O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlanadi. Ey jonim Vatan (So‘z boshi)



Download 52,25 Kb.
bet2/3
Sana22.07.2022
Hajmi52,25 Kb.
#838141
1   2   3
Bog'liq
Farg\'ona shahar tarixi

Turkiston ko’chasi
Yozma manbalarda bu hududlar VII asrda Turkiston deb nomlangan. O’troq1 turmush kechirganmahalliy halqlar asosiy kasbi chorvador bo’lgan turkey halqlarga o’z ta’sirini o’tkazgan. Ammo til nuqtosh hazaridan turkiy halqlarning ta’siri kuchli bo’lganki, arablar bosqin arafasida Movarounnahr va Xorazm yerlari turklanib bo’lgan edi. Ular turkiy halqmillat sifatida o’z tillarini saqlab qolganlar. 29-Mash’al mahallasi shahrimizdagi ko’chalardan biri mustaqillikdan keyin Turkiston deb nomlanadi.
Turon ko’chasi.
Turon nomi bilan atalga mamlakatimiz hududida o’troq va chorva dor hayot kechirganlar qadimiy avlodlar yozma manbalrda So’g’d, Xorazm, Baxtr, Parkana, Shak, Toxar nomi bilan yashaganlar. Bu halqlar janubdan forsiy zabon Ajam halqi shimolda esa Turkiy tilde so’zlashuvchi chorvador halqlar va etnik guruhlarninh doimiy ta’sirida bo’lganlar. Miloddan avvalgi birming yillarning o’rtalarida va ayniqsa milodning V-VII asirlarida shimoldagi Turkiy qabilalarning( bu halqlar u davrda Hunlar degan ummumiy nom ostida atalganlar). Yoshlik mahallasidagi ko’cha Turon deb nomlanadi .
Muqanna ko’chasi.
Arab istilochilari istilochilarga qarshi Mavorunnahrda eng kattq qo’zg’olon Muqanna qo’zg’aloni 776 yilda boshlandi. Bu tarixda oq kiyimliylar-Muqanna qo’zg’aloni deyiladi. Bu qo’zg’alon deyarli markaziy Osiyo hududiga tarqadi. Muqanna ism emas balki laqabdir. 24 Shakar qishloq mahallasidagi ko’cha Muqannadeb nomlanadi.
Furqat ko’chasi
Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat 1858 yilda Qo’qonda tug’ilgan. Furqat o’zbek adabiyoti tarixida lirik shoir ma’rifatparvar, publitsist jurnalist sifatida XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida o’zbek adabiyotiga munosib hissa qo’shgan. Ilm xosiyati, “Sarguzashtnoma” “Gimnaziya” “Suvorov” Vistavka xususida va bir qator lirik she’rlari qo’shiq bo’lgan.
Furqat 1909 yilda Yorkentda vafot etgan.
15 S Raximov mahallasidagi ko’cha Furqat deb nomlandi.
G’afur G’ulom ko’chasi o’zbek adabiyoti yirik vakillaridan biri G’afur G’ulom 1903 yilda Toshkentda tug’ilgan G’afur G’ulom O’zbekiston xalq shoiri akademik shoir edi. “Shum bola” “Yodgor” “Meni o’g’rigina bolam” prozaik asarlari bir qator she’rlar muallifidir 14 Bahor mahallasidagi ko’cha Furqat deb nomlandi.
Muhiddin qori Yoqubov ko’chasi
Muhiddin qori Yoqubov 1896 yilda Farg’onani Yormozor mahallasida tug’ildi.
Yosh Muhiddin ota-onasidan erta yetim qolib 1904-1912 yillarda qorixoanda savodini chiqaradi . Ko’pchilik talabi bilan masjidda muazzimlik qiladi. O’z bilimini Moskvada oshiradi. U o’z ansanbili bilan Turkiston Kaspiyorti Frontlarida konsert beradi “Turkiston Respublikasi xalq qo’shiqchisi” unvoni berildi Muhiddin qori 1930-1950 yillarda o’zbek etnografik ansammiliga O’zbek davlat filarmoniyasiga boshchilik qiladi unga O’zbekiston halq artisti unvoni beriladi Muhiddin qori o’zbek opera san’atiga ham munosib xissa qo’shadi 1957 yil 2 aprel kuni 57 yoshda vafot etadi 5-A1 Farg’oniy mahallasidagi ko’cha Muhiddin qori Yoqubov deb ataldi
Hamid Olimjon ko`chasi
Hamid Olimjon 1909-yilda Jizzax shahrida tavallud topgan. Hamid Olimjon o`zbek bolalar adabiyotiga munosib hissa qo`shgan. “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurg`” yoki “Parizod bilan Bunyod” kabi ajoyib dostonlar yaratgan. Bir qator lirik she`rlar yozgan.24-Shakarqishloq mahallasidagi ko`cha Hamid Olimjon deb nomlanadi.
Zulfiya ko`chasi
Zulfiya 1915-yilda Toshkent shahrida tug`ildi. Zulfiya o`zbek adabiyoti namoyondalaridan biri. “Yuragimga yaqin kishilar”, “Hayot jilosi”, “She`rlar” sheriy to`plamlari nashr ettirilgan. “Ota quvonchi”, “Lolaqizg`aldoq”, “Sening tonging”, “Kapalak” she`rlari muallifidir.Unga “O`zbekiston xalq shoirasi” Davlat mukofoti, Peru nomli Umumhindiston va Nilufar Xalqaro mukofoti sohibi. 19 Zarbdor mahallasidagi ko`cha Zulfiya deb nomlanadi.
Oybek ko`chasi
Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek 1905-yilda Toshkentda tug`ilgan.Yoshligidan ajoyib she`rlar, “Temirchi Jo`ra”, “Dilbar davr qizi”, “O`ch”, “Qizlar”, “Navoiy” romanlari muallifidir. “Nur qidirib”, “Bolalik”, “Alisherning yoshligi” qissalarini yozgan. Unga “O`zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan. 30 Navoiy 34 Do`stlik ko`chalari Oybek deb nomlanadi.

7 – Ibrat mahallasi


Ibrat farg’ona shahridagi mahalla nomi Arabchada ibrat namuna o’rnak ma’nolarni bildiradi .
46 – Oqariq mahallasi
Oqariq – suvning rangiga ko’ra Oqariq deb nomlangan qor suvidan to’yingan suvga nisbatan oq so’zi ishlatilgan .
38- Sovurbuloq , mahallasi
Toponim tarkibida buloq yotadi Bu so’z “ Oqmoq “ aralash mon felidan olingan . Buloqni xarakterini shaklini sonini egasini ifodolovchi so’zlar qo’shilib ko’plab joy nomi hosil bo’lgan Zarbuloq Yettibuloq , Mingbuloq hakazo .
6- Soy bo’yi mahallasi
Soy bo’yi mahalla nomi soyning ikki hil ma’nosi mavjud . Asosiy ma’nosi kichik daryo , oqar suv bo’lsa qo’shimcha ravishda soylik keng vodiy darra ma’nosini anglatadi . Soy bo’ydagi ko’cha Soy bo’yi deb nomlanadi .
69 – Surxtepa mahallasi
Surxtepa tojikcha Qiziltepa deb izohlanadi . Biroq bu so’zni yangi degan ma’nosi ham bor . ( Sqorayev 2001 yil ) Surxnomli urug’ nomi borligini takidlaydi Marg’ilon shahrining 12 darvozasidan biri Surxtepa deyilgan .
25 –Jo’ydam mahallasi
Atamani “ Joy dam “ yani dam oladigan joy tarzida izohlash to’g’ri emas . Jo’ydam aynan Dam ariq demakdir . Ariq suvining sekin damlanib oqish maskur joyning nomlanishiga asos bo’lgan Jo’ydam ko’chasi ham mavjud .
68- Kirguli mahallasi
Qo’qon xonligi arxivida “Kirgul “ shaklida tilga olingan etimologiyasi aniq emas . Uyga kelgan kishini “Kirgul “ deb taklif qilingan . Janubiy Oltoyliklarda kirgul urug’I bo’lganini hisoblasak S Gubayeva ( 1983 ) kirguli urug’I nomi bilann atalgan deydi .
70-Ho`ja Majoz mahallasi Ho`ja Majoz ib Jabal Islom lashkarboshisi ismi o`sha yerda shahid bo`lgan mozori ham bor.Muhammad payg`ambar (s.a.v) ning sahobalaridan biri uning to`liq ismi Abu Abdurahmon al Ansoriy al Hazrati al Jamshiy (640-yili) vafot etgan. Pargan Mavorounnahrga kelmagan bo`lsa-da Farg`ona Xorazmda qadamjolari bo`lgan.
Yormazor mahallasi.
Toponim so`zdan yor mozor so`zlaridan kelib chiqqan.Toponim tarkibidagi yor so`zi jar ma`nosini anglatadi.Bundan 10 asr oldin Mahmud Koshg`ariy aytib o`tgan edi.Jar so`zining yor- yar shaklida talaffuz etiladi.Farg`ona vodiysida Yerboshi,Yertepa ,Yerqishloq,Yerqo`rg`on,Kuyganyor,Yerqo`ton.Lekin arxiv materiallarida so`zlar Yormazor shaklida yoziladi.
G`ishtxona ko`chasi.
XIX- asrning ikkinchi yarmida ya`ni,1877-1878-yillarda 6 ta g`isht zavodi qurilgan, G`isht xona so`zlaridan talaffuz qilinadi.Mirzakarimboy degan boyni ota merosi xumdoni bo`lib,1958-yilgacha faoliyat ko`rsatgan yiliga 300,000 ming dona g`isht tayyorlashgan.Farg`ona shahridagi Marg`ilonsoyga qurilgan g`isht ko`prik gostronom binosi buzib yuborilgan. Gubernator uyi,offitserlar uyi ,universitet asosiy binosi Farg`ona mehmonxonasi eski binosiga shu g`ishtdan ishlatilgan.
Musaffo ko`chasi
Musaffo arabcha toza,sof tozalangan ma`nolarini anglatadi. 45 Yormazor mahallasidagi ko`chalardan biri Musaffo deb nomlanadi.
49- Shodlik maxallasi
Shodlik-forscha sho‘d xurram xolat, xursandchilik sevinch, quvonch, ma’nolarini anglatadi.
Chuqur ko‘chasi
Chuqur ko‘cha- chuqur plastik ko‘cha ma’nolarini anglatadi. O‘tmishda bu yerdan tuproq olib chuqur ko‘cha bo‘lib qolgan yormazor o‘rdasiga pahsaga tuproq olingan.
Qurg‘on tagi
Atrofi mustaxkam qalin devor bilan o‘ralgan qurg‘on qal’a o‘rda qo‘rg‘on deb atalgan. O‘tmishda Margon xokimining o‘rdasi qarorgoxi bo‘lgan. Bu haqda Abdulla Qodiriy “ O‘tgan kunlar” romanida “qamoq” bobida Yormazor o‘rdasini tasvirlagan.

bo‘ldi. Shundan o‘z vataniga qaytadi. Lekin unga fransiyada uzoq bo‘lish nasib etmadi. N.I.Prej-valskiy raxbarligidagi Markaziy Osiyo ekspiditsiyasi ishlari muvaqqatsiyatga uchragandan xabar topgan J.Martin Markaziy Osiyoga borish uchun xamkasblariga yordamga shoshiladi. Markaziy Osiyoga borishni Sibir tomondan emas sharqdan Xitoy tomondan boshlaydi. Pekindan yulga chiqqan Martin karvoni qiyinchilik bilan Kuyt Lun tog‘laridan tog‘li makon suvsiz yo‘laridan eson-omon o‘tadi. Fransuz oliming Taipedan o‘tishi ham oson kechmadi.


Suvsiz cho‘llarni qahramonlarcha yengib o‘tdi. Langjou shaxriga yetgach, u tif kasali bilag og‘rib qoldi. Kasallik tufayli ko‘zi ojizlanib qoladi. Teren
Dovon orqali Farg‘ona vodiysiga yetib keladi o‘zini
Bor irodasini ishga solib Yangi Marg‘lon Farg‘ona shaxriga yetib keladi. General gubernator tarbiyachisi
Emiliya Kolenga o‘z tassurotlarini so‘zlab beradi.
Emiliya Kolen J.Martining
Jozef Martiniy ko`chasi
Farg`ona shahrining yana bir diqqatga sazovor yeri shundaki, Farg`ona xristianlar mozorida ulug` fransus sayyohi Jozef Napalion Martin (1848-1892) dafn etilgan.
Jozef Napalion Martin 1848 yilning 15 avgustida fransiyaning Ven shahrida temirchi oilada tug`ilgan. Ota-onadanyosh yetim qolgan J Martin ko`p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan ilmga chanqoq J Martin Parij geologiya institutini erkin tinglovchisi sifatida o`z bilimini oshiradi. 1870 yili 22yoshli J Martin Rossiyaga kelib tog`ma`dan qidiruv kompaniyasiga xizmatga kirdi.Shu yerda sharqiy Sibir Baykal Lena daryosining yuqori oqimidan Yaponiyagacha bo`lgan 35 ming kilometrlik yo`lni 13 yil davomida o`rnashadi. Sibir olyin konlarini qidirishda katta ishlarni amalga oshiradi. Bu sayoxati maxsus sifatida 15ta geografik ishlar kartasini yaratadi. Bu ishlari uchun u Svetoy Anna medaliga sazovor
14 saxifadan iborat ekspiditsiya katishalarini yozib oladi. Lekin og`ir dard xastalik 1892yil 11mayda J Martin Farg`ona shaxrida vafot etadi.
Farg`onani Fransiya bilan birodarlashgan shahar bo`lishida uning yurtdoshi Venlik professor Daniel Birjenining xizmati katta boladi 1970 yilda D Birje Farg`onaga tashrif buyurib sayyox xaqida ma`lumotga ega bo`lib qabrini ziyorat qildi. Shaxrimizdagi 3 maktab ko`chalardan biri Jozef Martin nomi bilan ataladi. Shahrimizdagi ko`chalardan biri Jozef Martin nomi bilan ataladi.
39. Oqariqobod maxallasi oq rang oq ko`ngil va dili poklik ramzi oqariq etimologiyasi suvning rangiga ko`ra Oqariq deb nomlangan. Obod ko`rkam fayzli xushmanzara ko`rkam fayzli ma`nolarini beradi. Maxalladagi ko`chalardan Oqariq obod deb nomlanadi.
312-Ma`rifat ko`chasi
Ma`rifat (ko`pligi maorif) so`zi ham arabcha bo`lib “arafa” so`zidan olingan. U bilim, bilish, ma`lumot, ilm, irfon, tanish, tanishish, ma`nolarini anglatadi. 12-Ma`rifat ko`chalardan biri Ma`rifat deb nomlanadi.
Madaniyat ko`chasi
Madaniyat atamasi ilm-fanda jamiyat ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma`naviy qo`lga kiritilgan yutuqlar namunasini, biror ijtimoiy guruh yoki xalqning ma`lum davrda qo`lga kiritilgan shunday yutuqlari darajasini, ziyolilik, o`qimishlilik, ma`rifatparvarlik namunasini bildiradi. Shahrimizdagi 16-17 mahalladan o`tgan ko`cha Madaniyat deb nomlanadi.
Ma`naviyat ko`chasi
Ma`naviyat arabcha so`z bo`lib, ruhiyat yoki ruhoniyat ma`nolarini bildiradi. 12 Ma`rifat mahallasidagi ko`cha Ma`rifat deb nomlanadi.
Quva ko`chasi
Qadimda Quvada arxeologik qazilma ishlari 1955-1970-yillarda akademik Yahyo G`ulomov va tarix fanlari doktori V.A. Shishkin va tarix fanlari nomzodi V. Bulatovalar ilmiy tekshirish o`tkazgan.Bu yerdan topilgan ashyolar Quva shahrini III-V asrlarda Farg`ona vodiysining yirik shaharlari bo`lgan. Buyuk alloma Al Farg`oniyning 1200 yilligi nishonlandi. Quva Al Farg`oniy tug`ilgan yurt sifatida e`tirof etilgan. 18-Istiqlol mahallasidagi ko`cha Quva deb nomlanadi.
Vatanparvar ko`chasi
Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli asarida “Har kimning o`zi tug`ilib o`sgan shahar va mamlakatini shu kishining vatani deyilur.Har kim tug`ilib o`sgan joyini jonidan ortiq suyar”. 69 Surxtepa mahallasidagi ko`cha Vatanparvar deb nomlanadi.
O`sh ko`chasi.
Farg`ona vodiysining sharqiy qismida Tyan Shan Pomir Oloy tog`larining kesishgan yerida joylashgan vodiyning qadimgi shaharlaridan biri O`sh haqida yozma manbalar XI asrga taaluqlidir.Qirg`iztonning sanoat shahri viloyat markazi hisoblanadi. 21-Bo`ston mahallasidagi ko`cha O`sh deb nomlanadi.
Obod ko`chasi.
Obod arabcha ma`mura joy, mamlakat go`zal ,xushmanzara ma`nolarini beradi.7-Ibrat ko`chasidagi ko`cha obod deb nomlanadi.
Marg`ilon ko`chasi.
Markaziy Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan .Shahar X asrda shahar sifatida tilga olingan.Shaharga 2000-yil bo`ldi.Hunarmandlar shahri 55,56,57 mahalla hududidagi ko`cha Marg`ilon deb nomlanadi.
Vatan ko`chasi.
Ona Vatan iborasi kishilar orasida muqaddas, aziz ,sevimli,vatanga nisbatan vafoli,sotqinlik qilgan kishining kosasi oqarmaydi,xor-zorlikda yashaydi.11-Yangisoy mahallasidagi ko`cha vatan deb nomlanadi.
Toshkent ko`chasi
Toshkent so`zi qayerdan kelib chiqqanini o`rganishmagan Ilimiy tekshiruvchi olimlar shoshkent degan so`z o`rganib Toshkent bo`lib ketgan deyishadi.Tarixiy manbalarga qaraganda qadim zamonlarda Toshkent viloyatia Choch deb atalgan.

Sobir Rahimov ko`chasi


Sobir Rahimov birinchi o`zbek general mayori,II jahon urushi qatnashchisi Toshkent shahrida tug`ilgan. 1945-yilda qahramonlarcha halok bo`lgan. Toshkentga dafn qilingan.14 Bahor ko`chasi 15 S Rahimov mahallasi ko`chasi shu nomda ataladi.
Shiroq ko`chasi
Shiroq mil.avv. yillarda bosqinchilarga qarshi kurashgan milliy qahramonlarimizdan biri. 24 Shakarqishloq mahallasidagi ko`chalar Shiroq deb nomlanadi.
To`maris ko`chasi
To`maris mil.avv. yillarda bosqinchilarga qarshi kurashgan milliy qahramonimiz. 21 Bo`ston mahallasidagi ko`chalardan biri To`maris deb nomlanadi.
Konstitutsiya ko`chasi
Konstitutsiya-Davlatning asosiy qonuni bo`lib, eng yuqori kuchga ega bo`lgan hujjatdir. 1787-yilda dunyoda birinchi bo`lib AQSh da Konstitutsiya qabul qilingandan keyin, ko`plab mamlakatlarda qabul qilina boshladi. O`zbekistonda 1992-yil 8-dekabrda Konstitutsiya qabul qilindi, shu kun umumxalq bayrami deb belgilangan. Konstitutsiya-muqaddima, 6 bo`lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Shahrimizdagi 12-29 mahallalardagi ko`chalar Konstitutsiya deb nomlanadi.
Nodirabegim tor ko`cha
Amir Umarxon 1806-yillarda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyimga uylanadi. Mohlaroyim-Komila, Nodira taxallusi bilan she`rlar yozgan. 1842-yilda Buxoro amiri Nasrullo Qo`qonga bostirib kelib, Nodirani o`g`li Muhammad Alixon va kishilarni Nodira ham fojeali o`ldiriladi. 14 Bahor mahallasidagi ko`chalardan biri Nodirabegim deb nomlanadi.
1-Beshbola ko`chasi
Beshbola urug` nomi bilan bog`liq. Samarqand viloyati Pastarg`om tumani Arabxona qishlog`i, Bulung`ur tumani Qoramuyin qishlog`ida ham Beshbola nomi bilan joy bor. 23-1 Beshbola 4U Beshbola mahallasi Beshbola nomi bilan ataladi.
Qori Niyoziy ko`chasi
Toshmuhammad Niyozovich 1897-yilda Xo`jandda tug`ilgan. Matematik olim, pedagog, jamoat arbobi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, O`zbekiston FA akademigi,FA birinchi prezidenti 1970-yilda Toshkentda vafot etgan. 5-13 mahalla ko`chalaridan biri Qori Niyoziy nomi bilan ataladi.

Sharof Rashidov ko`chasi


1917-yilda Jizzaxda tug`ilgan. II jahon urushi qatnashchisi, Samarqand, Toshkentda jurnalistika sohasida ishlagan. O`zbekiston Oliy Kengashi raisi, O`zbekiston KP Markaziy Qo`mitasi 1-sekretari bo`lib ishlagan.59-65 mahalladagi ko`cha Sharof Rashidov nomi bilan nomlanadi.
Sadriddin Ayniy ko`chasi
Tojik xalq yozuvchisi 1878-yilda Buxoroda tug`ilgan. “Bolalik esdaliklari”, “Doxunda”,”Sudxo`rlikning o`limi” asarlari muallifi 1954-yilda vafot etgan.12 Ma`rifat ko`chalaridan biri Sadriddin Ayniy nomi bilan ataladi.

Qashqarqishloq ko`chasi


“Tarixi Shohruxiy” asarining muallifi Mulla Niyoz Muhammad Ho`qandiyning yozishicha 1827-yilda bir necha ming Qashqarlik oila Farg`ona yerlariga ko`chirilgan. Ko`chirish: Muhammad Alijon va Xudoyorxon davrida ham bo`lgan. 50 Nafosat mahallasi ko`chalaridan biri Qashqarqishloq ko`chasi deyiladi.
Abdurahmon Jomiy ko`chasi
Nuriddin Abdurahmon Jomiy –musulmon sharqida katta shuhrat qozongan buyuk olim,fors-tojik mumtoz aadabiyotining ulug` namoyondasi Abdurahmon Jomiy 1414-yilda Jom shahrida tug`ildi.Otasi Nizomiddin Ahmad o`z davrining ilmli kishilaridan edi.Abdurahmon boshlang`ich ma`lumotni Jom shahrida keyin Hirotdagi madrasada bilimini oshirdi.1469-yilda Alisher Navoiy bilan tanishdi.U umrini oxirigacha bo`lib ijod qilishdi. Jomiy 1492- yilda 78 yoshida vafot etdi.32-Al Xorazmiy mahallasining ko`chalaridan biri Adurahmon Joiy deb nomlanadi.

Abay Qo`qonboyev ko`chasi
Qozoq xalqining buyuk farzandi Abay (Ibohim) Qo`qonboyev 1845-yil 10-avgustda Semiralatinskiy viloyatida tug`ildi.10 yoshgacha oilada tarbiyalandi.Boshlang`ich ma`lumotni madrasada oldi. Abay 10 yoshidan she`rlar yoza boshladi.Masud,Iskandar,Azim qissasi,dostonlari yozdi.Falsafiy qarashlari Nasihatnoma asrida bayon qilingan.Abay 1904-yil 23-iyulda vafot etdi.
Abdulla Qodiriy ko`chasi
O`zbek adabiyotining buyuk namoyondasi Abdulla Qodiriy 1894- yilda dehqon oilasida tavallud topdi.Rus-muzem maktabida o`qidi.Toshkentda eski shaharda tashkilotlarda ishladi.1925-1926-yillarda Moskvada,Valeriy Bryusov nomli adabiyot institudida o`qidi.1926-yil O`tgan kunlar 1929-yilda Mehrobdan chiqqan chayon romanini yozdi. Atoqli adib Abdulla Qodiriy 1938-yillar qurboni bo`ldi.35-Bobur mahallasidagi ko`chalardan biri Abdulla Qodiriy deb nomlanadi.
Abdurauf Fitrat
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda savdogar oilasida tavallud topgan. Fitrat boshlang`ich ma`lumotni Buxoroda eski maktablarda o`qidi.Keyin Mirarab madrasasida o`qidi.Bir necha asarlar yozdi.Buxoro resplikasi muassasalarida ishladi.1924-26-yillarda Abdulfayzxon ,Arslon drammatik asarlar yozdi.Farg`ona mahallasidagi ko`cha Fitrat deb nomlanadi.


Download 52,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish