Bolaga mana bunday ko’rsatma berish mumkin: «Qisqa javob ber. Batafsil javob
ber (ammo to’liq javob bilan emas)», ulardan so’rash mumkin: «Kim qisqa javob
bera oladi (yoki o’rtog’idan chiroyliroq javob bera oladi)». Zarur holatlarda
pedagog qo’yilgan savolga keng qamrovli javob
namunasini namoyish qilishi
mumkin.
Suhbatlarda bolalar keng qamrovli fikr bildirishlari va bir-ikkita so’zdan iborat
bo’lgan javob berishlari mumkin (Sizga bog’ yoqdimi? – Ha.). Bolalarni keng
qamrovli javoblarga savollarni to’g’ri qo’yish orqali yo’naltirish zarur: «Bahorda
ob-havo ko’proq qanday bo’ladi? Bu haqda aytib bering».
Didaktik o`yin:
«О’yinchoqlar dо’koni»
О’yin jarayonida bolalarning о’tilgan о’quv materialidan
nutqda foydalana
olishlarini, savollar berishlari va ularga javob qaytarishlari hamda hosil
qilinayotgan vaziyatda mustaqil nutqiy еchimlar topa olishlarini aniqlash zarur
bo’ladi.
Bolalar
sotuvchining oldiga kelib, о’z ismini aytishi va о’yinchoqning rangi va
о’lchamini aytgan holda uni olib berishni sо’rashi kerak. О’yinchoqlar bolalarning
bilimlari (ularning nomi, о’lchami va rangi haqidagi) ga mos ravishda tanlanadi:
qizil va sariq mashinalar, katta va kichik qо’g’irchoqlar, kubiklar, sharlar,
har xil
rangdagi bayroqchalar va kuzovi yashil, kabinasi esa qora bо’lgan bitta mashina.
Sotuvchi rolini Sanjar ismli bola ijro etadi. Bolalarga ular dо’kondan xohlagan
о’yinchoqlarini olishlari mumkinligini aytadi. Sotuvchi bilan bolalar о’rtasida
taxminan mana bunday dialog bо’lib о’tadi:
Sotuvchi: Assalomu alaykum.
Bola: Assalomu alaykum.
Sotuvchi: Keling, ismingiz va sizga qanday o`yinchoq kerak?
Bola: Mening ismim Alisher, menga sochi qora rangdagi Zumrad degan o`yinchoq
kerak.
Sotuvchi: Bu qizlar o`yinchog`i-ku. Uni qanday o`ynaysiz?
Bola: Bu o`yinchoqni singlim Nargizaga sovg`a qilaman. U ham Zumrad kabi aqlli
qiz bo`lishi uchun.
Sotuvchi: Juda yaxshi o`ylabsiz. Bu fikringiz menga yoqgani uchun, qo`g`irchoqni
sizga sovg`a qilishga moslab, o`rab beraman.
Bola: Raxmat.
Bolalar
navbati bilan kelib, о’zlariga yoqqan о’yinchoqlarni sо’raydilar. Anvar
kelganida esa barcha mashinalar tarqatib bо’lingan va faqat yashil kuzov va qora
kabina rangli mashina qolgan edi. Alisher va Dilshod о’rtasida
quyidagi suhbat
bо’lib о’tdi:
Alisher: Salom Dilshod.
Dilshod: Assalomu alaykum.
Alisherr: Sen oying bilan o`yinchoqlar do`koniga bordingmi?
Dilshod: Men oyimlarni o`yinchoqlar do’koniga olib bordim.
Alisher: Qanaqa o`yinchoq olding?
Dilshod: Koptok.
О’yinning tugashi: Bolalar dialogini kuzatib turgan tarbiyachi, ularni boshqa
mashg’ulotga yо’naltiradi. Dialog davomida Dilshod
tomonidan qilingan nutqiy
g’alizliklar inobatga olinadi va kunning ikkinchi qismida Dilshod bilan individual
ish olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: