Foydalanilgan adabiyotlar……………….....………….……………………........................……20
KIRISH
Keyingi yillarda respublikamizda amal qilinayotgan taʼlim toʻgʻrisidagi qonunlarda taʼlim tizimini isloh qilish vazifasi belgilanib, barcha taʼlim muassasalariga fanlarning oʻqitilishini zamonaviylik, insonparvarlik, beriladigan bilimlar koʻlamini hayotiy jarayonlar bilan taʼminlash, buning uchun oʻqitishning zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qoʻllash kabi talablar qoʻyilgan.
Maʼlumki, Respublikamiz 1- Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida soʻzlagan nutqida axborot texnologiyalari va
kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va
oliy taʼlim muassasalariga jadallik bilan olib kirish gʻoyasi ilgari surilgan edi. 2002 yil 30 mayda Oʻzbekiston Respublikasi 1- Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” toʻgʻrisidagi Qarori eʼlon qilindi.
Bulardan koʻrinadiki, hozirgi paytda fizika taʼlimiga innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini jadal tadbiq etish pedagogik-uslubiy gʻoyaga aylangan. Axborot texnologiyalarini taʼlim tizimiga kirib kelishi ayniqsa fizika fanini oʻqitishda yangi turdagi mashgʻulot turlarining (fizik model bilan tanishuv, kompyuterda tajriba oʻtkazish, eksperimental masalalar yechish, tadqiqot olib borish, ijodiy topshiriq) vujudga keltirishga sabab boʻldi. Bular orasida fizika taʼlimini asosiy muammolaridan biri laboratoriyalarning virtual stendlarini yaratish, fizik jarayonlarni modellashtirish shu kunning dolzarb muammolaridan biridir.Jamiyat taraqqiyoti, mamlakatimizda taʼlim sohasida oʻtkazilayotgan islohatlar jahon andozasiga mos yetuk va yuqori darajada fikrlaydigan kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu esa oʻqitishni ham mazmun, ham uslub jihatdan yuqori pogʻonaga koʻtarilishiga olib keladi. Shu munosabat bilan ilmiy-metodik izlanishlar olib borish, jumladan kompyuter texnologiyalarini taʼlim tizimida foydalanishga oid yangi turdagi dastur va darsliklarning yangi avlodini yaratish, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda dars mashgʻulotlarini tashkillashtirish zaruriyati tugʻiladi. Maʼlumki, fizika fanini oʻqitishda va tajribalar oʻtkazishda maʼlum muammolarga duch kelinadi. Bu muammolar laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun kerak boʻladigan texnik jihozlarning yetarli emasligi, ularning qimmat narxda ekanligi va maʼlum fizik jarayonlarni oddiy laboratoriya jihozlari orqali amalga oshirishning imkoniyati yoʻqligi shuningdek, masofali taʼlimda fizikadan laboratoriya ishlarini tashkillashtirish muammosi va boshqa sababalarni oʻz ichiga oladi. Fizikadan laboratoriya mashgʻulotlarida virtual laboratoriya ishlari orqali fizik jarayonga murakkab boʻlgan shartlarini (havoning qarshilik
kuchlarini hisobga olish va boshqa shartlarini eʼtiborga olish orqali) kiritish oʻz navbatida oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va oliy taʼlim fizikasini oʻqitishda uzliksizligini taʼminlashga erishish mumkin.Fizika fanini oʻrganishda laboratoriya ishlarini bajarish muhim oʻrin egallaydi. Oʻquv jarayonida laboratoriya mashgʻulotlarining samaradorligini oshirish muammosi murakkab va koʻp qirralidir. Ayniqsa masofali taʼlim jarayonida fizika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda muammolarga duch kelamiz. Bu muammoning yechimini simulyatordan foydalangan holda, xususan Interactive Physics simulyatoridan foydalangan holda yechish mumkin.
Ushbu kurs ishida fizikaning “Mexanika” boʻlimiga oid
ayrim laboratoriya ishlarining virtual stendlari yaratildi. Virtual stend
va laboratoriya ishlarini yaratishda simulyatorlardan foydalandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |