73
IKKI QANOTLILAR (DIPTERA) TURKUMI
Ikki qanotlilargabir juft pardasimon oldingi qanotli hasharotlar kiradi.
Bosh qismi
juda harakatchan o‘rnashgan, og‘iz organlari xartumcha shaklida, so‘rishga yoki yalashga
moslashgan. Ko‘krak qismi hajmli, kuchli taraqqiy etgan, o‘rta ko‘krak
va u bilan zich
yopishgan kichkina oldingi va orqa ko‘kraklardan tashkil topgan. Lichinkalari oyoqsiz,
qisman turlarida boshi reduksiyalashgan. G‘umbagi ancha turlarida soxta pilla ichida
bo‘ladi.
Katta va eng yuqori takomillashgan turkum hisoblanadi. 80 mingtacha turi ma’lum,
jumladan MDHda 20 ming atrofida uchraydi. O‘zbekiston sharoitida uchraydigan turlari
ko‘p va xilma-xil ekologik gruppalarga mansub.
Og‘iz apparati xartumchadan iborat, oziqlanish usuliga ko‘ra uning tuzilishi har xil.
Xartumcha
tarkibiga turli qismlar kiradi, ular ba’zilarida reduksiyalashgan yoki butunlay
yo‘qolib ketgan. Ustki lab cho‘ziq, uning ostida joylashgan uzun va ingichka tupuk
o‘tkazuvchi naychali og‘iz apparati doimiy komponentlardir.
Uzun burtlilarga mansub chivinlar (Culicidae), pashshachalar (Simuliidae) va
boshqalar, qisqa burtlilardan so‘nalar (Tabanidae) kabi qon so‘ruvchi formalarda og‘iz
bo‘laklar yig‘indisi to‘laroq tuzilgan. Masalan, qon so‘rar chivinlar og‘iz bo‘laklari
yanchib so‘ruvchi tipda tuzilgan bo‘lib, qandalalar va teng qanotlilarnikiga o‘xshaydn.
Yuqori va quyi jag‘lari sanchuvchi 4 ta qilchaga aylangan, yuqori labi naychali,
yonbosh
chetlari pastga qarab qayrilgan va so‘rilayotgan oziqning o‘tishiga xizmat qiladi.
So‘nalar og‘iz bo‘laklari shunga o‘xshash tipda tuzilgan, qisqaroq va yo‘g‘onroq,
baquvvat, yanchib-qirquvchi organga aylangan. So‘rish kanalini bu erda yuqori lab bilan
yuqori jag‘lar birlashib tashkil qilgan; yuqori labdagi tarnovcha berk emas va shuning
uchun yuqori jag‘lar bilan qoplanadi.
Qon so‘rishdan boshqa usuldagi oziqlanishga o‘tganda yuqori jag‘lar yo‘qolib ketadi,
boshqa qismlari esa ko‘p o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Masalan,
qitir pashshalar
(Asilidae) oilasiga mansub yirtqich hasharotlarda qattiq xartumcha taraqqiy etgan, lekin
yuqori jag‘lari yo‘q, pastki jag‘lari esa lezviyasimon, bu qadalishi natijasida o‘lja chala
o‘lik holiga keltiriladi va ichki borlig‘i so‘rib olinadi. Nektar,
shuningdek suyuqligi ham
bor (masalan, go‘ng, yara va boshqalar) ozuqlar bilan oziqlanuvchi ikki qanotlilarning
xartumchasi yumshoq. Yuqori takomillashgan gruppalarida esa pastki jag‘lar ham yo‘q,
pastki labi, uchida labellum yaxshi taraqqiy etgan.
Ozig‘i juda turli-tuman. Ko‘p vakillari etuk va lichinka fazalarida o‘simlik va hayvon
mahsulotlarining chiriyotgan qismlari bilan oziqlanadi va moddalar almashinuvida ishtirok
etadi. Parazit formalari ham bor, ular qon so‘radilar hamda lichinkalari boshqa
hasharotlar, sut emizuvchilar,
qushlar va boshqa hayvonlar, shuningdek odam tanasida
rivojlanuvchi parazitlardir. Ikki qanotlilar orasida o‘simlikxo‘r turlari ham uchraydi. Ikki
qanotlilarning tabiatdagi tutgan o‘rni va kishilar uchun ahamiyati turli-tuman va juda
zarurdir.
Ko‘p turlarining lichinkalari tabiatdagi organik o‘limtik moddalar
parchalanishini tezlashtiradi va tuproq hosil bo‘lish protsessida qatnashadi. Qator turlari,
masalan,
gulpashshalar
o‘simlik gullarining changlanishida foydali vazifa bajaradi.
Ikki qanotlilarning kishilar uchun keltiradigan zarari ham ko‘p.
Birinchidan ular
o‘rtasida qonso‘rarlar (chivinlar, pashshachalar, so‘nalar va boshqalar) uchrab, ko‘pincha
hayvonlarning mahsuldorligini pasaytiradi. Qonso‘rarlar kishilar va uy hayvonlarining
kasalliklari – ichak kasali, bezgak, sibir yazvasi, tulyaremiya va boshqalarni tarqatadi.
Bo‘kalar ham chorvachilikning xavfli zararkunandasi hisoblanadi. Teri bo‘kalari
yirik
74
shoxli hayvonlarning terisini ishdan chiqaradi va mahsuldorligini kamaytirib, katta zarar
keltiradi.
Ikki qanotlilardan bo‘lgan o‘simlik zararkunandalari qishloq xo‘jaligida anchagina
bor. Ular o‘rtasida
gessen pashshasi
(Mayetiola destructor Say.) va
shved pashshasi
(Oscinella frit L.) kabi yana boshqa qator zararkunandalar ma’lum. Ba’zilari, masalan,
taxinalar
(Tachinidae)
zararli
hasharotlar
parazitlari
hisoblanadi.