Ish rejasi:
talim-tarbiya faoliyatining maqsadi, strategik va taktik vazifalarini aniq ifoda etish;
talim-tarbiya ishining mazmunini maqsadli belgilash, uning vositalari va tashkiliy shakllanishini tanlash;
jamoaning va har bir shaxsning ilgarilanma harakatini rejalashtirib hamda tegishli ozgartirishlar kiritib borish jarayonida oz faoliyatning istiqboldagi natijalarini belgilash imkoniyatini yaratadi.
Ilmiy jihatdan asoslangan aniq-tiniq pedagogik rejaning mavjudligi pedagog ishini yengillashtirib, uning ijodiy imkoniyatlarini oshiradi.
Talim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning ozaro hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat maqsad va vazifalarini tahlil etishga asoslanadi.
Ozbekiston Respublikasining maktabgacha talimga qoyiladigan Davlat talablari, bolalarni qisqa muddatli guruhlarda maktabga tayyorlash «Bilimdon» dasturi pedagoglar uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi, maktabgacha talim muassasalarida talim jarayonini tashkil etishda qollanayotgan eski shakl va uslublarni qayta korib chiqishga undaydi, pedagogik tashabbus, tajriba va ijodga keng yol ochadi.
26
Taxminiy ish tartibi:
HAFTALIK KUN TARTIBI REJASI
T/r
|
Faoliyat turlari
|
Otkazish muddatlari
|
1
|
Bolalarni erkin mustaqil faoliyati
|
Har kuni
|
4
|
Oyin faoliyati
|
Har kuni
|
5
|
Tasviriy faoliyat
|
Haftada 4 marta
|
6
|
Atrof-muhitni organish
|
Haftada 2 marta
|
7
|
Tabiat bilan tanishtirish
|
Haftada 1 marta
|
8
|
Elementar matematika
|
Haftada 2 marta
|
9
|
Musiqa
|
Haftada 2 marta
|
10
|
Jismoniy tarbiya
|
Haftada 2 marta
|
11
|
Nutq ostirish
|
Haftada 1 marta
|
12
|
Savodga tayyorlash
|
Haftada 1 marta
|
«Ish kuni» shunday tashkil etiladiki, u erkin mustaqil faoliyat va kattalar bilan mashgulot orasida muayyan vaqt muvozanat bolishiga imkon yaratadi.
Har bir kun erkin faoliyat bilan boshlanadi va yakunlanadi, bunda bolalar oz qiziqishlari boyicha shugullanadilar. (oynash, rasm chizish, qurish-yasash boyicha biror nima yasash, tengquri bilan birgalikda rasmli kitobni tomosha qilishi va h.k.)
Pedagog erkin faoliyat uchun ajratilgan vaqtidan oyin faoliyati uslublari shakllantirish maqsadida bir necha juft, kichik guruhlar (3-4 dan bola) bilan birgalikda oynashda foydalanadi.
Shunday qilib, belgilangan vaqt mobaynida boshqa bolalar oz qiziqishlari boyicha ishlari bilan band bolganda, pedagog 2-3 juftni yoki kichik guruhni (har biriga 7-10 daqiqa vaqt ajratib) qamrab olishi mumkin.
Erkin faoliyat davri barcha bolalar taklif etiladigan muloqot, suhbat bilan almashadi. Bu vaqt oldingi kundagi yorqin taassurotlar, tabiatdagi ozgarishlar, yaqinlashib kelayotgan esdalik sanalar va h.k.ga doir erkin muloqotga bagishlanadi. Suhbat jarayonida pedagog keyingi kunlardagi mashgulotlar mavzularini rejalashtirish uchun foydalanilishi mumkin bolgan maktabgacha yoshdagi bolalarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalarni ozi uchun qayd etib boradi, kelajakda bolalar bilan qiziqarli oyinlarni rejalashtiradi. Agarda guruh hayotida nizo va kelishmovchiliklar qayd etilgan bolsa, ularni ijtimoiy maqbul usullar bilan hal qilish yollarini muhokama etish, bolalarning ozini tutish meyor va qoidalari haqidagi tasavvurlarini aniqlashtirish, birgalikda «guruhga xos» qoidalarni ishlab chiqish mumkin.
Pedagog muhokama uchun badiiy matndan foydalanishi manaviy-ahloqiy mazmunga ega qisqagina hikoya, ertak, sher oqib berishi, bolalar bilan birgalikda kitobdagi hamda ularning hayotidagi voqealarni ozaro taqqoslashi mumkin.
27
Zarur hollarda pedagog guruh doirasidagi muloqotni kelgusidagi mashgulotlarga mano-mazmun baxsh etadigan (mavzuni, muammoni bolalar uchun qiziqarli boladigan) badiiy matnni oqish bilan yakunlashi mumkin.
Guruh doirasidagi muloqotdan keyin kattalar bilan otkaziladigan ikki mashgulot (atrof-muhit bilan tanishtirish, elementar matematika, tasviriy faoliyat va boshqalar haftaning muayyan kuniga mos ravishda) guruh xonasida otkaziladi va butun guruh bilan ishlashni kozda tutadi (muayyan mavzu va mashgulot mazmuniga kora maktabgacha yoshdagi bolalar qandaydir vazifalarni birgalikda yoki yakka tarzda bajarish maqsadida juftlarga bolinadi).
Ayrim bolalar ishda faol ishtirok etmasligi, chekkaroqdan boshqa bolalar faoliyatini kuzatib turishi mumkin. Bu hol bolaning mashgulotdan hech qanday foyda olmayotganini anglatmaydi. Keyingi gal u dadilroq bolib, ishga kirishiga jazm etadi.
Musiqa yoki sport zaliga otganda bolalar katta yoshdagi boshqa ustozlar (musiqa xodimi, trener) bilan muloqot yuritadi Har kuni guruh xonasi doirasidan tashqariga chiqish bolalar hayotiga rang-baranglik olib kiradi, ularning ijtimoiy-madaniy makonini kengaytiradi. Ushbu mashgulotning bir qismini pedagog bolalar bilan birga otkazishi, boshqa qismini esa yengil nonushta tayyorlashga sarflashi mumkin (agarda u ota-onalar iltimosi bilan tashkil etilayotgan bolsa). Birgalikda ovqatlanish bolalar guruhining jipslashuviga xizmat qiladi. Nonushta paytida erkin, qulay muhitni vujudga keltirish, bolalarning bir-biri bilan otgan mashgulotlardan olgan taassurotlari bilan bemalol fikr almashishiga imkon berish zarur. Nonushtadan keyin pedagogga stolni tartibga keltirish uchun navbatchilar yordamlashadi.
Kun bolalarning erkin faoliyati bilan yakunlanadi. Ayni shu vaqtda pedagog haftada ikki marta bir necha bolani (qoshimcha mashgulot zarur bolganlarni) kommunikativ treningga taklif etadi. Barcha xohlovchilar ularga qoshilishi mumkin. Har bir guruh bilan mashqlar majmui 10 daqiqaga moljallangan. Hafta kunlardan birini pedagog bolalarda oyin faoliyatini usullarini rivojlantirish maqsadida ular bilan oynashga bagishlaydi.
Kattalarning bolalar bilan oyini va kommunikativ treningning tashkiliy oziga xosligiga etibor qaratish lozim: pedagog bu ishni bolalarning erkin mustaqil faoliyati bilan bir vaqtda amalga oshiradi. Bu jarayonda pedagog kichik guruhlar bilan ishlaydi, u bolalarni oyin yoki suhbatga maxsus jalb qilishi yoki xohlovchilarni taklif etishi mumkin.
Taxminiy rejalashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |