14-modda. Diniy tashkilot nizomini ro‘yxatga olishni rad etish
Diniy tashkilot nizomining qoidalari ushbu Qonun talablariga yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga zid bo‘lsa, uni ro‘yxatga olish rad etiladi.
Diniy tashkilot nizomini ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risidagi qaror arizachilarga rad etish asoslari ko‘rsatilib, yozma ravishda yuboriladi. Bu qaror ustidan yoki ushbu Qonunda belgilab qo‘yilgan qarorni qabul qilish muddati o‘tkazib yuborilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin, bunda davlat boshqaruv idoralari va mansabdor shaxslarning fuqarolar huquqlarini kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun belgilab qo‘yilgan tartibga amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |