Islom huquqida emikdoshlik masalasi
CHaqaloq tug‘ilishi bilan uning qoniga qo‘shiladigan birinchi ozuqa ona suti bo‘ladi. Ona suti orqali bolaga onaning butun mehri, his-tuyg‘ulari qo‘shilishi bilan birga, bu hayot chashmasi go‘dakning nasl-nasabi, salomatligi, rivojlanishini ham belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi. Har bir shaxs, xususan ota-onalar bilishi va qoidalariga amal qilishi lozim bo‘lgan ishlardan biri emikdoshlik masalasidir. Bu masala arabchada «razo’», deb nomlanadi22. Ya’ni, bola onasidan o‘zga ayolni emishi bilan sobit bo‘ladigan shar’iy hukmlar masalasidir. Islom huquqida ikki yoshga to‘lmagan yosh go‘dak bir ayolni sutidan emsa, o‘sha ayolga emizikli bola bo‘ladi. Ayol esa unga emizish orqali ona, eri ota, bolalari aka-uka, opa-singilga aylanadilar. SHuning uchun bir ayolni emgan boshqa-boshqa ayollardan tug‘ilgan bolalar orasida ham emish orqali qardoshlik paydo bo‘ladi. CHunki, ikki yoshdan kichik bolaning ozuqasi sut bo‘ladi, u emgan sut suyagiga o‘tib vujudini shakllanishiga va boshqa o‘sish jarayonlariga omil bo‘ladi. Bir xil sutdan emgan bolalarning shakllanish masdarlari bir bo‘lgani uchun ular shar’iy hukm bo‘yicha emikdosh aka-uka, opa-singil, ota-bola, ona-qiz bo‘ladilar.
Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bunday emikdoshlar orasidagi nikoh masalasini bayon qilgan hadislarida: «Nasab bo‘yicha harom bo‘lgan narsa, razo’-emish bo‘yicha ham harom bo‘ladi», deganlar23.
SHu hadisi sharifga binoan nasab bo‘yicha bir-biriga nikohi harom bo‘lgan harbir juft orasidagi nikoh emikdoshlik orqali ham harom bo‘ladi. Zamonaviy tibbiyotda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilgan bolalar jismoniy va aqliy jihatdan nuqsonli bo‘lishi haqida ko‘plab ilmiy faktlar topiladi va bu narsa hayotda ham ko‘p uchraydigan hodisadir. Bir ayolni sutini emgan yigit bilan qizning organizm rivojlanishida ham o‘zaro yaqinlik mavjud bo‘ladi. Boshqalarini ham shunga qiyos qilaverish mumkin.
Uzoq yillar sobiq sho‘rolar ta’siri ostida islomiy ta’limotlardan yiroq bo‘lgan mintaqamiz aholisi orasida ushbu muhim masalaga unchalik e’tibor berilmadi. Sobiq sovetlar davrida kommunistcha tug‘ruqxonalar dard ustiga chipqon bo‘lgan. U yerda kim, nima, halol, harom degan gap bo‘lmagan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni onalariga 3-4 kunlab bermasdan, yangi onalardan sog‘ilgan sutlarni aralash-quralash qilib kimga to‘g‘ri kelsa shishadan emizilaverardi. Aksincha, ba’zi bir o‘zlarini dindor deb bilgan shaxs va oilalarda bu masalani to‘g‘ri tushinmasdan o‘ynab kelib yetmish yoshli buvisining ko‘kragini og‘ziga solgan bolani ham emikdoshlik hukmiga kiritib, turli muommolar keltirib chiqarardilar. Bu xil tushunmovchiliklar, ba’zi bir xudosizlar tomonidan badiylashtirilib, islom va musulmonlar ustidan kulish maqsadida xajvlar ham yozilgan24.
Lekin islom shariatida emikdoshlik masalasi batafsil, har tomonlama yoritilgan bo‘lib, bu narsa eng avvalo, islom shariatiining birinchi manbasi bo‘lmish Qur’oni karimda bayon etiladi:
«(Va onalar o‘z bolalarini) butun ikki yil davomida emizsinlar, bu hukm emizish muddatin nihoyasiga yetkazmoqni istaganlar uchundir»,25.
حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أ َّ مُهَاتكُُمْ وَبنََاتكُُمْ وَ أخََوَاتكُُمْ وَعَ َّ ماتكُُمْ وَخَالاَتكُُمْ وَبَنَاتُ الْأخَِ وَبَنَاتُ الْأخُْتِ وَأ َّ مُهَاتكُُمُ ال َّ لاتِي
Do'stlaringiz bilan baham: |