O’zbekiston milliy universiteti


Kurs ishi mavzusining vazifalari



Download 3,15 Mb.
bet5/11
Sana29.12.2021
Hajmi3,15 Mb.
#84898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FO'M.Kurs ishi.F1704 -guruh talabasi.Xolmo'minov Odilbek

Kurs ishi mavzusining vazifalari: O'quvchilarning o'ylash hamda ularda yangicha ko'nikmalarni hosil qilish,muammoli vaziyatlar yuzaga kelganda yangi usullar yordamida hal qilish usullarini o'rgatish.

Kurs ishining hajmi:


II ASOSIY QISM

1.Kompyuter modellari orqali fizikadan masalalar yechish

metodikasi

Fizika oʻqitishda masala yechish muhim ahamiyatga ega. Masala yechish -fizika oʻqitish jarayonining ajralmas qismi boʻlib, u fizik tushunchalarni shakllantirishga katta hissa qoʻshadi, fizik fikrlarni rivojlantiradi, bilimni amalda qoʻllash malakasini orttiradi. Fizika masalalarini yechish quyidagi hollarda keng qoʻllaniladi:

a) yangi axborotlar berishda;

b) muammoli vaziyat hosil qilish va oʻquvchilarga muammo qoʻyishda;

d) amaliy malaka va koʻnikmani shakllantirishda;

ye) oʻquvchilar bilimining mustahkamligi va chuqurligini sinashda;

f) materialni mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlashda;

g) texnika yutuqlari bilan tanishtirishda va politexnik taʼlim

berishda;

x) oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda.

Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini oʻstirishda masalalarning oʻrni juda kattadir. Masala yechish orqali oʻquvchilarning mehnatsevarligi, sinchkovligi, mustaqil mulohaza yuritishi, oʻqishga qiziqishi va xulqi, qoʻyilgan maqsadga erishishdagi qatʼiyligi tarbiyalanadi.

Fizikadan masala yechish oʻquvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Masala yechish koʻp hollarda fizika darslarining tarkibiy qismi boʻlib keladi. Oʻqituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va uni mustahkamlashda, oʻtilganlarni takrorlashda, oʻquvchilarning mustaqil ishlarida va bilimlarini sinab koʻrishda masala yechishdan foydalanadi. Fizikaga qiziquvchi oʻquvchilar bilan sinfdan tashqari mashgʻulotlarda ham masalalar yechiladi.

Masala yechish - olingan nazariy bilimni amaliyotga qoʻllashdir. Bu esa,oʻquvchilarning fizik tafakkurini (fikrlashini) rivojlantirishda, jumladan hodisalarni tahlil qilishda, ular xahidagi maʼlumotlarni umumlashtirishda, oʻxshash tomonlarini va farqini aniqlashda katta ahamiyatga egadir

2.Dars berish davomidagi tajribalardan maʼlumki, koʻpgina talabalar fizika fanidan berilgan masalaning shartini tushunishda maʼlum bir qiyinchiliklarga uchrashadi. Talaba masala shartini tushunmasdan yechish uchun masala shartida qatnashayotgan fizik kattaliklarni oʻzida aks ettirgan formulani topishga harakat qiladi. Bu holatda vujudga keladigan didaktik muammolardan biri berilgan fizik masalada kechayotgan fizik jarayonning hayoliy modelini tassavur eta olmasligidadir. Bu holatda oʻqituvchi talabaga berilgan masalani tushunib olishi uchun chizma chizishni taklif qiladi, lekin chizilgan chizma orqali kechayotgan fizik jarayonni toʻlaqonli tasvirlash qiyin hisoblanadi. Ayniqsa, fizikaning mexanika boʻlimiga oid masalalarning aksariyati harakat bilan bogʻliq boʻlgan masalalardir. Masalani yechish uchun chizilgan chizma esa qaralayotgan fizik jarayonni statik koʻrinishdagina tasvirlash mumkin boʻladi, bu esa kechayotgan fizik jarayonning ayrim bir holatinigina aks ettira oladi.

Masala yechish davomida talaba yuqorida keltirilgan muammolarga uchrashi natijasida masalani yechishga boʻlgan harakati soʻnishiga olib keladi.

Talaba masalani odatdagidek yechishda, kamdan kam holatlarda fizik masalaning mohiyatini tushunishga erishadi. Talaba masalani yechish davomida formula yozish, hisoblashni bajarish va birliklarni BMX ga oʻtkazish jarayonlarida yechilayotgan masalaning fizikaviy maʼnosi yoʻqolib ketadi. Vaholanki, asosiy maqsad fizikaviy jarayonni yaxshi tushunish edi. Yuqorida keltirilgan pedagogik-didaktik muammolarning yechimi sifatida virtual konsturktorlar turkumiga kiruvchi Interactive Physics simulyatoridan foydalanish hisoblanadi.


Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish