33
Xotira. Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy shakllari paydo boladi. U endilikda predmetlarni qarab chiqa oladi, maqsadga qaratilgan kuzatishni amalga oshira olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo boladi va buning natijasida ixtiyoriy xotira elementlari yuzaga kela boshlaydi. Ixtiyoriy xotira bola ozi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda eslab qolish va eslash holatlarda namoyon boladi. Bolaning eslab qolish istagini har tomonlama ragbatlantirish zarur, chunki bu nafaqat xotiraning, balki bilishga doir boshqa qobiliyatlar anglash, diqqat, fikrlash, tasavvur qilishning ham muvaffaqiyatli rivojlanish garovidir. Ixtiyoriy xotiraning paydo bolishi vositalangan xotiraning eslab qolishning eng mahsuldor shakli rivojlanishiga yordam beradi. Bu yoldagi birinchi qadamlar eslab qolinadigan materialning oziga xosliklari yorqinligi, ommabopligi, noodatiyligi, korgazmalilik va boshqa shu kabilar bilan shartlanadi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni eslab qolish maqsadlarida tasniflash va guruhlash usullariga maqsadli ravishda orgatish mumkin.
Fikrlash. Ilgarigidek, yetakchi bolib korgazmali-qiyofaviy fikrlash hisoblanadi, lekin maktabgacha yosh oxiriga kelib sozli-mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi. U sozlarn ishlata bilish, fikr-mulohazalar mantigini tushuna olish mahoratining rivojlanishini kozda tutadi. Bu yerda albatta katta yoshlilarning yordami zarur bolib hisoblanadi, chunki bolalarning, masalan, predmetlar kattaligi yoki sonini taqqoslashlaridagi bolalarcha fikr-mulohazalarining nomantiqiyligi mavjud bolishi malumdir. Maktabgacha bolgan yoshda tushunchalarning rivojlanishi boshlanadi. Tola holda sozli-mantiqiy, tushunchali yoki abstrakt fikrlash osmirlik yoshiga kelib shakllanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola sabab-oqibatli aloqadorliklarni belgilay olishi, muammoli vaziyatlar yechimini topa olishi mumkin boladi.
Tasavvur. Bola hayotining bu davri tasavvur qilishning oziga xos faolligi bilan tavsiflanadi. Dastlab bu fakat yaratuvchilik tasavvurlari boladi, yani, biron-bir ertaknamo qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda boladi, keyinchalik esa butunlay yangi qiyofalarni yaratishga qodir bolgan ijodiy tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani rivojlantirish uchun ota muhimdir.
Nutq. Grammatika va leksikaning rivojlanishi davom etadi, nutq ravon bola boradi. Soz boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi otlarni ishlata boshlaydilar, sinonimlar, antonimlar va sifatlardan foydalana boshlaydilar. Agarda bola bilan birga kop oqilsa va muloqot qilinsa, unda bu yoshga kelib ham monologik nutq (tushuntirishli va talqin qiluvchi, bayoniy nutq) hamda muloqotda ishtirok eta olish mahorati yaxshi darajada shakllangan boladi. Yozma nutq shakllana boshlaydi. Soz boyligi taxminan 3 000 ta sozgacha boyib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |