O’zbekiston r



Download 0,5 Mb.
bet22/64
Sana20.08.2022
Hajmi0,5 Mb.
#847400
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Bog'liq
O’zbekiston-r

Mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirish. Tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirishda tafakkur va nutq katta rol o’ynaydi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilari nutqining to’g’ri bo’lishini kuzatib borishi kerak. Nutqni mashqlantirish uchun eng muhim materiallardan biri o’quvchi atrofidagi tabiatdir. Atrof tabiat bilan tanishtirish bolalarning kuzatishlariga asoslanadi. Tabiatni kuzatish jarayonida to’plangan material leksikani boyitish, jumlalar va og’zaki hikoyalar tuzish, lug’aviy mashqlar, yozma insho bajarish, suhbatlar o’tkazish uchun xizmat qiladi. Ko’pincha kichik yoshdagi maktab o’quvchilari tabiatni kuzatib, xulosa chiqara olmaydilar, bajargan ishlarining mazmunini aytib berolmaydilar, kuzatishlarini amaliy tajriba, darslik matni bilan bog’lashga qiynaladilar, o’rganilgan mavzu bo’yicha og’zaki hikoya tuzolmaydilar. Shuning uchun ham tabiatshunoslik darslarida foydalanish uchun nutqiy mashqlar ishlay turib, o’qituvchi aqliy ishning muayyan shakllariga — tahlil va sintezga, induktsiya va deduktsiyaga eng muhim belgilarni ajratishga, umumlashtirishga, fikr yuritish bo’yicha masalalar yechishga, sabab va oqibat bog’lanishlarini aniqlashga, taqqoslash va qarama-qarshi qo’yishga tayanish kerak.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ko’pincha narsalar­ning, hodisalarning, faoliyatning belgilarini ajratishga qiynaladilar, shu sababli bu ishni kuzatishlar bilan borliq yoki o’quvchilarning tasavvurlariga asoslanib yoki xotiralari bo’yicha o’tkazish zarur. Kuzatish­lar muntazam ravishda xilma-xil materialda (tabiat hodisalari, ayrim holatda va muvaqqat rivojlanishda, urug’dan o’simliklarning rivojlanishi; bahorda o’simliklarning uyg’onishi) olib boriladi. Gul va uning tabiatda tovlanishini kuzatish ham o’quvchilarda qiziquvchanlikni tarbiyalashga, o’rab olgan olamni ko’ra bilish va qabul qila olishga yordam beradi. Bularning hammasi tafakkur va nutqni rivojlanishini ta‘minlovchi bazadir.
Kuzatishlar jarayonida o’quvchilar narsalarning belgilarini payqashga o’rganadilar. Chunonchi, birinchi sinf o’quvchilari bilan parkda o’tkaziladigan kuzgi sayr vaqtida suhbat o’tkaziladi, suhbat jarayonida bolalar daraxt barglaridagi ranglarning o’zgarganini ko’radilar. Bunda ular e‘tibori bir xil daraxtlarda ranglarning pastki shoxlarda, boshqalarda — yuqoridagi shoxlarda o’zgarganligiga, siren va ligustrum kabi o’simliklarda barglarning o’zgarmay yashil holda qolganligiga qaratiladi. Shu sayrning o’zida bolalarga o’simliklarning o’lchami, rangi, shakli yoki boshqa xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan narsalarning belgi­larini ajratish bo’yicha topshiriqlar berish mumkin.
Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkurning rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni to’laroq qarab chiqishga to’g’ri keladi.
Taqqoslash — bu narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash — aqlning tahliliy ishidir. Taqqoslash jarayoni murakkab va o’z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. O’quvchilar narsalarning belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo’lmagandan farq qila olsalar, shunday sharoitdagi taqqoslash bo’lishi mumkin, chunki faqat muhim belgilar bo’yicha taqqoslash mumkin bo’ladi.
Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
Faqat bir-biriga daxlli bo’lgan narsa va hodisalarni, ya‘ni ular o’rtasida o’xshashlik yoki tafovut bo’lganligini (archa va qarag’ay, zarang va chinor, aka­tsiya va glidichiyani) taqqoslash kerak.
Taqqoslash maqsadga yo’nalgan holda (masalan, bo’ri va it, it va mushuk) bo’lishi. Taqqoslash fa­qat tashqi belgilari bo’yichagina emas, balki xarakteri va keltiradigan foydasi bo’yicha ham bo’lishi mumkin.
Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak.
Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to’rt va hatto ko’proq sondagi ob‘ektlarni taqqoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslashni hammadan ko’ra bir-biriga qarama-qarshi qo’yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilargina emas, balki o’xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalarning eng muhim belgilarini aniqlaydilar.
Maktaboldi uchastkasidagi gulzorda o’suvchi o’simliklarni poyasi, barglari, gullari, mevalari bo’yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o’qituvchi o’quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko’rmagan, qabul qilish vositasida sezgilari sezmagan hodisalar o’rtasidagi boglanishlarni ochib berishi mumkin.
Tahlil — bu butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, o’xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g’alla o’simliklarida ildizi, poyasi, bargi, guli va mevasi bo’ladi. Ammo bu belgilarning o’xshashligida, masalan, bug’doy va makkajo’xorida farqlar ham bor.
Sintez — bu bog’lanishlar o’rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g’alla o’simliklarining ildizlari ko’pgina ingichka ildizchalardan iborat, poyasi kovak—poxol cho’p, bargi ensiz va uzun, mevasi— don).
Fikrlash natijasida ilgari ko’rilmagan yangi bog’lanishlarni o’rnatsa bo’ladi. Tafakkur jarayonida o’quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog’lanishlarni aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo’llanadi. Aqliy operatsiyalar vositasida u o’xshash va farq qiluvchi narsalarni taqqoslaydi va guruhlaydi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish