O’zbekiston Oliy va O’rta maxsus kasb-xunar ta’limi vazirligi



Download 140,5 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi140,5 Kb.
#497841
TuriReferat
Bog'liq
Õtkir Hoshimov ijodiy merosi



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI


REFERAT
Mavzu: Õtkir Hoshimov ijodiy merosi.


Geografiya va iqtisod yõnalishi
1-kurs talabasi Sattorova Sojida
Reja:
1.O‘tkir Hoshimov – hayoti va ijodi.
2. Õtkir Hoshimov - noyob iste'dod sohibi.
3. Õzbekiston yozuvchisining merosi.

O`tkir Hoshimov




O`tkir Hoshimov
Taniqli o'zbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941- yil 5-avgustda Toshkent viloyati Zangiota tumani Do'mbirabot mavzesida tug'ildi. 1958-yil. O'rta maktabni medal bilan bitirdi. 1964-yil. Toshkent Davlat dorilfunining filologiya fakulteti jurnalistika bo'limini tamomladi. Avval universitetning sirtqi bo'limida, so'ng kunduzgi bo'limida o'qidi va turli gazeta tahririyatlarida ishladi.
Noyob iste’dod sohibi O‘tkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Omon Muhtorov, Shukur Holmirzaev singari bir qator tengdoshlari bilan birga kirib keldi. O‘sha paytda adabiyotimizning Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Kahhor, Maksud Shayhzoda singari ulkan yozuvchilari hayot bo‘lib, ularning nazariga tushish hammaga ham nasib qilavermasdi. O‘tkir Hoshimov esa Abdulla Kahhordek mashhur san’atkor e’tiborini jalb qilgan yoshlardan edi.
1959-1960-yillar. "Temiryo'lchi" gazetasida kuryer.
1960-yil. "Qizil O'zbekiston" gazetasida kuryer.
1960-1962-yillar. "Transportniy rabochiy" gazetasida tarjimon.
1963-yil. "Qizil O'zbekiston" gazetasida adabiy xodim.
1963-1966-yillar. "Toshkent haqiqati" gazetasida adabiy xodim.
1966-1982-yillar. "Toshkent oqshomi" gazetasida bo'lim mudiri.
1982-1985-yillar. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot bosh muharririning o'rinbosari.
1985-1995-yillar. "Sharq yulduzi" jurnalining bosh muharriri.
1995- yildan hozirgi vaqtgacha O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Matbuot va axborot qo'mitasi raisi. 
1962-yil. "Po'lat chavandoz" nomli birinchi kitobi nashr etildi.
1963-yil 17-aprel. To'ng'ich badiiy asari- "To'rt maktub" hikoyasi "Toshkent haqiqati" gazetasida bosildi.
1963-yil oktyabr. Birinchi yirik asari- "Cho'l havosi" qissasi "Sharq yulduzi" jurnalida e'lon qilindi.
1963-2001-yillar. 50 dan ortiq kitobi turli tillarda 2 million nusxadan ko'p tirajda nashr etildi.
1976-yil. "Bahor qaytmaydi" va "Qalbingga quloq sol" kitoblari uchun O'zbekiston Yoshlar mukofoti bilan taqdirlandi.

1983-yil. "Dunyoning ishlari" asari uchun Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.1986-yil. "Ikki eshik orasi" romani uchun Respublika Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.


1990-1991-yillar. "Sharq yulduzi" jurnalida muqaddas Qur'oni karimning o'zbek tilidagi ma'noli nashrini chop etishga boshchilik qildi.
1991-yil. O'zbekiston Xalq yozuvchisi unvoni berildi.
1991-yil. "Hurmat belgisi" ordeni bilan taqdirlandi.
1996-yil. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.
1987-2000-yillar. Meksika, Turkiya, AQSh, Ssheveytsariya, Xitoy, Pokiston, Avstriya, Slovakiya, Bangladesh, Hindiston va boshqa mamlakatlarda xizmat safarlari va rasmiy delegatsiya tarkibida bo'ldi.
1994-yil. Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
1999-yil. Ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
2001-yil. "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.
"Cho'l havosi" nomli birinchi qissasi 1963-yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning e'tiboriga sazovor bo'lgan. "Urushning so'nggi qurboni", "Yanga", "Muhabbat", "Dehqonning bir kuni", "Umr savdosi", "Quyosh tarozusi", "Oq bulut, oppoq bulut" singari o'nlab hikoyalari, "Shamol esaveradi" (1968), "Bahor qaytmaydi" (1970), "Qalbingga quloq sol" (1973), "Dunyoning ishlari" (1982), "Ikki karra ikki-besh" (1987) qissalari, "Nur borki, soya bor" (1976), "Ikki eshik orasi" (1985), "Tushda kechgan umrlar" (1993) kabi romanlari bor. Adib asarlarida zamonaviy o'zbek xalqining ma'naviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlarini tasvirlagan.
"To'ylar muborak", "Sizdan ugina, bizdan bugina", "Vijdon dorisi", "Inson sadoqati", "Qatag'on" singari pyesalar muallif. U E.Xemenguey, K.Simonov, A.Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.
Jonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. O‘tkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan : "„Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi".
O'tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yozuvchining avtobiografik asari bo’lib , unda ko’tarilgan muammo o’zining dolzarbligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi.
Asar qahramonlari – O’tkir Hoshimov .
Yozuvchining onasi .
Yozuvchining bolalikdagi do’stlari Toir , Vali , ularning jo’raboshisi
Ermon va Oltmishvoy
Yozuvchining otasi,akasi va asardagi boshqa qahramonlar.
XX asrning o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo’lgan O’tkir Hoshimovning ularning hayot yo’li, o’tmishi, voyaga yetgan muhiti, yashash tarzi, qiziqishlari, orzu-umidlari, dard-u armonlari turlicha. Biroq ularni birlashtirib turgan yagona narsa bor – bu ham bo’lsa hayotda bir – biriga bo’lgan mehr oqibatidir.
Asar 1981-yilda yozilgan yozuvchi mazkur asarni o’z onasiga va dunyodagi barcha onalarga bag’ishlagan.
Go’yoki mazkur asar butun onalarga bag’ishlab yozilgan madhiyadir.Asar kichik-kichik hikoyalardan tashkil topgan.Asarda ibratli mazmunga ega bo’lgan hikoyalardan iborat.


Dunyoning ishlari asari eng ezgu, eng samimiy tuyg’ular haqida, eng e’zozli zot – ona to’g’risida hikoya qiladi. Onaning qanday inson ekanligini yaxshi bilamiz. U insonga hayot beradi, yuvib-taraydi, tarbiyalaydi. Ona uchun eng to’tiyo narsa, o’g’limi-qizimi, uning farzandi. Ona o’z farzandi uchun hamma narsaga, hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor. Shuning uchun bo’lsa kerak, ona haqida behisob she’rlar to’qilgan, dostonlar, katta-katta asarlar bitilgan. Kichik maqollardan tortib, muborak hadislarimizgacha ona madh etiladi¸e’zozlanadi.O’tkir Hshimovning bu asari har biri o’ziga mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi “Gilam paypoq”, “Oq-oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O’ris bolaning oyisi”, “Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi, ularda o’g’li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, sharqona axloq-odob qoidalarini o’zida mujassam etgan ona madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yaxlitlik kasb etadi. Asar ortiqcha maishiy tafsilotlar, jimjimadorlikdan xoli. Shu tufayli ham katta qiziqish va hayajon bilan o’qiladi. Bu qissa, oqsoqol adibimiz, O’zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek, “…dostondek o’qiladi. Uni o’qib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz…”


