I bob. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Qonunning vazifalari
Ushbu Qonun fuqarolarning dinga yoki shunga mos e’tiqodga o‘z munosabatini belgilash va ifodalash hamda hech qanday qarshiliksiz dinga e’tiqod qilish va diniy rasm-rusumlarni bajarish huquqlarini ta’minlaydi, ijtimoiy adolat va tenglikni, fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, ularning huquq va manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turadi.
2-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlar
O‘zbekiston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, O‘zbekiston Respublikasining ushbu Qonunidan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida esa shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlaridan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |