II. 1 §. Farzand asrab olish huquqining vujudga kelishi va sharoitlari
Har bir inson, har bir oila, jamiyatning muqaddas vazifasi eng avvalo qobiliyatli farzandlarni o‘stirish, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan etuk, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. SHuning uchun ham mustaqil O‘zbekistonimizning birinchi Konstitutsiyasida oila–jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, onalik va bolalik davlat tomonidan himoyalanadi, voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalar ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishlari shart, deb ko‘rsatilgan52. Konstitutsiyani asosiy qonun sifatida ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi masalalarni hal qilib beruvchi boshqa hamma qonunlarning, shu jumladan, maxsus qonunlar tizimini tashkil qiluvchi kodekslarni yurdik manbai, poydevori desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 30 apreldagi qarori bilan O‘zbekiston respublikasi yangi Oila kodeksi qabul qilindi va 1998 yil 1 sentyabrdan e’tiboran amalga kiritildi. Ushbu Oila kodeksining mohiyati, mazmuni va nomi jihatidan 1969 yili 6 iyunda qabul qilingan O‘zbekiston SSRning Nikoh va oila kodeksidan farq qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining sovetlar tuzumi davrida 1978 yil 19 aprelda qabul qilingan kodeksida oila masalasiga faqat bitta, 51-modda ajratilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oilaviy munosabatlarga to‘rt modda (63-66 moddalar)dan iborat alohida “Oila” deb nomlangan XIV bob bag‘ishlangan. SHuninng o‘ziyoq O‘zbekiston Respublikasi tomonidan oilaga qanchalik e’tibor berilishini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
“Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”53, deb ta’kidlab o‘tiladi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida.
Oila kodeksiga O‘zbekiston qonunchiligi uchun yangilik bo‘lgan nikoh shartnomasi, qon-qarindoshlik va bolalarining nasl-nasabini belgilash, alimentlar to‘lash to‘g‘risida kelishish, bolalarning oiladagi huquqlari va ota-onalarning moddiy ta’minlash to‘g‘risidagi majburiyatlar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va boshqa shunga o‘xshash muhim qoidalar kiritildi.
Jumladan, farzandlikka olish masalasida ham bir qancha o‘zgarishlar kiritilgan. Oila kodeksining XX bobi ushbu masalaga bag‘ishlangan bo‘lib, jami 22 moddani o‘z ichiga olgan (151-172 moddalar)54.
Farzandlikka olish faqat ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalarga nisbatan, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yo‘l qo‘yiladi55.
Voyaga etmagan bolalarning huquq va manfaatlarni ta’minlash uchun ularning farzandlikka olishga yo‘l qo‘yiladi. Bolalarning manfaatlarini himoya qilish farzandlikka olishning asosiy sharti hisoblanadi.
“Bola manfaatlari” deganda, birinchi navbatda, uning jismoniy, ruhiy va ma’naviy rivojlanishi uchun to‘laqonli sharoit yaratish tushuniladi.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada bunga to‘liqroq sharh berilgan:
“Ishtirokchi davlatlar ushbu Konvensiyada o‘z ta’sir doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘ligi va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’iy nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar. Ishtirokchi davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitishi yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar”.56
Farzandlikka olish (berish) masalasini hal qilishda qator muhim faktorlarni e’tiborga olish va har bir farzandlikka olishga individual yondoshish kerak. Bolaga uning manfaatlarini mukmin qadar to‘laroq ta’minlay oladigan oilani tanlash uchun uning ruhiy holati, shu bilan birga fe’lidagi o‘ziga xoslik, u farzandlikka olayotgan oiladagi moddiy va ma’naviy sharoit, qolaversa, yana boshqa qator holatlar e’tiborga olinishi lozim bo‘ladi; zero, Muxtaram prezidentimiz I.Karimov
aytganlaridek:
“Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz lozim ”57.
Farzandlikka olishda bolaning nafaqat ota-onasi, balki yaqin qarindoshlari bilan ham huquqiy aloqalari uzilishini e’tiborga olib, aka-uka, opa-singillarni bir shaxsga farzandlikka berish maqsadga muvofiqdir.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning arizasiga va vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori bilan amalga oshiriladi.
Tarbiyalash yoki davolash muassasalaridan farzandlikka olish uchun berilayotgan bolaga hujjatlar tayyorlash yuqoridagi muassasalar ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi va tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlariga ko‘rib chiqishga beriladi.
Tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari taqdim etilgan hujjatlar asosida quyidagilarni e’tiborga olgan holda tuman, shahar hokimiga tavsiyanoma tayyorlaydi:
farzandlikka olinuvchining sog‘lig‘i:
sog‘lom bolalar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida farzandlikka oluvchini xabardor qilish sharti bilan farzandlikka berilishi mumkin; farzandlikka olinuvchining sog‘lig‘i haqidagi tibbiy ma’lumot pediatr, nevropatolog, xirurg (ortoped-travmatolog), oftalmolog, otolaringolog, logoped tomonidan tuziladi va sog‘liqni saqlash tizimida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Bola boshqa mutaxassislar tomonidan ham tekshiriladi.
farzandlikka olinuvchi ota-onasining roziligi:
farzandlikka olinayotganning ota-onasidan bolasini farzandlikka berish uchun notarial tasdiqlangan (pasport ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda) roziligi talab qilinadi; farzandlikka olinuvchining ota-onasi farzandini muayyan bir shaxs tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildirib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin; bola joylashgan tarbiyalash va davolash muassasalari ma’muriyati bolaning ota-onasidan boshqa shaxs tomonidan farzandlikka olinishiga roziligini olishda farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish berishi kerak; tuman, shahar hokimining farzandlikka olish haqidagi qarori chiqarilgunga qadar ota-ona o‘z roziligini qaytarib olishga haqlidir. Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar: ota-onaning kimligi noma’lum bo‘lsa;
ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa;
ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot
etgan deb e’lon qilingan bo‘lsa;
ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo‘lsa.
v) farzandlikka olinuvchining roziligi;
agar farzandlikka olinuvchi o‘n yoshga to‘lgan bo‘lsa, uning farzandlikka olinishga roziligi vasiylik va homiylik organlari tomonidan aniqlanadi. Bolaning roziligi olinganda unga farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari (qarindoshlari bilan ko‘rishish, mulkiy va boshqa nizolar), uning familiyasi, tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlarning o‘zgarishi tushunarli holda bolaga bayon qilinishi shart; agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z ota-onasi deb e’tirof etishi vasiylik va homiylik organi tomonidan o‘tkazilgan suhbat mobaynida aniqlangan bo‘lsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.
g) farzandlikka oluvchilarning oilaviy va boshqa sharoitlarini o‘rganish:
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish haqidagi farzandlikka oluvchilarning arizalarida bolaning sog‘ligi to‘g‘risida batafsil tanishganligi hamda uning tarbiyasi va ta’minotini o‘z zimmasiga olishi haqida ma’lumotlar bo‘lishi kerak; agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi er-xotinning birining roziligini oladi, oilaviy sharoitini o‘rganadi va tuman, shahar hokimiga farzandlikka olish bola tarbiyasi va manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi58.
“Sen yetim emassan” respublika bolalar jamg‘armasi 2002 yil 22 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Bugungi kunda statistikaga muvofiq respublika bolalar uylarida yashayotgan bolalarning umumiy soni 3193 kishini tashkil etadi. Toshkent shahri bo‘yicha quyidagi statistika ma’lumotlari mavjud:
Poytahtning mehribonlik uylarida yashovchi bolalarning umumiy soni 837 kishini tashkil yetadi. Ulardan:
-441 nafari o‘g‘il bolalar;
-386 nafari qiz bolalar;
-48% i ijtimoiy yetimlar;
-31% i tarbiyaga olishdan bo‘yin tovlagan bolalar; -21% i hech kimi yo‘q yetimlar59.
Bundan tashqari, bolalar uylarida yashaydigan bolalarning geografik joylashuvini o‘rganib chiqish ularni ko‘pchiligi Toshkent shahridagi mehribonlik uylarida yashashini ko‘rsatadi (21%).
Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (14%) va Farg‘ona viloyati (11%) turadi.
Farzandlikka olish bu o‘zganing farzandini o‘z farzandiga tenglashtirib olishidir. Farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida tuqqan ota-ona bilan bolalar o‘rtasidagi kabi huquqiy munosabatlar vujudga keladi.
Farzandlikka olish muhim akt bo‘lib, u alohida shartlar va maxsus tartibga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Oila kodeksiga ko‘ra farzandlikka olish farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining masalani har tomonlama o‘rganib bergan xulosasiga asosan, tuman, shahar hokimining qarori bilan rasmiylashtiriladi. karor chiqqan kundan boshlab farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganga nisbatan bir umrga ota-ona, u esa ularga farzand hisoblanadi.
II. 2§. Farzandlikka olinganlikning huquqiy holati
Ma’lumki, Farzandlikka olinishi lozim bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni va farzandlikka olinuvchilarni joylashtirish bo‘yicha tuman, shahar hokimiga tavsiyalar tayyorlash xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan muassasalar (maktabgacha tarbiya va umumta’lim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalar)ning mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bu haqda bolalar yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organlarini uch kun muddatda xabardor qilishlari shart.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan farzandlikka olinishi lozim bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni boshqa tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek fuqarolarga qonunda belgilangan hollardan tashqari berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
+uyidagi:
ota-onasi vafot etgan;
ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;
ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;
ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlagan;
ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;
ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;
ota - onasi bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar farzandlikka olinishi lozim bo‘lgan bolalar sifatida hisobga olinadi60.
Farzandlikka olishni istovchi shaxslar ariza bilan o‘zlarining yashash joyi yoki farzandlikka olinuvchi yashash( turar) joyidagi xalq ta’limi organlariga murojaat qiladilar.
Oila kodeksining 152-moddasida farzandlikka olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar keltirilgan: voyaga etgan erkak va ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:
Ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
Qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
Asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;
Ushbu Kodeks 169-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;
Kasddan sodir qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar;
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshi o‘rtasidagi farq 15 yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasnodir.64
Ushbu qoidalar bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga ham mosdir CHunki, konvensiyaning 14-moddasi 2-bandida shunday deyilgan:
“Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning hamda tegishli holarda qonuniy vasiylarning bolaga, uning rivojlanayotgan qobiliyatlariga muvofiq keladigan usul orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqi va majburiyatlarni hurmat qiladilar”61.
Farzandlikka olish huquqiga ega bo‘lmaganlar ro‘yxati Oila kodeksida berilgan. Amaliyotda ushbu ro‘yxat to‘ldirilish mumkin. CHunki, tarbiya xususiyatiga ega bo‘lmaganlar, og‘ir va yuqumli kasallikka chalinganlar, mehnatga layoqatsizligi hamda boshqa sabablarga ko‘ra bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishga ega bo‘lmaganlar ham farzandlikka oluvchi bo‘lmasligi kerak.
Ilgari amalda bo‘lgan Nikoh va oila kodeksidan farqli o‘laroq, O‘zbekiston Oila kodeksiga ko‘ra nafaqat bolalarga ta’minot berishdan bosh tortganligi uchun sudlangan shaxslar, balki qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari sudlangan shaxslar ham farzandlikka oluvchilar bo‘la olmaydilar. Bu, avvalambor, bolaning sog‘lom muhitda o‘sib-ulg‘ayishini ta’minlashga qaratilgandir. Zero, jinoyatchi oilasida kamol topayotgan bolaning tarbiyasiga jinotchi shaxsi o‘z ta’sirini o‘ztkazmasdan qolmaydi:
“SHuni tan olib aytish kerakki, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik-bu, avvalo, biz, kattalarning ularni tarbiyalashda yo‘l qo‘ygan jiddiy xatolarimiz oqibatidir. Binobarin, shuning uchun ham, ruhiy va ma’naviy jihatdan etuk shaxs sifatida shakllanmay qolib, jinoyat sodir etgan yoshlarimizni jamiyatga qaytarish-avvalo, biz, ota-onalar va davlatning zimmasiga tushadi”62.
Oila kodeksining 154-moddasida farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslar keltirilgan:
Turar joyidan qat’iy nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
Farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs;
Aka-uka, opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
O‘gay ota va o‘gay ona;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
Kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan
shaxslar.67
Ilgari harakatda bo‘lgan Nikoh va oila kodeksida bunday ro‘yxat mavjud emas edi. Ma’lum sabablarga ko‘ra farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish asoslari berilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 168,171 hamda 172-moddalari ushbu masalaga bag‘ishlangan.
Qonuniy asoslari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi: “Farzandlikka olish quyidagi hollarda agar:
Farzandlikka olish qalbakilashtirilgan bo‘lsa;
Farzandlikka olish soxta bo‘lsa;
Voyaga etgan shaxs farzandlikka olingan bo‘lsa;
Farzandlikka oluvchi ushbu Kodeksning 152-moddasiga muvofiq farzandlikka olish huquqiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, haqiqiy emas deb
topiladi”.63
Farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda farzandlikka olinganlar bilan farzandlikka oluvchilar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar farzandlikka olishning vujudga kelgan vaqtdan boshlab vujudga kelmagan (haqiqiy emas) deb hisoblanadi.
Farzandlikka olishni istovchi shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
farzandlikka oluvchilarning ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, ularning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari bo‘lsa ularning soni va yoshlari farzandlikka olinadigan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi va jinsi ko‘rsatilgan arizasi; shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
nikoh tuzilganlik (nikohdan ajralganlik) haqidagi guvohnomaning nusxasi; oila a’zolari ko‘rsatilgan holda turar joydan ma’lumotnoma; ish joyidan ish haqi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma; ish joyidan yoki turar joyidan tavsifnoma;
farzandlikka olishni istovchi shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya, narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma’lumotnomasi.
Farzandlikka olishni istovchi shaxs farzandlikka olinuvchi yashab turgan joyda turmaydigan hollarda, yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar bilan birgalikda farzandlikka olishni istovchi shaxsning turar joyidagi xalq ta’limi bo‘limining vasiylik va homiylik organining unga bolani farzandlikka olish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosasi taqdim etilishi kerak64.
SHu ro‘yxatda ko‘rsatilgan hujjatlardan birining farzandlikka oluvchi tomonidan qalbakilashtiriliganligi aniqlanganining o‘zi belgilangan tartibda farzandlikka olishning haqiqiy emas deb topishni so‘rab sudga murojaat qilishga asos bo‘ladi.
Farzandlikka olish ishlarida vasiylik va homiylik organlarining o‘ziga xos xizmati bor. Ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan muassasalar (maktabgacha tarbiya va umumta’lim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalar)ning mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bu haqda bolalar yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organlarini uch kun muddatda xabardor qilishlari shart.
Vasiylik va homiylik organi tarbiyalash yoki davolash muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni farzandlikka olishni istovchi shaxslarni ro‘yxatga oladi. Lekin aniq bir bolani (masalan, nevaralar, o‘gay o‘g‘il yoki o‘gay qiz, vafot etgan qarindoshlarining farzandlari va boshqalarni) farzandlikka oluvchilar farzandlikka olishni istovchi shaxslarning umumiy ro‘yxatiga olinmaydi.
Vasiylik va homiylikdagi, davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish, ota-onasining roziligi talab qilinmaydigan hollarda, vasiy (homiy) yoki ushbu muassasa ma’muriyati roziligi bilan amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylik organi farzandlikka olinuvchi haqida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
bola er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan bo‘lsa xotin(er)ning yozma roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatni tugatgan, bir yildan oshiq birgalikda yashamayotgan va er(xotin)ning turar joyi noma’lum bo‘lsa, xotin(er)ning yozma roziligi talab etilmaydi);
farzandlikka olinuvchi ota-onasining notarial ravishda tasdiqlangan roziligi; ota-onasining vafot etganligi haqida ma’lumotnoma yoki sudning ota-onalik huquqidan mahrum etilganligi to‘g‘risida, ota-onalar, muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan, bedarak yo‘qolgan yoki o‘lgan deb topilganligi to‘g‘risidagi qarori;
ota-onaning bolani tarbiyasi va ta’minotidan voz kechganligi to‘g‘risidagi arizasi, ota-onaga qidiruv e’lon qilinganlik haqidagi hujjatlar, ichki ishlar, tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalarning bola tashlab ketilganligi haqidagi dalolatnomasi va boshqa hujjatlar;
davolash muassasining bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishi to‘g‘risidagi xulosasi65.
Ma’lumki, farzandlikka olishga bola manfaatlarini ko‘zlabgina yo‘l qo‘yiladi va bu hol farzandlikka oluvchida farzandlikka olinuvchigi nisbatan qonunda belgilangan tartibda qator huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi. +onunda belgilangan huquqiy munosabatlarni maqsadsiz vujudga keltirish va bu munosabatlarning vujudga kelganligi farzandlikka olishning soxtaligidan dalolat beradi.
Soxta farzandlikka olish ko‘pincha farzandlikka oluvchining g‘araz (farzandlikka olinuvchiga nisbatan tegishli merosdan foydalanish, boquvchisini yo‘qotganligi uchun unga tayinlangan pensiya yoki nafaqani o‘zlashtirish, uning turli imtiyozlaridan foydalanish va boshqa) maqsadlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Oila kodeksining 151-moddasiga muvofiq, farzandlikka olish faqat voyaga etmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi.
Oila kodeksining 152-moddasida farzandlikka oluvchi bo‘lolmaydigan shaxslr ro‘yxati berilgan bo‘lib, bu ro‘yxatda ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan farzandlikka olish hollari aniqlanganligining o‘ziyoq, farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish uchun sudga murojaat qilishga asos bo‘ladi.
Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish masalasini ishning barcha holatlarini hisboga olgan va bola manfaatlaridan kelib chiqqan holda sud hal qiladi. Sud bola manfaatlaridan va insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqqan holda bu masalani hal qiladi, qonunda ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lishiga qaramay, farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’voni rad qilishi ham mukin.
Masalan, farzandlikka oluvchi bilan farzandlikka olingan o‘rtasidagi farq 15 yoshdan kamligi yoki farzandlikka oluvchi ilgari jamiyat uchun xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir qilganligi uchun sudlanganligi aniqlansa-yu, lekin bola farzandlikka olinganiga ko‘p vaqt bo‘lib, farzandlikka olgan shaxsga o‘rganib qolgan va undan yaxshi tarbiya olayotgan bo‘lsa, kelajakda ham bola manfaatlariga zarar kelishi xavfi bo‘lmasa, farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Lekin har holda sud bu masalaga vasiylik va homiylik kengashlarining e’tiborini qaratib, lozim bo‘lsa, aybdorning javobgarligi masalasini muhokamaga qo‘yib, kelajada bunday xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligini talab qilishi lozim.
II. 3§. Farzandlikka oluvchilarning burch va majburiyatlari
Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining o‘z bolalariga tenglashtiriladi. Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-ona qarindoshlari)bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini yo‘qotadilar hamda o‘zaro majburiyatlardan ozod bo‘ladilar.66
Farzandlikka olishning huquqiy ahamiyati shundaki, farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining o‘z bolalariga hech bir mustasnosiz tenglashtiriladi. Masalan, “oila a’zolarining mulki oilaviy mulk hisoblanadi. Oila a’zolari oilaviy mulkning sub’ekti (sohibi)dir. Oila a’zolari ota, ona, er-xotin, bolalar, farzandlikka olingan bolalar va boshqalar, ya’ni qarindoshlik asosida birga yashaydigan shaxslardir”.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi tuman, shahar hokimining qarori chiqarilganidan keyin o‘n kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganlarning tug‘ilishi qayd etilgan daftarga zarur o‘zgartirishlar kiritishi lozim.
Farzandlikka oluvchilar bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug‘ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo‘lmagan farq bilan o‘zgartiriladi.
Agar bola o‘n yoshdan oshmagan bo‘lsa, tug‘ilgan joyi ham O‘zbekiston Respublikasi doirasida o‘zgartirilishi mumkin.
Farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga zarur o‘zgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning vujudga kelgan vaqti hisoblanadi67.
Farzandlikka olish FHDYO organlarida qayd etilib, bolaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berilgan kundan boshlab huquqiy oqibatlar tug‘diradi.
Farzandlikka oluvchilar, birinchi navbatda, ota-onalik huquqi va majburiyatlariga ega bo‘ladilar(Oila kodeksining 12-bobi ).
Ota-onaning o‘z bolalarini tarbiyalash, ularning, sog‘ligi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari to‘g‘risida qonunda belgilangan majburiyatlari farzandlikka olingan bola tarbiyasini ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga qabul qilgan farzandlikka oluvchilarga to‘liq yuklanadi.
Farzandlikka oluvchilar o‘zlari farzandlikka olingan bolalarni xuddi otaonalar singari moddiy ta’minot berishlari shart.
Farzandlikka olingan bolalarga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan farzandlikka oluvchilardan sudning hal qiluv qaroriga asosan aliment undiriladi. Voyaga etmagan yoki voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj farzandlikka olingan bolalarga aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan surunkali 3 oy davomidp bo‘yin tovlagan farzandlikka oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladilar.68 Xuddi shuningdek, farzandlikka olinganlar ham farzandlikka oluvchilar haqida g‘amxo‘rlik qilishilari shart. Mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtoj bo‘lgan farzandlikka oluvchilarga ta’minot berish voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlikka olinganlarning majburiyatidir.
Farzandlikka olingan bolalarning farzandlikka oluvchining o‘z bolalariga to‘liq tenglashtirilishi tufayli hamda axloq qoidalaridan kelib chiqib, qonun farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzilishiga yo‘l qo‘ymaydi (Oila kodeksi 14-moddasi ). Farzandlikka olish munosabati bilan vujudga keladigan boshqa qarindoshlik aloqalari nikoh tuzishga mone’lik qilmaydi.
Umumiy qoidalarga ko‘ra, bola er-xotin yoki ularning biri tomonidan farzandlikka olinganligidan qat’iy nazar farzandlikka olingan bola bilan uning otaonasi (ota-ona qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yo‘qotadilar hamda o‘zaro majburiyatlardan ozod bo‘ladilar. Ammo qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsada, bola manfaatlaridan kelib chiqqan holda umumiy qoidadan ayrim istesnolar bo‘lishi mumkin. Agar bola o‘gay ota yoki o‘gay ona tomonidan farzandlikka olinsa, bolaning otasi yoki onasi va ularning qarindoshlari bir tomondan bola ikkinchi tomondan barcha huquq va majburiyatlarni saqlab qoladilar.
Bu qoidani qo‘llash uchun bolaning otasi yoki onasi farzandlikka oluvchi bilan nikoh tuzishi shart emas. Masalan, bolaning otasi vafot etgan bo‘lib, uning otasining opasi(ammasi) yoki ukasi (amakisi) farzandlikka olsa, yoxud bolaning onasi vafot etgan bo‘lib, bolaning ota yoki onaning yaqin qarindoshlari farzandlikka olsa.
“Bugungi kunda oddiy haqiqat barchamizga ayon bo‘lishi kerak: oldimizda turgan eng ezu maqsadlarimiz- mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz ham, erkin va farovon hayotimiz ham O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham- ularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga etishiga bog‘liqdir”.69
Do'stlaringiz bilan baham: |