Shu o’rinda qissadagi “Gilam paypoq” hikoyasiga diqqat qilaylik. Unda ona o’z jigarbandini kasallik havfidan tezroq xalos qilish uchun har narsaga, hatto jonini berishga ham tayyor. Ona qattiq shamollab qolgan o’g’ilchasini shosha-pisha “Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam o’lib qoladi!” degan tahlika bilan halloslagancha tabib Hoji buvining uyiga yuguradi. Bola darddan biroz yengil tortgach, o’z sog’lig’ini xavf ostiga qo’ygani – oyog’ini sovuqqa oldirgani ma’lum bo’ladi.
Asardagi “Alla” deb nomlangan bob ham nihoyatta ta’sirchanligi bilan kishini rom etadi. Alla inson bolasi hayotida tinglaydigan ilk qo’shiq, u vujudimizga ona suti bilan singan va umrbod unutilmasdir. Yozuvshi bu ezgu qo’shiqni ilohiy kuchga ega bo’lgan, ko’ngilni eritadigan ohang sifatida ta’riflaydi. Ushbu bobni hayajonsiz, entikmasdan o’qish qiyin.
Qissaning “Iltijo” deb nomlangan bobida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to’lab bo’lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalanadi. Chunki onalarimiz hayotdagi o’rni beqiyosdir. Ular bizni dunyoga keltiradi, oq sut berib boqadi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib, atrofimizda parvona bo’ladi, parvarishlab voyaga yetkazadi. Buni teran idrok etgan yozuvchi onani qo’msash, uning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg’ularini g’oyat samimiy tasvirlay oladi.
“Qarz” hikoyasida qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniy fazilati qalamga olingan. Hakimi aya kamtargina nafaqasini ham qo’shinlarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi. O’tgan yili ularga tufli olib bergan bo’lsa, bu yili uch oyoqli velosiped, ko’ylak sovg’a qiladi. O’g’illariga esa “qarz oluvdim, qarzimni uzayapman” deb bohona qiladi.
Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam- onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o'z ko'zim bilan ko'rganman. Faqat ba'zilarining ismi o'zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog'langan.
Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobidabir-biriga juda o'xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag'ishlanadi aziz Onajonlar!
O’tkir Hoshimov
Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo'lgandir: tun yarmidan oqqanda birdan uyg'onib ketasiz. Shiftga tikilib yotaverasiz, yotaverasiz.Avvaliga chiqillab turgan soat ham bora-bora tinib qolgandek bo'ladi. Uy jimjit, deraza jimjit, qorong'i osmon jimjit. Hatto shamol ham qilt etmaydi. Shu qadar og'ir sukunat cho'kadiki, quloqlaringiz shang'illab ketadi. Zildek yuk ustingizga yopirilib, vujudingizni yerga mixlab tashlaydi; tanho, ojiz bir narsaga aylanib qolasiz. Go'yo butun dunyo bir taraf-u siz o'zingiz bir taraf... Shunday paytda mening ko'z o'ngimda to'satdan onam paydo bo'ladi. Qorong'i xonaning bir burchidan chiqib keladi-da, ma'yus jilmaygan kuyi boshim ustiga egiladi. Yillar zahmatidan dag'al tortgan barmoqlaribilan peshonamni silagandek bo'ladi... O'pkam to'lib, o'zimni tutolmayman. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi, yuragim gursillagancha o'rnimdan turib ketaman.
O’tkir Hoshimov
O'tkir Hoshimov o'ziga xos yozuvchi. U o'zi bilmagan mavzuni, mohiyatini anglamagan masalani qalamga olmaydi. o'z qahramonlarini xolisona tirik, hayotiy, jonli odam sifatida tasvirlaydi. ularni qanday inson ekanliklarini zohiriy emas, botiniy yoritadi. Ya'ni ruhiy olamini muhit, davr bilan uyg'unlikda katta falsafiy mushohada asosida teran tahlil qiladi. Insoniy iztiroblarni talqin qilish insonning barcha faoliyati: ruhiy holati, borliqqa va odamlarga bo'lgan munosabati, o'y-fikri, ichki kechinmalari, hatto muhabbatini talqin qilish demakdir. Chunki insonning birorta faoliyati iztirobsiz kechmaydi. ayniqsa, ma'naviy yuksak odamlarda. Hayotni va odamlar olamini teran kuzatuvchisi, u haqida falsafiy mushohada yurituvchi, ardoqli hamda iste'dodli yozuvchi O'tkir Hoshimov bu holatni to'g'ri anglaydi. Uning asarlari deyarli iztiroblar asosida quriladi. O'tkir Hoshimovning asarlaridagi iztiroblar insonning ma'naviy dunyosini ochish uchun vositadir.Bu holatni deyarli har bir asarda ko'rish mumkin.Shundan ular ta'sirchan- kishini bir holatdan ikkinchi holatga soluvchidir.
Chumoli nimaiki topsa, uyasiga tashmalaydi. O’rgimchak ichidan suyuqlik chiqarib to’r to’qiydi. Chumoliga o’xshab yo’lida nimaiki ko’rsa, hammasini qog’ozga tushiradigan odam chinakam yozuvchi emas. O’rgimchakka o’xshab uyiga biqinib olib, har narsani ichidan to’qib chiqaradigan odam ham chinakam yozuvchi emas.Qalamkash asalariga o’xshashi kerak. Asalari yuz gramm bol yig’ish uchun millionta gulga qo’nar ekan. Shunga yarasha sharbat to’plash uchun 46 ming chaqirim masofani uchib o’tarkan. (Yer kurrasini ekvator bo’ylab aylanib chiqish bilan teng). Bundan tashqari bolari har tomchi gul sharbatini xartumchasidan 240 marta to’kib, qayta yutib, ishlov berarkan. Ammo bu-hali asal tayyor bo’ldi, degani emas. Shundan keyin ham bolari asalni maxsus katakchaga joylab, bir necha soat mobaynida qanot qoqib, havo yuborib , tozalarkan. Asal aynimasligi shundan.
Haqiqiy asar dunyoga kelguncha qalamkash ham taxminan shuncha aziyat chekadi. Shundagina uning asari aynimaydi.
Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov mustaqil Vatanimizning adabiyoti va maʼnaviy xazinasiga salmoqli hissa qoʻshgan ijodkordir. Qariyb ellik yil davomida turli tillarda ikki yarim millionga yaqin nusxada chop etilgan yetmishdan ortiq kitobi adibni xalqimizning ardoqli farzandiga aylantirdi.

Shu paytgacha yozuvchining “Poʻlat chavandoz” (1962), “Gunafsha” (1965), “Odamlar nima derkin…” (1966), “Bir tomchi shudring” (1970), “Bahor qaytmaydi” (1970), “Den motiʼlka”, (1971), “Qalbingga quloq sol” (1973), “Uzun kechalar” (1975), “Nimadir boʻldi” (1975), “Yer farzandimiz”, “Nur borki, soya bor” (1977), “Quyosh tarozisi” (1980), “Mashina sotaman”(1981), “Dunyoning ishlari” (1982), “Yalpiz somsa”(1983), “Oq kamalak”(1984”, “Sirli yulduz” (1985), “Ikki eshik orasi” (1986), “Xazina”, “Ikki karra ikki besh”(1987), “Notanish orol” (1990), “Iztirob” (1991), “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” (2008) va boshqa kitoblari nashr etilgan.


Shuningdek, Stefan Sveyg, E. Xeminguey, K. Simonov, K. Paustovskiy, J. London O. Berggols, V. Shukshin, M. Karim va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. “Xazon boʻlgan bahor”, “Birovning tashvishi (Inson sadoqati)”, “Toʻylar muborak”, “Baland dorga osilma”, “Qatagʻon” sahna asarlari muallifi.Hoshimov asarlari eng o'qishli, eng ommabop kitoblar sifatida xalq orasida qo'lma-qo'l o'qilayotir. Boisi tilining xalqonaligi, qahramonlari va xarakterlarning milliyligi, voqealarning hayotiyligi o'quvchilar mehrini qozongan.
O'tkir Hoshimov tarjimon sifatida O. Berggols, Mustay Karim, V. Shukshin asarlarini o'zbek tiliga o'girgan. O'zining eng yaxshi asarlari rus va dunyoning ko'pgina tillariga tarjima qilingan.
Ilk kitobi 1962 yilda “Poʻlat chavandoz” ocherklar toʻplamidir. Birinchi yirik nasriy asari “Choʻl havosi”, “Odamlar nima derkin” (1965),”Shamol esaveradi” (1966), “Qalbingga quloq sol” (1973) qissalari eʼlon qilingan. “Bahor qaytmaydi” (1970), “Dunyoning ishlari”(1982) qissalari yozuvchiga shuhrat keltirgan.
O'tkir Hoshimov hikoya janrida ham unumli, samarali ijod qildi. "Muhabbat", "Dehqonning bir kuni", "Urushning so'nggi qurboni", "O'zbek ishi" kabi asarlari o'zbek hikoyachiligi rivojiga salmoqli hissa bo'lib qo'shildi. "Qalbning oppoq daftari". "Muqaddas qasamni buzganlar", "Avlodlarga nima deymiz?", "Mantiq qani?". "Davlat siri" kabi ijtimoiy publitsistik maqolalari o'zbek publitsistikasining jiddiy yutuqlari sifatida e'tirof etildi. O'tkir Hoshimov dramaturg sifatida yaratgan "Xazon bo'lgan bahor", "To'ylar muborak". "Qatag'on" kabi drama va komediyalari respublika teatrlari sahnalarida qo'yildi, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi.1998 yili "Osmondan tushgan pul" nomli hajviy hikoyalar to'plami chop etildi.
Yozuvchining “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning soʻnggi qurboni”, “Oʻzbek ishi” kabi novellalari oʻzbek hikoyachiligida muhim hodisa boʻldi. Ilk romani “Nur borki, soya bor” (1976) da yozuvchi oʻziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli maʼnaviy – axloqiy masalalar bilan birga oʻtkir ijtimoiy muammolarni koʻtargan.”Ikki eshik orasi “(1986), “Tushda kechgan umrlar” (1994 ) romanlarida Oʻ. Hoshimov zamondosh – asrdosh odamlar taqdirini 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etish yoʻlidan borgan.
Oʻ. Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. “Hazon boʻlgan bahor”, “Inson sadoqati” (1975), “Vijdon dorisi”, “Toʻylar muborak” (1979), “Qatagʻon” kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”(2001) kitobi ijtimoiy – maʼnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan. Asarlari jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan.1962–2007 yillarda 60 dan ortiq kitobi turli tillarda ikki milliondan ortiq nusxada nashr etildi. Qator dramatik asarlari Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlar teatrlarida sahnalashtirildi. Roman, qissa, hikoyalari asosida yaratilgan film va telefilmlar namoyish qilindi.
1995–2004 yillari 1-, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlis Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi boʻlgan. 1986 yili Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti loyiq topilib, 1996 yili “Mehnat shuhrati”, 2001 yili “Buyuk xizmatlari uchun ordenlari bilan mukofotlangan.
Adib 2013 yil 24 may kuni 72 yoshida vafot etdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Sharafiddinova M. Tasvirdagi oʻziga xoslik. “Ikki eshik orasi” romani bilan Folknerning “Oʻlar chogʻimda” romanining qiyosiy tahlili “Jahon adabiyoti” jurn. №5.
2.Dusenboyev O. Oʻtkir Hoshimov asarlarida xarakter dramatizmi “Til va adabiyot taʼlimi” jurn. №3. B. 23-26.
3.Abdusamatov X. Umri boqiy bitiklar. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi haqida. “Maʼrifat” gaz. 10 noyabr.

Mavzuga oid testlar.


1. A.Qahhorning nazariga tushgan allomalardan “Sof samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladiganasar” yozgani uchun maqtov olgan yozuvchini aniqlang.
A) G’afur G’ulom B) O’.Hoshimov C) S.Ahmad D) Ch.Aytmatov
2. “Tushda kechgan umrlar”, “Dunyoning ishlari”, “Qatag’on” kabi asarlar muallifini aniqlang.
A) O’.Hoshimov B) O’.Umarbekov C) Xudoyberdi To’xtaboyev D) O.Yoqubov
3. Umri xola, Shoikrom, Xadicha qaysi asar qahramonlari sanaladi?
A) “Urushning so’nggi qurboni” B) “Ikki eshik orasi” C) “Tushda kechgan umrlar” D) “Nur borki,soya bor”
4. “Muhabbat”, “Tushda kechgan umrlar”, “Inson sadoqati”, “Inson sadoqati” kabi asarlar muallifi kim?
A) Erkin Vohidov B) O’.Hoshimov C) T.Murod D) Ch.Aytmatov
5. O’.Hoshimov dramalari berilgan qatorni toping.
A) “To’ylar muborak”, “Qatog’on” B) “Inson sadoqati”, “Muhabbat”
D) “Shamollar esaveradi”,“Urushning so’nggi qurboni”
6. Umri xola Shoikromning yonboshiga, shaparak ko’rpachaga o’tirdi. Ushbu gapdagi ostiga chizilganso’z qanday ma’no anglatadi?
A) eski B) yangi C) qovilmagan D) mato turini
7.Ótkir Hoshimov qachon tuĝilgan?
A)1941- yil 5-avgust. B) 1940-yil 8-avgust. C)1942-yil 5- avgust. D)1945-yil 9-oktabr
8. "Po'lat chavandoz" nomli birinchi kitobi qachon nashr etildi?
A)1962-yil B)1963-yil. C) 1964-yil. D)1965-yil
9. O'tkir Hoshimovga "O'zbekiston Xalq yozuvchisi unvoni qachon berildi?
A)1990-yil. B) 1991-yil. C)1992-yil. D).1993-yil
10. "Ikki eshik orasi" romani uchun Respublika Davlat mukofoti bilan qachon taqdirlandi?
A)1986-yil. B)1987-yil. C1991-yil. D) 1996-yil

Javoblar: 1-B 2-A 3-A 4-B 5-A 6-C 7-A 8-A 9-B 10-A
Download 140,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish