«Boshlang’ich ta‘lim va sport tarbiyaviy ish» yo’nalishi III kurs talabalari uchun «Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi» fanidan M A‘ R U Z A L A R M A T N Ito’plami
Termiz – 2013 y. O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida» gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida o’qituvchi-pedagoglarga qator vazifalar belgilab berildi. Shulardan biri dars samaradorligini oshirish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalda qo’llashdir. «Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi» dan ma‘ruzalar matni ham shu maqsadda tayyorlangan bo’lib, unda talabalar bilimini yanada chuqurlashtirish ko’zda tutilgan. Tuzuvchi: b.f.n. Xalmuratov M. Taqrizchilar: p.f.n. dots. Norbosheva M b.f.n. Begmatov A. .
Ushbu ma‘ruza matni Boshlang’ich ta’lim kafedrasining 2013 yil «_27___» avgustdagi №__1__ sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan, hamda o’quv jarayonida qo’llash uchun tavsiya etilgan.
Tushuntirish Ushbu ma‘ruzalar matni to’plami boshlang’ich sinf o’qituvchilari va oliy o’quv yurtlarning boshlang’ich ta‘lim va tarbiyaviy ish yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, o’quv dasturi mavzulariga moslab yozilgan. Ma‘ruza matnlari o’z ichiga tabiiyotshunoslikni o’qitish metodikasi fanining asosiy mazmunini qamrab olgan bo’lib, unda fanning nazariy asoslari, o’qitish metodlari va shakllari, nazariyaning va amaliyot bilan bog’liqligi ko’rsatib berilgan. Ma‘ruzalar matni quyidagi ko’rinishda tuzilgan: 1. Bob sarlavhasi. 2. Mavzu sarlavhasi. 1. Reja. 2. Tayanch iboralar. 3. Sinov savollari. 4. Foydalanilgan adabiyotlar. 3. Sinov testlari (bob mavzulari yuzasidan). Ma‘ruzalar to’plami 5 ta bobdan iborat bo’lib, bir necha mavzularni o’z ichiga qamrab olgan. Har bir mavzu so’nggida berilgan sinov savollari va bob mavzulari yuzasidan sinov testlari talabalarda bilim va o’quv ko’nikmalarini shakllantirib, mavzularni chuqur o’zlashtirishiga imkon beradi. Ma‘ruzalar matni Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi yig’ilishda ko’rib chiqilib tasdiklandi va kafedra dotsenti A. Jo`raqulova tahriri ostida o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etildi.