10-modda. Diniy o‘quv yurtlari
Diniy boshqarmalar va markazlar o‘zlarining ro‘yxatga olingan nizomlariga muvofiq ruhoniylar va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy ixtisoslar bo‘yicha boshqa xodimlar tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari ochish huquqiga egadirlar. Bu o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Kunduzgi oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rayotgan fuqarolar harbiy xizmatni o‘tashni kechiktirish, soliq to‘lash, ta’lim olish davrini mehnat stajiga qo‘shib hisoblash yuzasidan davlat o‘quv yurtlarining talabalari uchun belgilab qo‘yilgan huquqlar va imtiyozlardan foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |