O’zbekiston musulmonlari idorasi


I. 2§. Yetim bolalarning dunyoviy va diniy manbalarda himoyalanishi



Download 0,5 Mb.
bet7/11
Sana15.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#449978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Document (5)

I. 2§. Yetim bolalarning dunyoviy va diniy manbalarda himoyalanishi


Hizona lug‘atda: Quchog‘iga olish
Istilohda: Ota-ona ajrashgandan keyin bolani o‘z qaramog‘iga olish va tarbiya qilishga aytiladi.34
Bolaning tarbiyasi onaga majbarlanmasdan beriladi. Xoh taloq qilingan yoki taloq qilinmagan bo‘lsin. Bolani tarbiyalash huquqi ona uchundir, lekin majbur qilinmasdan, ya’ni agar ona tarbiyalashni xohlamasa majbur qilinmaydi, taloq qilingan bo‘lsa ham, taloq qilinmagan bo‘lsa ham. Keyin bolani tarbiyalash huquqi onaning onasi uchun bo‘ladi, qancha yuqori ketsa ham, keyin otasini onasi uchun bo‘ladi.
Keyin bolani ota bir, ona bir opasi uchun bo‘ladi, so‘ng ona bir opasi uchun, u ham bo‘lmasa ota bir opasi uchun bo‘ladi. Bular ham bo‘lmasa bolani xolasi uchun bo‘ladi. Birinchi ota-ona bir xolasi, u bo‘lmasa ona bir xolasi, u ham bo‘lmasa ota bir xolasi uchun bo‘ladi. SHundan so‘ng ota-ona bir ammasi uchun, u bo‘lmasa ona bir ammasi uchun, u ham bo‘lmasa ota bir ammasi uchun bo‘ladi.
Yuqoridagi tarbiya qiluvchilarni hur bo‘lishligi shart qilinadi. Bolani tarbiyalashga cho‘rini va ummi valadni haqqi yo‘qdir. Zimmiya ayollar ham musulmon bolani tarbiyalashlari mumkin, hatto bola dinni tushunadigan bo‘lguncha. Bularni tartibi ham yuqoridagi musulmon ayollarni tartibiga o‘xshashdir.
Bolani boqishga haqli bo‘lgan ayol boqilayotgan bolaga mahram bo‘lmagan kishiga nikohlanishi bilan bolani boqish huquqi soqit bo‘ladi. Lekin bu ayol bolani mahrami bilan nikohlansa bolani boqish huquqi soqit bo‘lmaydi. Masalan, bolani onasi bolani amakisiga nikohlansa yoki momosi bobosiga nikohlansa, bolani boqish huquqi bularni o‘zlariga qoladi. Bolani boqish huquqi ketishiga sabab bo‘ladigan nikoh buzilishi bilan bolani tarbiyalash huquqi qaytib keladi. Agar yuqoridagilar bo‘lmasa, bolani tarbiyalash huquqi ota taraf tomirdosh qarindoshlari uchun bo‘ladi. Lekin yosh qiz bolani mahram bo‘lmagan ota taraf qarindoshlariga berilmaydi. Masalan, ozod qiluvchi xo‘jayinga yoki amakisining o‘g‘liga tarbiyalash uchun yosh qizni berilmaydi. Va fosiqligi ochiq bo‘lgan kishiga ham yosh qizni tarbiyalash uchun berilmaydi.Yosh go‘dak bolalarni kimda tarbiyalanishini o‘z ixtiyorlariga berilmaydi. Ona va momo o‘g‘il bolani o‘zi ebichib, o‘zi istinjo qiladigan, kiyinadigan bo‘lgunicha tarbiyalashga boshqalarga nisbatan haqliroqdir. Qiz bolalarga esa hayz ko‘rgunicha boshqalardan haqliroqdir. Imom Muhammad (r.a.) fikrlariga ko‘ra, qiz bolaga ona va momo haqliroqdir, hatto ishtahali bo‘lmog‘igachadir. Ushbu gap olingandir. Ona va momodan boshqalar qiz bolaga hatto ishtahali bo‘lguncha haqliroqdirlar.
Taloq qilingan ayol o‘z bolasi bilan safarga chiqolmaydi, magar o‘zi nikohlangan joyga chiqoladi. Bu huquq ham faqat ona uchundir, boshqalar uchun emas.
Endi siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixiga kelsak asosan inson huquq va erkinliklariga e’tibor berilsada, bola huquqlari muammosiga umuman ahmiyat berilmas edi.
Hozirgi kunda mamlakatlar bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishning oldini olishda davlat va oila muhofazasidan foydalanishlari kerak.
Bunga, avvalo, ko‘pincha kattalar bilan uchraydigan vaziyatga qaraganda yuqori darajada e’tiborli bo‘lishi zarur. CHunki, bolaning hayoti va rivojlanishi, ta’lim olishi va tarbiyasiga oid huquqiy muammolar haqida qayg‘urish hozirgi kunda tobora halqaro ahamiyat kasb etmoqda.
XX asrning ikkinchi yarimida xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi (1959) va Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya bunga yaqqol dalildir. SHuningdek, bir qator shu kabi hujjatlar imzolandi.
Bola manfaatlari va huquqlarini xalqaro- huquqiy himoyalash bir necha bosqichni bosib o‘tgan.
Bu sohadagi birinchi xalqaro hujjat o‘tgan asrning 1924 yil 26 sentyabrida
Millatlar Ligasining beshinchi Assambleyasida qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya” (Jeneva Deklaratsiyasi) edi. SHu bosi ushbu hujjat bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga doir dastlabki xalqaro- huquqiy hujjatlardan biri hisoblangan. U jahondagi barcha erkaklar va ayollari nomidan tuzilib, bola huquqlari va manfaatlarini ifodalovchi besh prinsipni o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bundan tashqari Jeneva Deklaratsiyasiga shunday deb nom berilishiga qaramay, bola huquqlari e’lon qilinmagandi (ustiga-ustak prinsiplarning ta’riflarida “huquq” so‘zi umuman yo‘q edi), balki bolalar uchun nimalar qilish kerakligi haqida gapirilgandi.
Deklaratsiya qisqacha, ixcham bo‘lgani bilan o‘sha davrda bola huquqlarini muhofaza qilgan va bu sohadagi asosiy muammolarga e’tibor bergan. Aynan ushbu deklaratsiyaning muqaddimasida insonlar- erkaklar va ayollarning o‘z bolalariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish majburiyati haqida aytib o‘tilgan. SHuningdek, bolalarning hayot tarzini yaxshilash, ularning etuk, sog‘lom va barkamol bo‘lishlari uchun zarur shart sharoitlar yaratib berish kerakligiga oid fikrlar ham e’tiborga molik.
Lekin bu hujjatlarning qoidalari “mavhumligi”, uning demologik xarakteri, hamda “hukumatlarning bolalarga sharoit yaratish bo‘yicha majburiyatlari to‘g‘risida hech narsa aytilmagani” uchun uni tanqid qilmaslik kerak. Muhimi-Jeneva Dekleratsiyasi bola huquqlari uchun kurashishning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, unda bolalarni maxsus muhofaza qilish va ular haqida g‘amxo‘rlik qo‘rsatish zarurligi ilk bor ta’kidlanganligini e’tirof etish kerak.
Demak, yuqoridagi fikrlarga qaraganda, bolalarni muhofaza qiluvchi dastlabki xalqaro huquqiy hujjat BMT ning tashkil topishidan avval qabul qilingan. Bu esa, o‘z navbatida, bolalarga doir masalalarga befarqlik bilan qaralmaganligidan dalolat beradi, aksincha, hozirgi mavjud xalqaro huquqiy hujjatlarda asosiy g‘oyalar aks etgan bo‘lib, ular o‘sha paytda ham ilgari surilgan.
Bu yo‘nalishdagi ikkinchi bochqich 1959 yilda BMT Bosh Assambleasi tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilinishi bilan belgilanadi.
Deklaratsiya bola hayotining muhim jihatlariga tegishli 10 ta prinsipni o‘z ichiga olgan.
Lekin bu hujjatni qabul qilish BMT tashkil topishi bilan tez vaqt mobaynida vujudga kelmagan. Balki Jeneva Deklaratsiyasidan so‘ng bola huquqlari haqidagi umumhuquqiy normalarni shakllanishi, BMT tashkil topgandan boshlab va u tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish borasidagi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan keng qamrovli choralar ko‘rish natijasida vujudga kelgan. BMT tomonidan inson huquqlari va erkinliklari doirasida 70 dan ortiq deklaratsiya, konvensiya, pakt va tavsiyalar kabi qator halqaro huquqiy hujjatlar qabul qilingan35. Amalga oshirish yuridik nuqtai nazardan, barcha xalqaro hujjatlar o‘ziga xos xususiyatga ega. Bular ichida bola huquqlariga taalluqli hujjatlar ham mavjud.
BMT qabul qilgan ilk hujjatlardan biri- Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiya hisoblanadi. Ushbu hujjat 1948 yil Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan bo‘lib, unga qadar, bolalarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan boshqa biron-bir huquqiy hujjat qabul qilinmagan. SHuningdek, Deklaratsiyada bolani himoya qilishiga oid maxsus modda kiritilmagan, balki onalik va bolalik alohida vasiylik va yordam huquqiga ega bo‘lish, shuningdek, nikohda turib va nikohsiz tug‘ilgan barcha bolalar bir xil ijtimoiy muhofazadan bahramand bo‘lish kerakligi haqida umumiy tarzda ko‘rsatma berilgan.
Keyinchalik esa BMT Deklaratsiyada qayd etilgan inson huquqlarini belgilab beradigan va ularga majburiy yuridik kuch bag‘ishlaydigan xuddi shunday yana ikkita xalqaro pakt qabul qilingan. Birinchisi-Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi, ikkinchi- Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi, 1996 yilda qabul qilgan, xalqaro paktlardir. Xalqaro Paktlarga qo‘shimcha ravishda, uning qoidalariga ko‘ra inson huquqlari bo‘yicha tuzilgan kengashga etarli darajada vakolat beruvchi fakultativ protokol imzolandi. YUqorida qayd etilgan barcha xalqaro huquqiy hujjatlar (Deklaratsiya, ikkita Xalqaro pakt va fakultativ protokol) barcha davlat va xalqlar uchun maqsad va namuna bo‘lagan inson huquqlari haqidagi Xalqaro billni tashkil etadi. Ularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomnidan ratifikatsiya qilingan.
SHunday qilib, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya (1959 yili) qabul qilinishidan oldin, bola huquqlarining muhimligi, himoya qilish zaruriyligi BMT tmoindan qabul qilingan quyidagi hujjatlarda : “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro paktning (10- moddasida)36, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro paktning (23- va 24-moddalarida)37, shuningdek, bola bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot va ixtisoslashagan muassasalarning ustavi va shunga muvofiq xalqaro hujjatlarda ham e’tirof etilgan.
Jeneva Deklaratsiyasining muqaddimasida irqiy, fuqarolik va diniy
kamsitishidan himoyalanishga oid normalar mavjud edi. 1948 yil Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi bu ro‘yhatga bola tanasining rangi, uning jinsi, tili, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoligi oid kamsitishlardan himoyalashga oid normalarni qo‘shib, uni kengaytirdi. Bolaning tug‘ilishiga oid yoki uning o‘ziga, oilasiga taalluqli boshqa holatlar asosida kamsitilishini ta’qiqlanishi 1959 yil Deklaratsiyaga kiritilgan jiddiy qo‘shimchadir. Kamsitmaslik prinsipi xuddi shu tarzda 1966 yili Xalqaro paktlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Bola huquqlariga bag‘ishlangan konvensiyani yaratish mumkinligi va zarurligi to‘g‘risidagi masala ilk bor 1970 yilda muhokama etildi. Ishchi guruh o‘z ishini yakunlab bo‘lgach, 1989 yilning 20 noyabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilindi.
XX asrning bola huquqlari bo‘yicha eng muhim va ahamiyatli hujjatlaridan biri- BMT ning 1989 yil qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi hisoblanadi. Ushbu hujjat hozirgi kunda bola huquqlariga bag‘ishlangan barcha hujjatlarining o‘zagidir.
Bundan tashqari, 1959 yildagi Deklaratsiya va 1989 yildagi Konvensiyaning amal qilish jarayonida bolalarga bag‘ishlangan va ularning hududiy muammolarini aks ettirgan bunga qadar ilgari, boshqa alohida hududiy xalqaro huquqiy hujjatlar ham qabul qilingan. Maslan, 1930 yillarda AqSH Prezidenti Gerbert Guverning tashabbusi bilan Oq uyda bolalarning sog‘lig‘i va muhofazasiga bag‘ishlangan Konferensiya o‘tkazilib, Bolalar Ustavini qabul qilish bilan o‘z ishini yakunlagan38. Keyinchalik AKSHda urush sharoitlarida bola huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan Deklaratsiya ishlab chiqilgan va “Urush vaqtidagi bolalar Ustavi” deb atalgan. 1942 yil mayda bolalarning sakkizinchi Panamerika Kongressi tomonidan “Bolalar uchun imkoniyatlar Deklaratsiyasi” qabul qilingan edi.39
Etti yil o‘tgach esa, 1949 yilda Nyu-York yoshlari Komissiyasi tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risida Bill ishlab chiqilgan. 1971 yilda esa Oq Uyda o‘tkazilgan anjumanda yoshlarga doir muammolarni muhokama qilib, yoshlar farovonligini ta’minlash maqsadida eng muhim to‘rtta asosiy huquqlar belgilab berilgan.
Arab davlatlari Ligasi tomonidan qabul qilingan Arab bolalar huquqlarining Ustavi ham alohida diqqatga sazovor hujjatlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bola huquqlari bo‘yicha majmua xalqaro shartnomani ishlab chiqish va qabul qilish zarurati to‘g‘risida butun dunyoda bolalarning ahvoli o‘ta og‘irligi: bolalarning o‘lim darajasi yuqoriligi, bolalar sog‘lig‘ini saqlash bir xilda emasligi, oddiy ta’lim olish imkoniyatining yo‘qligi, bolalarning ekspluatatsiya qilinishi, qurolli to‘qnashuvlar oqibatida kelib chiqdi.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha xalqaro hujjatlar bolaning hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsata olmaydi. To‘g‘rirog‘i, xalqaro hujjatlarda aks etgan norma va majburiyatlardan ko‘zda tutilgan maqsad, avvalo, mamlakatdagi siyosiy va ish dasturidan kelib chiqib, milliy qonunchilikda bolalarga taalluqli masalalarda xalqaro va milliy davlat hamda nodavlat tashkilotlar, idoralar faoliyatiga yo‘nalish berishdan iborat.
Hozirgi bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani amalda jahondagi barcha davlatlar, ya’ni BMT ga a’zo bo‘lgan davlatlar tasdiqlaganlar. Somali bilan AqSH bundan mustasnodir (ular Konvensiyani 1995 yil 15 fevralda imzolashgan). Bu xalqaro huquq uchun “misli ko‘rilmagan” hodisadir. Konvensiyaga qo‘shilgan davlatlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi ham kiradi. SHu munosabat bilan 1992 yil 9-dekabrda hukumatimiz Parlamenti “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilganligi haqida”gi qarorni qabul qildi40.
Mamlakatimiz mustaqilligini e’lon qilgan dastlabki davrdan boshlaboq bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning qonunchilik asosini xalqaro standartlarga muvofiq yaratish yuzasidan samarali faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston BMT ning teng huquqli e’zosi sifatida inson huquqlari va erkinliklariga, jumladan, bola huquqlariga taalluqli xalqaro hujjatlarga qo‘shildi va bu bilan o‘zining davlat- huquq amaliyotida mazkur hujjatlarga rioya etish va ularga amal qilish majburiyatini zimmasiga oldi.
SHu munosabat bilan bolalar manfaatlarini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar qatoriga 2000 yilning 15 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod” Davlat dasturi ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu dasturning ahamiyatini, avvalo, mamlakatimizda o‘sib kelayotgan sog‘lom avlod salomatligini mustahkamlash, uning ta’lim olish va har tomonlama kamol tapishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, “Mehribonlik” uylarida, maktab-internatlarda tarbiyalanayotgan bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganidan bilish mumkin.
SHuning uchun ham, xalqaro hujjatlarga imzo chekkan davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston ham bola huquqlarini har tamonlama ta’minlash va muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya bilan birga xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan va alohida ahamiyat kasb etib, boshqa xalqaro hujjatlarga ham qo‘shilsa va kelgusida ulardagi qoidalar inobatga olinsa, ayni muddao bo‘lar edi41.
1989 yilda qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyaga binoan “Farzandlikka olish tizimi mavjud bo‘lishiga xayrixoh bo‘lgan yoki uni tan olgan ishtirokchi –davlatlar bolaning eng yaxshi manfaatlari birinchi navbatda tan olinishini ta’minlaydilar”42. Ular:

  1. Bolaning farzandlikka olinishiga vakolatli hokimiyat organi tomonidan ruhsat berilishini ta’minlaydilar. Bu organlar qo‘llanilayotgan qonunlar va harakatlar hamda ishga taalluqli barcha ishonchli axborotlar hamda farzandlikka olishning ota-onalar, qarindoshlar va qonuniy vasiylarga nisbatan bolaning statusi nuqtai nazaridan mumkin yoki mumkin emasligini aniqlab beradi. Talab qilinadigan bo‘lsa, zaruriy maslahatlar asosida manfaatdor shaxslar o‘z roizliklarini bayon etadilar;

  2. Bola uning tarbiyasi yoki farzandlikka olishning ta’minlay oladigan oilaga tarbiya uchun berilishi mumkin bo‘lmasa, boshqa davlat fuqarolari tamonidan farzandlikka olinishning uni tarbiyalashning muqobil usuli deb tan oladi; bunda bolaning o‘zi tavallud topgan mamlakatda ta’lim-tarbiya olishning ta’minlash imkoni bo‘lmasligi shart qilinadi;

  3. Bola boshqa mamlakat fuqarolari tomonidan farzandlikka olinganda ham o‘z mamlakatida farzandlikka olinganda qo‘llaniladigan kafolatlar va normalar qo‘llanilishini ta’minlaydilar;

  4. Bola boshqa mamlakat fuqarolari tomonidan farzandlikka olinganda bola muammolarini hal etilishi uchun farzandlikka olgan shaxslarga asosiz moliyaviy foydalar keltirmasligini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘radilar (21-modda)43.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 27-moddasiga binoan “O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lagan bolani farzandlikka olishda ham Oila kodeksining 157-167-moddalari talablariga rioya qilinish lozim”44.
Agar farzandlikka olish natijasida farzandlikka olingan bolani O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan huquqlari buziladigan bo‘lsa, farzandlikka oluvchini qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat’i nazar, agar u bolani farzandlikka olgan bo‘lsa, bu ish sud tartibida bekor qilinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va O‘zbekiston hududidan tashqarida yashab turgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi shaxs fuqarolikda turgan davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa hamda bolaning ota-onasi yoxud ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi hududidan jo‘nab ketishdan avval istiqomat qilgan tuman, shahar hokimining farzandlikka olish to‘g‘risidagi ruxsatini oldindan olgan bo‘lsagina O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.45
Bola huquqlari, ayniqsa, yetim bolalar huquqlarining insoniyat maxsus bilish va ommaviy faoliyat sohasidan ajralib chiqishi inson huquqlari rivojlanishining ikkinchi bosqichi, ya’ni XX asrning 20-yillariga to‘g‘ri keladi. Bir paytning o‘zida, bola huquqlarining yo‘nalishi hamda ahamiyati uchinchi bosqichda, ya’ni XX asrning oxirida amalga oshirildai. Bola huquqlarida birinchi va ikkinchi bosqich avlodlarning huquqlari jamlangan edi. Bola huquqlarining aniq belgilanib olinishi hamda jamiyatning himoyaga ko‘proq muhtoj qismi huquqlarini himoyalash uchun maxsus samarali mexanizmning ishlab chiqarilishi bola huquqlarining maxsus kategoriyaga ajralib chiqarish zaruratini tug‘diradi.
Millatlar Ligasi (BMTning protokoli) 1924 yilda Jeneva Deklaratsiyasida, halqaro huquqda birinchi marta bola “jismoniy hamda aqliy voyaga etmaganligi sababli” maxsus ta’minot va yordam olish huquqiga egadir.
1959 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambeleyasi tomonidan qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning bolani “maxsus himoyasi va parvarishi” to‘g‘risidagi fikrni takrorlagan holda, bola huquqlariga doir hamma asosiy fundamental prinsipni asoslab bergan.46
Bu prinsiplar quyidagi normalarda o‘z ifodasini topgan:

  • Birinchidan, bolaning eng yaxshi manfaatlari asosiy maqsad

bo‘lishi;

  • Ikkinchidan, bolaning tug‘ilgan vaqtidan ism, millat, ulg‘ayish hamda sog‘lig‘ini yaxshilash huquqiga ega bo‘lishi;

  • Uchinchidan, agar bola jismoniy, ruhiy yoki ijtimoiy jihatdan nogiron bo‘lsa, muolaja qilinishi;

  • To‘rtinchidan, bola muhabbat va uni tushunishlariga muhtojdir. U parvarish va ota-ona qaramog‘ida bo‘lishi shart;

  • Beshinchidan, bola bilim olish huquqiga egadir;

  • Oltinchidan, bola barcha shart-sharoitlarda ham birinchi bo‘lib himoya va yordamga muhtojdir;

  • Ettinchidan, bola befarqlik, qo‘pollik hamda ekspluatatsiyaning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilinishi shart;

  • Sakkizinchidan, bola har qanday irqiy, diniy va boshqa ko‘rinishlardagi diskriminatsion an’anasida tarbiya topishdan himoya qilinishi shart.

Ushbu yo‘naltirilgan dasturlar BMTga a’zo davlatlar siyosatida muhim ahamiyatga ega. Lekin, bu normalar majburiy kuchdan ko‘ra, ko‘proq tavsiyaviy xarakterga ega.
Bola huquqlari juda qadimiydir. Bola huquqlariga doir dastlabki ta’minotlar ona huquqlaridan ajralmas holda “zardushtiylik” Markaziy Osiyodagi qadimiy diniy e’tiqodda ham mavjud47. Videvdotda aytilishicha: “Bolali odam bolasiz odamdan ko‘ra yaxshiroqdir”.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, O‘zbekistonda bolalar, ayniqsa, yetim bolalarning huquqlari asosini yaratish jahon andozalariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bolalar huquqlarini kafolatlash ishlarida musaqillik yillarida katta siljishlar bo‘ldi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila, Fuqarolik, Jinoyat va Mehnat kodekslari hamda ta’lim to‘g‘isidagi va boshqa qonun hujjatlarda o‘z ifodasini topgan.
SHunisi aniqki, faqatgina iqtisod bilan bog‘liq o‘zgarishlar bola huquqlarini to‘liq ta’minlash uchun etarli emas. Mana shuning uchun O‘zbekistonda davlat tashkilotlaridan tashqari nodavlat tashkilotlar ham o‘z faoliyatilarini olib bormoqdalar.
I. 3§ Islomda ota-ona va farzandlarning huquq va majburiyatlari
Islom dinida bolalarni himoya qilish, ularni e’tiqodli, imonli, ilmli, hunarli, o‘z dunyosi va oxirati uchun nafi tegadigan barkamol inson bo‘lib etishlari masalasini to‘g‘ri hal qilish muhim o‘rinni egallaydi. Buni islomda bolalar huquqlariga alohida e’tibor berilib, asosiy huquqlaridan biri sifatida e’tirof etilganidan ham bilish mumkin. Islom huquqida bola huquqlari haqida gap ketganda eng avvalo, bolaning quyidagi huquqlari tan olinadi:
1) Bolaning emish haqi.
Aksariyat manbalarda yosh bolalarning nafaqasi otaning zimmasiga vojib va xotinning nafaqasi ham bolalarning otasi zimmasida ekanligi bayon etilagan. Jumladan, “Baqara” surasida: “Ularning (onalarini) me’yorida oziqlantirish va kiyintirshi otalarning (erning) zimmasidadir” deyilgan.48 Agar yosh bola emizikli bo‘lsa, ona emizishga qodir bo‘lmasa, emizish majburiyatini olmaslikka haqlidir. Bunday holatda ona emizishga majbur qilinmaydi.
Yuqorida aytilganidek, bolaning nafaqasi otasiga vojib bo‘ladi. Jumladan, Qur’oni karimda bunga ishora qiluvchi va hujjat sifatida dalil bo‘luvchi oyatlardan misol sifatida keltirish mumkin. “Baqara” surasining 233-oyatida “Bolalari tufayli ota ham, ona ham zarar ko‘rmasin”51, deyilishining o‘zi onaga majburan emizdirilmaydi deganidir.
Garchi ayollar farzandini o‘z ixtiyorlari bilan emizsalar-da, ammo bolani emizadigan boshqa enaga topilmasa, tuqqan onaga majbur qilinadi va otasi emizgani uchun unga haq to‘lashi mumkin. Bolaga boshqa emizuvchi topilmaganda er o‘z ayolini ijaraga olishi joizligi haqida ixtiloflar bor. Faqat uzrli bo‘lsa majbur qilinmaydi.
Bu huquqqa ikki tomonlama e’tibor beriladi. Birinchidan, buni bolaga beriladigan nafaqa deb, ikkinchidan, ma’lum muddatda bola hayoti uchun zarur ozuqa onaning suti deb e’tiborga olinadi. SHularni hisobga olib emizmoqlik onaning vazifasi hisoblanadi. Zero, Alloh taolo “Baqara” surasining 233-oyatida “Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi bo‘lgan kishilar uchun. Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erining) zimmasidadir... ”49, deydi.
O‘z onasini emgan bola sog‘lom, baquvvat, ota-onasiga mehribon bo‘lishi ilmiy isbotini topgan. SHuning uchun ham bolaning aynan o‘z onasini emishi muhim ahamiyat kasb etadi.
2) Bolaning tarbiya olish haqqi
Oilada farzand dunyoga kelishi bilan uni avaylab-asrash va tarbiyalash zarurati paydo bo‘ladi. Islom dinida bola tarbiyasiga jiddiy e’tibor beriladi. Tarbiya bir necha bosqichlarga taqsimlanadi va har qaysi bosqichda uning tarbiyasi bilan kim mashg‘ul bo‘lishi lozimligi ko‘rsatib o‘tiladi. Biron-bir bosqichda mas’ul shaxs bo‘lmay qolgan taqdirda bola tarbiyasiga kim javob berishi, tarbiyachiga nima sababdan mas’uliyat yuklanishi, o‘g‘il bolaning tarbiyasidagi bosqichlar, uning qiz bola tarbiyasidan qaysi tomonlari bilan farq qilishlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan va belgilab berilgan. Ayniqsa, islomda farzand tarbiyasi boshdan oxirigacha rahm-shafqat va mehribonlik asosiga qurilgan.
Farzand tarbiyasidagi ilk davr mas’uliyati ona zimmasiga yuklatiladi. Bu davrni “al-hizona” (ya’ni “himoya quchog‘iga olish”) davri deyilgan. Zero, bu davr-onalarning yordamisiz bo‘lmaydigan davrdir. SHuning uchun shariatda bu davr tarbiyasini onaning haqqi deb ko‘rsatilgan. Agar ona bo‘lmasa, farzand tarbiyasi bilan unga mahram bo‘lgan, ya’ni bola bilan o‘rtalarida nikoh qurib bo‘lmaydigan ayollar shug‘ullanishga haqlidir, deb belgilangan.
Birinchi, davr chaqaloqlik davri tarbiyasi bilan shug‘ullanish onalar zimmasiga yuklanishiga quyidagilar dalil bo‘ladi:

  • CHaqaloq hayotning bu davrida onaga muhtoj bo‘ladi. Hali o‘zini-o‘zi himoya ham qila olmaydigan chaqaloq tarbiyasini hech kim onadek bajara olmaydi.

  • “Himoya quchog‘iga olish” davri tarbiyasining onalar zimmasiga yuklanganiga oid bir qancha hadislar mavjud bo‘lib, ulardan ba’zilarini quyida zikr qilib o‘tamiz:

Bir ayol janobi Rasululloh sallallohu alayhi vassalam huzurlariga kelib : “YO Rasululloh, bu mening o‘g‘lim, qornim uning uchun osoyishtalik joyi, bag‘rim uning uchun muhofaza o‘rni, ko‘kragim uning uchun ochlik va tashnalikdan saqlovchi ozuqa bo‘lsin. Hozir esa uning otasi meni taloq qilgan, uni mendan tortib olmoqchi”, dedi. SHunda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalam: “Bolani olishga sen haqliroqsan, agar boshqaga turmushga chiqmasang”, dedilar.50
Farzand tarbiyasining birinchi “himoya quchog‘iga olish” davri tugaganidan so‘ng, o‘g‘il yoki qizligiga qarab, uni yaqin qarindoshlari himoyasiga topshiriladi. Bu ikkinchi bosqich hisoblanadi.
Ikkinchi davrni fuqaholar “Al-vaolya a’la an-nafs” (“Bolani muhofaza qilish”) deb ataydilar. Otasi bor bo‘lsa, mas’uliyatning birinchi pog‘onasida u turadi va bola to balog‘atga etguniga qadar uning himoyasida bo‘ladi. Agar bola majnun yo aqli zaif bo‘lsa, u holda balog‘at yoshiga etganidan keyin ham mas’ul odam qo‘li ostida bo‘ladi. Agar bolaning otasi bo‘lmasa, unda ota tomonidan ishonchli er qarindoshi bola tarbiyasida mas’ul bo‘ladi.
Agar bola o‘g‘il bo‘lib, balog‘atga etgach o‘z aqli, dunyoqarashiga ega bo‘lib ish ko‘rishga qodir, oqil ekani ma’lum bo‘lsa, u vaqtda bolani muhofaza qilishdagi qarindoshining mas’uliyati tugaydi. Ammo qiz bola bo‘lib, u balog‘atga etsa ham mas’ulning himoyasidan chiqmaydi.
3) Bolaning nafaqa olish haqqi
Uchinchisi nafaqa, ya’ni bola edirish va kiyintirish haqqidir.
Bolani nafaqa bilan ta’minlash shariatda ham kafolatlangan, bolaning nafaqa huquqini yaxshi tushunish uchun avval ba’zi qarindoshlarning bir-birlaridagi haqlarini bilib olish darkor.
Oila kodeksining 90-moddasida ham: “Voyaga etmagan bolalar o‘z otaonasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga ega”51,-deyilgan.
Bugun XXI asr boshida yer yuzida minglab bolalar hali ham o‘z huquqlaridan mahrumdirlar. Ko‘pgina bolalar ochlikdan, kasallikdan, giyohvand moddalar iste’mol qilishdan halok bo‘lmoqdalar. SHuning uchun ham hozirgi kunda bolalar va ularning huquqlarini har tomonlama himoya qilish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Farzandlikka olish masalasi nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqiyosda ham dolzarb muammolardan hisoblanadi. Davlatlar orasida integrativ aloqalar kuchaygan sari, barcha huquq sohalarida bo‘lgani singari oilaviy munosabatlarda ham o‘ziga xos yangi muammolar kelib chiqishi tayin. SHunday ekan, farzandlikka olish mavzusi ham bundan mustasno emas.
Jumladan, chet el elementi bilan murakkablashgan bunday munosabatlar, ayniqsa, ahamiyatga molikdir. Bunda har bir taraf bolalarining huquq va manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishlari lozim.
Fikrimcha, quyidagilarni amalga oshirsa, maqsadga muvofiqdir:
–O‘zbekiston Respublikasida bolalar huquqlarini himoya qilish
konsepsiyasini rivojlantirish;
–Bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik bazasini yaxshilish. Jumladan, yetim bolalarning ta’minlash uchun: bola huquqlar to‘g‘risidagi qonunlarni ijrosini ta’minlash, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risidagi qonunlar ishlab chiqish kerak.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish