini
o‘rganadi;
Xetoid, somatoxet, dermatoxet, dermatolepid
– hasharotlarning
teri xosilalari yoki
o‘simtalari.
Xususiy entomologiya:
hasharotlarni ma’lum yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganadi.
Ekzokutikula -
hasharot gavdasiga qattiqlik beruvchi kutikulin,
melanin va xitin
moddalaridan iborat. Bu moddalar hasharot terisiga qattiqlik hususiyatini beradi.
Endokutikula -
tolasimon xitindan iborat bo‘lib, teri ostidagi gipodermadan hosil
bo‘ladi.
YAproqsimon mo‘ylov
- uchidagi bo‘g‘imlari yaproqqa o‘xshaydi.
176
TARQATMA MATERIALLAR
Testlar
1. Entomologiya fani qanday bo‘limlarga bo‘linadi
A) umumiy entomologiya, xusuiy entomologiya
B) biologiya, umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi
V) qishloq xo‘jaligi entomologiyasi, meditsina entomologiyasi
G) o‘rmon entomologiyasi, geterinariya entomologiyasi
2. Marjonsimon mo‘ylov qaysi hasharotlarda bo‘ladi
A) suvaraklarda B) un qo‘ng‘izlarda V) qandalalarda G) pashshalarda
3. Hasharotlarni mo‘ylovlarini tiplari
A) qilsimon, to‘g‘nag‘ichsimon, patsimon, B) tayoqchasimon, ko‘zachasimon, duksimon
V) o‘roqsimon, boshchali, duksimon D) xivchinsimon, taroqsimon, arrasimon
4. Qaysi hasharotlarni lichinkasi qurtsimon tipda bo‘ladi
A)qo‘ng‘iz, xon qizi B) kapalak, tunlam V) chigirtka, suvarak G) qandala, xasva
5. Hasharotlarni qon aylanish tizimi qanday tipda bo‘ladi
A) ochiq B) yopiq V) aralash G) tutash
6. Namlikni sevuvchi hasharotlar qanday nomlanadi
A) termofil B) kriofil V) gigrofil G) kserofil
7. Birga yashovchi turlarning biriga foydali ikkinchisiga ahamiyatli bo‘lmagan xolat qanday
nomlanadi
A) simbioz B) sinoykiya V) tekinxo‘rlik G) parazitizm
8. Jamoa bo‘lib yashaydigan va “navkar” bo‘lgan hasharotlar
A) chumolilar B) chivinlar V) qo‘ng‘izlar G) pashshalar
9. O‘simlik barglari parenximasini pastki tomondan kemiradigan hasharotlar
A)bargxo‘r qo‘ng‘izlar B) uzunburun qo‘ng‘izlar
V) kunduzgi kapalaklar G) tungi kapalaklar
10. Hymenoptera- hasharolarni qaysi turkumi
A) ikki qanotlilar B) suvaraksimonlar V) to‘g‘ri qanotlilar G) parda qanotlilar
11. Tuproqlar hashaklar orasida, daraxt po‘kaklarida yashirin hayot kechiradigan hashorotlar sinfi
A) yashirin jag‘lilar B) kunlik kapalaklar V) bargxo‘r qo‘ng‘izlar G) burgalar
12. Qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar keltiruvchi hasharotlarni o‘rganadigan bo‘lim
A) umumiy entomologiya, B) qishloq xo‘jaligi entomologiyasi
V) o‘rmon entomologiyasi, G) veterinariya entomologiyasi
13. Arrasimon mo‘ylov qaysi hasharotlarda bo‘ladi
A) suvaraklarda B) un qo‘ng‘izlarda V) qandalalarda G) qirsildoq qo‘ng‘izlarda
14. Qaysi hasharotlani oldingi oyog‘i kavlovchi tipda?
A)chigirtka, pashsha B) sayroqi sikada, buzoqboshi
V) buzoqboshi, beshiktervatar G) qo‘ng‘iz, qandala
15. Hasharotlar qaysi organi orqali nafas oladi
A) o‘tkasi B) terisi V) traxeyasi G) tanasi orqali
Do'stlaringiz bilan baham: