Sinov savollari:
1-sinf o’quvchilarida tabiat to’g’rsidagi qanday tushunchalar shakllantiriladi?
Kuzatuvchanlikni rivojlantirishda ekskursiya darslarining ahamiyati qanday?
2-sinf «Atrofimizdagi olam» darsligini o’rganishda qanday metodlardan foydalaniladi?
1-sinf «Atrofimizdagi olam» darsining bolalar nutqini rivojlantirishdagi o’rni qanday?
3-4 sinflarda tabiatshunoslikni o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari nimada?
«Tabiatshunoslik» darsligida kuzatishlarni murakkablashtirib borilishini qanday izohlaysiz?
4-sinfda tabiatshunoslikni o’qitishda qaysi metodlardan foydaliniladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Bahramov I., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 3-sinf. T., 2012.
Bahramov I., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 4-sinf. T., 2012.
Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T., 1992.
Grigoryans A.G. Atrofimizdagi olam. (1-sinf darsligi). T., 2006.
Grigoryans A.G. Atrofimizdagi olam. (2-sinf darsligi). T., 2005.
Grigoryans A.G. va boshqalar. Tabiatshunoslik (3-sinf darsligi). T., 2005.
Grigoryans A.G. va boshqalar. Tabiatshunoslik (4-sinf darsligi). T., 2003.
Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. T., 2005.
V - bob mavzulari yuzasidan sinov testlari:
1. Tabiat, jonli va jonsiz tabiat, erta gullaydigan o’simliklar, qushlar, baliqlar, hasharotlar to’g’risida oddiy tasavvurlarni birinchi marta o’quvchilarda qachon shakllanadi?
A) 2-sinfda C) 1-sinfda
B) 2-sinf oxirida D) 3-sinfda
2. 3-sinf «Tabiatshunoslik» darsligi o’zida qanday bo’limlarni birlashtiradi?
A) «Tabiat va odam», «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni saqlaymiz», «Ekologiya»
B) «Tabiatning xilma-xilligi», «O’zbekiston tabiatini asraymiz», «Foydali qazilmalar», «Tabiat muhofazasi»
C) «Bizning uyimiz va jonajon tabiat» «Bizning maktab va jonajon tabiat» «Bizning shahar va jonajon tabiat» «Jonajon mamlakat»
D) «Atromizdagi tabiat», «Geografik karta», «Yer-Quyosh sistemasidagi sayyora», «O’zbekiston-globus va dunyo xaritasida»
3. 4-sinf «Tabiatshunoslik» darsligi o’zida qanday bo’limlarni birlashtiradi?
A) «Atromizdagi tabiat», «Geografik karta», «Yer-Quyosh sistemasidagi sayyora», «O’zbekiston-globus va dunyo xaritasida»
B) «Tabiatning xilma-xilligi», «O’zbekiston tabiatini asraymiz», «Foydali qazilmalar», «Tabiat muhofazasi»
C) «Bizning uyimiz va jonajon tabiat» «Bizning maktab va jonajon tabiat» «Bizning shahar va jonajon tabiat» «Jonajon mamlakat»
D) V va A javob to’g’ri
4. «Atrofimizdagi olam» darsligining asosiy mavzu yo’nalishi qaysi qatorda berilgan?
A) «Tabiat va odam», «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni saqlaymiz», «Ekologiya»
B) «Tabiatning xilma-xilligi», «O’zbekiston tabiatini asraymiz», «Foydali qazilmalar», «Tabiat muhofazasi»
C) «Bizning uyimiz va jonajon tabiat» «Bizning maktab va jonajon tabiat» «Bizning shahar va jonajon tabiat» «Jonajon mamlakat»
D) «Odamning tabiat bilan o’zaro aloqalari» «Odam mehnatining tabiatdagi ahamiyati» «Tabiatda o’zini tutish qoidalari»
5. Tabiatshunoslik kursining oxirgi bo’limi qanday nomlanadi?
A) Tabiat muhofazasi
B) Insonning tabiatdan foydalanishi
C) Odam va uning salomatligi
D) Bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish
6. O’quvchilarda muskullar, qon aylanishi, nerv sistemasi, sezgi organlari to’grisidagi tasavvurlar qachon shakllanadi?
A) 2-sinfda C) 4-sinfda
B) 3-sinfda D) 1-sinfda
-mavzu. Tabiatshunoslik o’quv materiallarining
Do'stlaringiz bilan baham: |