Bolaning maktabda oqishga aqliy tayyorligi. Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga oqishga kirayotgan bolada atrof, dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bolishidir. Bilimlarning bu fondi oqituvchi oz ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi. Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati ahamiyatlidir.
Bilimlar sifatining korsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan ongli
9
egallaganligi; tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi; oddiy tushunchlar mazmuni va hajmining toliqligi; ozlariga tushunarli oquv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qollay olish qobiliyatlari; muntazamlilik, yani maktabgacha ta`lim yoshidagilarning narsa va hodisalar ortasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.
Bola maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi bola bilish faoliyatini
muayyan darajada rivojlangan bolishidir. Bu orinda, birinchidan, bilish jarayonining osib boruvchi ixtiyoriyligi; materialni mano
jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok
etish, qoyilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar; ikkinchidan, bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning
aniqligi, idrokning toliq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror
ifodalashning tez va aniqligi; uchinchidan, bolada atrof-dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda oqishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabga aqliy tayyorlikni shakllantirishda bolajak oquvchi tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega. MTTning bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning kop tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy aloqa, bogliq lik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, oxshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish konikmasi tarkib toptiriladi. Bolajak oquvchilarda aqliy faoliyatning elementar mustaqilligi: oz amaliy faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish konikmasi, oddiy bilish vazifasini qoyish va uni hal etish konikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi. Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek, bolalar tomonidan oquv faoliyati elementlarining egallab olinishini ham oz ichiga oladi.
Bolalar muntazam talim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga
kelib, oquv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli oquv vazifasini
qabul qilish, tarbiyachining korsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan korsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, oz faoliyati, xulq-atvori, topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish
konikmasini, ozining va boshqa bolalarning ishlariga tankidiy baho berish
qobiliyatini, egallab olishlari kerak. Nutqning qanchalik yuqori darajada rivojlangan bolishi bola maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tovushni aniq talaffuz qilish, lugatning boyligi, oz fikrini mantiqiy va grammatik togri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi bularning barchasi maktabda
10
muvaffaqiyatli oqishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aqliy tayyorlik tarkibiga, shuningdek, savodning boshlangich asoslari, oddiy matematik tasavvurlar, ona tili yetarlicha keng bilim, konikma va malakalar doirasi ham
kiradi. Shunday qilib, maktabdagi oqishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning ozaro boglangan tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof dunyo haqidagi anglangan tizimlashtirilgan tasavvurlar hamda elementlar tasavvurlar, nutq va elementar oquv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi oquv materialini egallashga aqliy tayyorlikni vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |