O‘zbekiston Milliy universiteti xuzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi tinglovchisi Qoraqalpoq Davlat universiteti Akademik litseyi fizika fani yo‘nalishi tinglovchisi Ayitova Zulfiya Baxtiyarovnaning “Dinamikadan masala yechish usullari mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyadan foydalanish” mavzusidagio‘qitishda pedagogik texnologiyalardanfoydalanish mavzusidagi malaka ishiga rahbar XULOSASI Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini islox qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asoslari yaratildi, asosiy maqsad esa komil inson va etuk malakali rakobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, deb belgilandi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chikarish tashkil etadi. Pedagogik ta’lim amaliyotida kasbiy tayyorgarlik bilan bog‘liq ayrim masalalarning o‘z aksini yaxshi topmaganligi xam tegishli o‘qitish metodikalarining takomillashuvini dolzarb masalaga aylantirib qo‘ymokda. O‘quvchining qiziqishlarini orttirish, bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, ularning bilish faoliyatini faollashtirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni qo‘llash zarur. Ushbu malaka Ishida tinglovchi Fizika fanini o‘qitish samarodorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning imkoniyatlarini aniqlash va shu asosda amaliy usullar, vositalar majmuasi hamda tavsiyalar ishlab chiqish usullarini ochib bergan. Malaka ishi 2 ta bob 6 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Malaka Ishining birinchi bobi “Ta’lim samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalar” deb nomlanib, unda Pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish hamda fizika fanini o‘qitishda interfaol metodlar va ularning tasnifi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Malakai shining ikkinchi bobi “Dinamikadan masala yechish usullari mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyadan” deb nomlanib unda dinamika haqida tushuncha, dinamika qonunlari., moddiy nuqta dinamikasining ikki asosiy masalasi hamda moddiy nuqta dinamikaning ikkinchi asosiy masalasini yechish namunalari keltirilgan. Tinglovchi Z.B.Ayitovaning “Dinamikadan masala echish usullari mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyadan foydalanish” mavzusidagio‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi malaka ishi akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlar malakasini oshirish kursi tinglovchilarining malaka ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish namunaviy tartibida qo’yilgan talablarga javob beradi deb hisoblayman va malaka ishini himoyaga tavsiya etaman