Oʼzbekiston milliy universiteti tаrix fаkulteti аntropologiya vа etnologiya kаfedrаsi etnologiya fаnidаn аmаliyot


Tunkentda zarb etilgan mis tangalar



Download 4,99 Mb.
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi4,99 Mb.
#748914
1   2   3
Bog'liq
Nishanova Zarnigor Hisoboti(1)

Tunkentda zarb etilgan mis tangalar
2-Kun
Olmaliq shahri aholisining an‘anaviy xo‘jalik turlari va shakllanishi o‘zgarganligiga doir mulohazalar.
Olmaliq shahri aholisi qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanishdan tashqari metallurgiya sohasi bilan ham uzoq davrlardan buyon shug‘lullanib kelmoqda. O‘tkazilgan arxeologik tekshiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari metall ishlab chiqarish qadimgi tosh asrining oxirlaridan bosh langan, deb taxmin qilishga imkon beradi. Aslini olganda, foydali qazilmalardan chaqmoqtosh va boshqa qattiq minerallar tosh asrida ajdod larimizning qurol-asboblar yasashdagi ilk xomashyosi hisoblangan. Ko‘lbuloq manzili qariyb 20 yil o‘rganilib, minglarcha nusxalarda tosh qurol namunalari topilganligi Olmaliq mintaqasining qadimgi madaniyat o‘choqlaridan biri ekanligidan dalolat beradi.

Ko’lbuloq Toshlari

Ya. G‘. G‘ulomov, M. R. Qosimov, O. M. Rostovsev, M. A. Asqarov lar ning bu sohadagi ilmiy tadqiqotlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Metallarni, ayniqsa, oltin va kumush kabi noyob qazilmalarni izlab topish hamda ishlatish miloddan oldingi XX–XIX asrlarga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Urartu mamlakatida metall ishlab chiqarish miloddan oldingi XX asrdan boshlangan, deb hisoblanadi. Qadimgi yozma manbalar mualliflari Gerodot, Strabon Yevropa mamlakatlari ma’danchili gidan xabar berib, O‘rta Osiyoga ham alohida urg‘u berib o‘tadilar, jumladan, Strabon o‘z asarlarida O‘rta Osiyo xalqlari, ayniqsa, Jayhun va Sayhun (Amudaryo va Sirdaryo) bo‘ylarida yashovchi xalqlar oltin hamda kumushning mo‘lligidan ot-ulovlarining barcha asbob-anjomlari, egar-jabduq, uzangi va yuganlarida temir o‘rniga oltin ishlatganlar, deb yozadi. Ilk o‘rta asrlarga oid kon qoldiqlari va metall eritish manzillari, ayniqsa, oxirgi paytlarda ko‘plab topildi. Bu davrga kelib kon topish, uni qazish va metall eritib olish birmuncha taraqqiy etgan. Metall olish va eritishning VI–VII asrlarga oid namunalari Tunkent (Olmaliq jamoa x o‘ ja ligidagi Obiz qishlog‘i o‘ rni), Buxoro, Toshkent, Far g‘ona viloyatlari tog‘larida aniqlanib, bir-biriga o‘ xshash metall eritish pechlarining ishlash tamoyillari va tuzilishi o‘ rganildi. Choch vohasining qadimgi ajralmas qismi va mulki Ohangaron vodiysidagi Iloq edi. Mustaqil siyosiy uyushma sifatida Iloq ilk o‘rta asrlar, ya’ni VII asrga oid manbalarda eslatiladi. 630 yilda Choch orqali o‘tgan Xitoy missioner-buddaviysi Syuan Tszyanning ma’lumot berishicha, Iloqda “o‘z harbiy guruhlariga ega bo‘lgan zodagonlar vakillari ko‘p, ular o‘zaro urushlar olib boradilar va asosan Turk xoqoniga bo‘ysunadilar”. Aftidan, aynan mana shu davrdan boshlab, Iloqdagi “hukmron dehqon”larning salohiyati iqtisodiy hayotda, birinchi galda, oltin va kumush konlariga safarbar etiladi. Ilk o‘rta asrlar Ohangaron vodiysida tog‘-kon ishlarining jadal rivojlanishi shaharsozlik madaniyatiga ham ta’sir etdi. Ta’kidlash lozimki, ma’danlar qazib olishning keng ko‘lamda bo‘lishi Arab xalifaligi uchun ham muhim edi. Chunki arablar Movarounnahrni fath qilgach, VIII asrdayoq mulklardan markaziy hokimiyat foydasiga maxsus soliqlar joriy etilgan. Qizig‘i shundaki, ushbu mulklar orasida Choch-Iloq va uning kumush konlari alohida soliq to‘lovchi mulk sifatida ajratilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Choch mulki 180 ming dirham soliq to‘lagan bo‘lsa, uning konlari uch marta ortiqcha, 607 ming dirhamgacha soliq to‘lagan. Asosiy konlar Ohangaron daryosi havzasida joylashgan bo‘lib, ulardagi qazilmalar Iloq tog‘-kon hunarmandchiligining asosini tashkil etgan. IX-X asrlarga oid arab geograflarining asarlarida Iloqning Chochdan mustaqil siyosiy viloyat bo‘lganligi nisbatan aniqroq kuzatiladi. Ammo, har ikkala viloyat ushbu manbalarda birgalikda, yagona tarixiy-madaniy va siyosiy uyushma sifatida eslatiladi. Bular orasida X asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan yirik arab geograflaridan biri Istaxriyning ma’lumotlari ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning ta’kidlashicha, Movarounnahrda Choch va Iloq viloyatlari mavjud bo‘lib, har ikkala viloyatning hududi 2-3 kunlik yo‘l va “butun Movarounnahrda aholi soniga ko‘ra bu viloyatlarga teng keladigan viloyat yo‘q”. Istaxriy asarining arab tilidagi matnida berilishicha, “bu viloyatlarda qishloqlar, o‘zlashtirilgan yerlar va jome’ masjidlari (arablarda machitlar shaharlarning asosiy belgilari hisoblangan – M.M.) juda ko‘p va ular tekislikda joylashmagan, yaylovlari va chorvalari ham juda ko‘p. Chochda (arabchada – Shosh) va Iloqda darvozalari, devorlari rabotlari va qal’alari bo‘lgan shaharlar ko‘p, kanallar shaharlar ichidan oqib o‘tadi”. Istaxriy o‘z asarida har ikkala viloyatning umumiy chegaralarini berib, barcha shaharlarni sanab o‘tadi va Turkistonda Shoshdan katta viloyat yo‘qligini ta’kidlaydi. Uning yozishicha, “Shosh va Iloq qo‘shilgan bo‘lib, ular o‘rtasida hech qanday bo‘linish yo‘q. Qurilishlar, bog‘lar, bo‘stonlar Iloqdan to Choch vohasigacha (fors matnida) uzluksiz cho‘zilib boradi. Iloqda oltin va kumush konlari joylashgan”. Oradan yarim asr o‘tgach, bu mintaqani yaxshi bilgan yana bir arab geografi Abulqosim ibn Havqal Istaxriy ma’lumotlarini deyarli to‘liq takrorlaydi. Choch va Iloq haqida gapirar ekan Ibn Havqal bu viloyatlarda boy shaharlar ko‘pligini ta’kidlaydi. Choch-Iloqning shahar madaniyati rivoji asosan, tog‘-kon metallurgiyasi ishlab chiqarishi bilan bog‘lanadi. Vohadagi shaharlarning nisbatan to‘liq ro‘yxati va ularning tasnifi, shahar madaniyatining gullab-yashnashi X asr geograflari tomonidan (10 dan 17 tagacha shahar markazlari) eslatiladi. Tadqiqotchilar tomonidan ayrim shahar markazlari Tunket, Abrlig‘, Namudlig‘, Kuxisim kabilarni o‘rganish bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ayrim shaharlar tadqiqotchi mintaqadagi kon markazlari haqida olingan yangi ma’lumotlar natijasida Iloq shaharsozligini yangi asoslarda o‘rganish va uni Choch – Iloq urbanizatsiyasi rivojlanishidagi o‘rnini belgilash imkonini berdi. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, vohada ilk shaharsozlik Sirdaryoning madaniy zonasida shakllanadi: Bu siyosiy-iqtisodiy hamda etnomadaniy aloqalarda katta ahamiyat kasb etadi. Chirchiq va Ohangaronning o‘rta oqimlarida Choch va Iloqning asosi bo‘lgan shaharsozlik madaniyati jadal rivojlanishida tog‘ sohasi bilan bog‘liq hunarmandchilik va vohadagi ziroatchilik muhim o‘rin tutgan. Iloq tarixiy viloyat. Toshkent viloyatining jan. qismida. Ohangaron daryosi (13-asr boshlariga qadar I. deb atalgan) havzasida boʻlgan. Qad. dehqonchilik va konchilik mintaqalaridan. Mil. 5-asrdan mustaqil davlat sifatida maʼlum. Iloq hukmdorlari "Iloq deh-qonlari" unvoni bilan yuritilib, katta iktisodiy va siyosiy mavqega ega boʻlgan. Aholisi dehq-onchilik, chorvachilik, keng koʻlamda maʼdan qazish va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. Iloq aholisi jangovarligi va erksevarligi bilan mashhur boʻlgan. Iloqda davlat zarbxonasi boʻlgan. 10-asr oxirlarida Iloq Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng Iloq yerlari jaloyirlar kabilasi tasarrufiga oʻtgan. Iloq nomi 14-asr dan manbalarda uchramaydi. Poytaxti Tunkat sh. boʻlgan. Arab geograflari Iloq viloyatini Shosh viloyatiga qarashli, ba’zan esa o‘ziga mustaqil deb bilganlar va uni Shosh bilan Farg‘ona o‘rtasida joylashganligini yozadilar. Iloq viloyatiga Ohangaron daryosi vodiysining deyarli barchasi va Chirchiq daryosi chap qirg‘og‘ining bir qismi kirgan. Iloq dehqoni X asrda somoniylar davlatidagi eng quvvatli zodagonlardan biri hisoblangan. X asrda Iloq okrugining kumush, qo‘rg‘oshin konlari Afg‘onistonning mashhur Panjxir konlaridan qolishmas edi, desa bo‘ladi. Bundan tashqari bu yerda tog‘larda gilvata, o‘tga chidamli oq loy (kaolin), achchiqtosh, feruza, ofit (serpantin), ametist kabi qazilma boyliklari ham bo‘lgan. Toshkent viloyatining Qoramozor mavzesida qadimgi Iloq konlarining qoldiqlari saqlangan. Bu yerdagi Ko‘xi Sim koni o‘sha paytda juda mashhur bo‘lgan. Arxeolog M.Ye.Massonning aytishicha, bu konning qoldiqlarini Konimansur koni yaqinidagi Dalon qishlog‘i o‘rnidan topgan. Kumush-qo‘rg‘oshin rudalari juda ko‘p chiqarilganligi uchun Iloqda Movarounnahrning uchinchi pul zarb qilinadigan zarbxonasi ochilgan edi (biri Samarqandda, ikkinchisi Buxoroda bo‘lgan). “Shosh koni” so‘zlari (Iloq zarbxonasi shunday atalgan) bitilgan eng qadimgi tangalar abbosiylar halifasi Xorun ar-Rashid (786-809 yillar), o‘sha paytdagi Xuroson noibi Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid zamonlariga mansubdir. Xorun ar-Rashid nomidan zarb qilingan dirhamlardan birida “Shosh konida 189 hijriy yilda (805 yil) zarb qilindi”, boshqa birida esa – 190 (805-806) yilda, degan so‘zlar bor. Iloqdagi kumush-qo‘rg‘oshin konlari naqadar katta xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lganini tushunish uchun o‘sha vaqtlarda kumushni juda ko‘p ishlatgan Sharqiy Yevropada bironta ham kumush-qo‘rg‘oshin koni bo‘lmaganini eslab o‘tish yetarlidir. Sharqiy Yevropada asosan O‘rta Osiyodan, ya’ni somoniylar davlatining turli viloyat va tumanlaridan olib borilgan kumush ishlatilgan, bu kumushning deyarli hammasi juda mashhur bo‘lgan, u somoniylar dirhami shaklida tanga holida yuborilgan.
Shunday ahamiyatli viloyatning poytaxti Tunkent shahri haqida ma’lumot berib o’tsam. Tunkent (Iloq viloyati) shahar xaroba larida, B.N.Nasledovning hisobiga k o‘ ra, 150000 tonna toshqol tepaliklari saqlanib qolgan. Bu joyda ulkan shahar b o‘ lib, u butkul Ohangaron viloyatini o‘ z ichiga olgan Iloq davlati poytaxti edi, II asrdan to XII asrga qadar ravnaq topgan. Tom ma’noda bu shahar o ‘ rta asrlardagi ma’danshunoslar shahridir.Qadimiy Iloq mamlakatining poytaxti – ma’danchilar shahri Tunkent shahrining umumiy ko‘rinishi. Unda ichki shahar s hahriston, tashqi shahar r ab od dagi ma’danchilik o‘choqlari aks ettirilgan. Shahris ton ning ayrim devorlari XXI asrga qadar saqlanib qolgan. Shahar shimol va g‘arbdan Otchopar hamda Sovuqbuloq soylari, shi moli-sharqda Ohangaron daryo o‘zani bilan va g‘arbda maxsus qilcha de vor va Xotunariq nomli kanal bilan o‘ralgan. Qariyalarning rivoyat qilish laricha, bu shahardagi barcha toshlar ham tog‘lardan keltirilmagan. Balki shahar bir necha bora toshotar manjanaqlardan toshbo‘ron qilin gan. Qadimiy kitoblar – “Hazrat Ali haqida hikoyalar” hamda “Zaynol arab va Zufunon hikoyalari” talqinlariga ko‘ra, shahar zardushtiy–otash parastlar dinida bo‘lgan. O‘ta rivojlangan, unchalik katta joyni egal la magan, aholisi jihatdan ancha kichik bo‘lgan Tunkent ahli hech qanday din ni tan olmasdan, kecha-kunduz rangli va qimmat baho metallarni eri tish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Imom Husaynga otasi hazrat Ali lashkarlari Tunkentga yurish qilishi kerak ekanligini, u yer da kofirlar juda boy yashashini, mis, oltin, ku mush ga boy konlari bor li gini uqtiradi. Solnoma chilarning yozishicha, uzoq urushdan so‘ng ma’dan chilar shahri Tunkent toshbo‘ron qilinib, bosib olinadi va is lom dini joriy etiladi. Biroq bu urush zamirida ko‘proq boylik, tilla va mis ma’danlarini qo‘lga kiritish maqsadi bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Bu VII–VIII asrlarda amalga oshgan.
Tunket strategik jihatdan juda muhim joyda qad rostlagan. Bu Ohangaron vodiysining markazi bo‘lib, savdo karvonlarining yo‘li aynan shu yerda kesishgan. Yana shunisi diqqatga sazovorki, muhim ahamiyatga ega konlarga yaqin bo‘lgan. Eramizning birinchi mingyilligi o‘rtalarida (V-VI asrlar) Tunket o‘zining baquvvat metall eritish ustaxonalariga ega katta shaharga aylangan. Xususan, VI-VIII asrlardayoq Shosh doirasida Turk hoqonligi tarkibiga kirib, konlarga boy Iloq viloyati poytaxti sifatida katta siyosiy va iqtisodiy qudratga ega bo‘ldi. IX asrga kelib esa Tunket Iloqning eng yirik va boy markaziga aylandi. Tarixdan shu narsa ma’lumki, Shosh–Iloq IV–VI asrlarda Turk xo qon ligi, X asrda somoniylar, XI asrda esa goh somoniy, goh qoraxoniylar hukmi osti da bo‘lgan. XII asrga kelib, shahar iqtisodiy jihatdan zaif - lashgan. Bu yerga turli qabilalar hujumi doimo xavf solib turgan. XIII asrga kelib Chingizxon istilosi uni butunlay vayron qi lib yubordi. Rivoyat qilishlaricha, Chingizxon askarlari uch oy davomida shaharga kela digan suv ariqlari va oziq-ovqat yo‘lini berkitib, qamal qilib turgan. Ammo uch oy mobaynida ham shaharda oziq- ovqat va suv tanqisligi kuzatilmagan hamda aholi taslim bo‘lmagan.Y e r ustidan o‘yib ochiq usulda rudani qazib olish va yer ustida maydalab, navlarga ajratish . Shundan so‘ng Chingizxon istilochilari bu shaharga yerosti sopol qu vurlari orqali Qurama tizmasi tog‘laridan suv kelib turganini aniq lab, suv yo‘lini berkitgan. Shundan keyingina shaharliklar darvo za la rini ochib, dushman bilan mardona kurashib, halok bo‘lganlar. Chin giz xon istilochilari har yerda bo‘lganidek, bu yerga ham o‘t qo‘yib, bor boy ligini talab, aholisini nobud qilganlar. Akademik M.E.Masson va bosh qa olim larning yozishicha, Tunkent tanga pullar zarb qilishda Buxo ro va Samar qanddan keyin O‘rta Osiyoda uchinchi o‘rinda turgan. Iloq da zarb qilingan tangalar dunyoning turli mintaqalarigacha borib yetgan. Kitob mualliflari Toshkent davlat texnika universitetining tala balari va shogirdlari bilan birga 1996–1998-yillari Tunkent xaroba larini deyarli to‘liq ilmiy o‘rganib chiqdilar.
Olmaliqsoy bo‘yida (Ohangaronning so‘l irmog‘i) Qalmoqqir kon laridan yuqorida qadimiy konchilik o‘yiqlari, mis toshqollari to‘p lami ko‘p saqlanib qolgan. Xuddi shu paytlarda o‘tkazilgan geologiya-qidi ruv ishlari tu fay li qadimiy kon handaqlari va toshqollari maydo nini kuzatish ulkan natijalar berdi. 1925–1926- yillarda S. F. Mosh kovsev geologiya-qidiruv ishlari natija sida katta va kichik Qal moq qir mis konlarini topdi. Xalq orasida bu yerda “Miskon” borligi haqidagi qarash keng tar qal gan, qolaversa, Mulla Mansur bobo geologlar bilan ilmiy izla nish larda mun tazam ishtirok etib, bu konlarning tezroq topilishiga o‘z hissasini qo‘shdi. 1931–1933-yillarda ham qadimgi konlar o‘rni geo log lardan A. V. Korolev bosh chi ligidagi guruh tomonidan o‘rga nil di. 1933-yilda F. I. Bolfson bu yerda juda katta oksidlangan mis koni bor li gi ni aniqladi. Qadim gi Qalmoqqir, Sarobutkon, Qo‘rg‘oshin konlari O‘rta Osiyo va Olma liq geologiya-qidiruv xodim lari tomonidan chuqur o‘rga nildi. Qal moq qirdan yuqoridagi Oqturpoq soy bo‘yida ham qadimgi mis konlarining o‘yiqlari aniqlangan. Nakpaysoy ning yuqori qismida Baliqti oltin-mis koni, Miskon, Sovuqbuloq, Sariq - cho‘qqi, Kovuldi, Un gur likon, Tangil, Orabuloq, Kaltasoy, Golduran, Togan konlari qa dim dan oltin va mis meta lini olish manbai bo‘lgan. 1978-yildan Olma - liq kon hududining janu biy qis mi da Cho‘yansoyning o‘ng qirg‘og‘ida temir eritish maydoni kuza tila bor ilib, undan 1 km yuqoriroqda ko‘plab pistako‘mir tayyorlash pech larini topishga olim larimiz muvaffaq bo‘lishgan. Bu ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsata diki, agar yoqilg‘i tayyorlash mumkin bo‘lsa hamda shu joy da ma’dan miqdori ham yetarli bo‘lsa, u holda metall eri tib olish pech larini yasash maqsadga loyiq bo‘lib, iqtisodiy jihat - dan samara bergan. Ustoz M.Asqarov boshchiligidagi ToshPIning Olma liq kechki kon-metal lur giya fakulteti talabalari 1978-yilgi kuza tuvlar davrida ham o‘nga yaqin tosh qaylalar (metall eritish uchun pech ning o‘tga chidamli suvoq lari), shamotli g‘ishtlarini topdilarki, bu qa dim gi misgar va chilan garla rimizning o‘tga chidamli minerallardan unumli foydalangan liklaridan guvohlik beradi. Konimansur koni qadimiy Olmaliq konlari ichida eng yirik laridan biri bo‘lib, uni 1961-yilda Yu. F. Buryakov ham kuzatishga mu vaf faq bo‘ldi. U ochiq usulda kovlab olingan konlardandir. Maydoni 40–50 metr, ayrim joyda chuqurligi 60 metrga ham yetib boradi. Ochiq kon o‘ yiqlari uzunligi to 125 metrgacha, kengligi 75 metr va chuqurligi 5 metrgacha boradi [7]. B. N. Nasledov va A. V. Korolev lar ning kuzatishlaricha, u k o‘ p qa vatli xona (kamera ) dan iborat. Kuzatuvchilar u joydan k o‘ plab qadimiy kon chilarning archali tayanchi, tukli ustun kabi asbob-anjomlarini to - pishga erishdilar. Asosiy o‘ yiq xonalar o‘ lchami 50 metrdan to 200 metr uzunlik kacha borgan. Bu joydan olingan metall namunasi kimyoviy tahlil qilin ganda, uning tarkibida 1% dan 7% gacha q o‘ rg‘oshin, 186,5 g/t, ayrim hol - larda 241–263 g/t kumush borligi aniqlandi. B. N. Nasledov tahlillari b o‘ yicha kumush miqdori 580,632 va hatto 756 g/tn gacha b o‘ lgan. Kumush ayrim paytlarda 1240 g/tn va 1370 g/tn ga yetgan. Bu yerda topilgan tosh bolg‘alar uzunligi 11 sm, o‘ rtada dasta uchun burg‘ulab topilgan o‘ yiq diametri 2–2,5 sm gacha yetgan. Kon o‘ yiq laridan shimoli-g‘arbda ma’danlarni boyitish ishlari manzili aniq langan. Bunda turli o‘ lchamdagi 3x4,5 va 4,5x5,0 metrli maydon chalar mavjud b o‘ lib, ular metalni saralash va maxsus o‘ lchamga keltirish uchun ishlatilganligini bildiradi
Hozirgi kunda ham Olmaliqda konchilik, va metallurgiya sohasida qator yutuqlarga erishilmoqda. Korxona tomonidan Qurama togʻlaridagi polimetalli rudalarning boy zaxirasini keng koʻlamda oʻzlashtirish maqsadida kon-qurilish ishlari 1949-yildan boshlangan edi. 1950-yilda qoʻrgʻoshin koni, 1954-yilda qoʻrgʻoshinrux boyitish fabrikasi, 1955-yilda Oltintopgan koni qurib bitkazildi. 1961-yilda mis-molibden ruda boyitish fabrikasi, 1964-yilda miss eritish zavodi, 1970-yilda rux zavodi, 1971-yilda Chalata koni, 1974-yilda Sari-Cheka karyeri ishga tushirildi. Olmaliq konmetallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati obʼyektlarini rivojlantirish, 80-yillarda ham faol davom ettirildi. 1999-yildan kombinat ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Qazib chiqariladyotgan rudalar tarkibidan 13 ta kimyoviy elementlarni ajratib olib mis va mis buyumlar, rux, kadmiy, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, sulfat kislotasi, mis va molibden konsentratlari, selen, tellur, mis va rux kuporosi kabi mahsu-lotlar ishlab chiqariladi. Korxona boʻlinmalarini „Svedala“ (Shvetsiya), „Varmon“ (Germaniya), „Integra Gro-ur“ (Amerika), „Mexanabr-Injiniring“ (Rossiya) va boshqa ilgʻor firmalarning zamonaviy asbobuskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Kombinatt mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi. Bundan tashqari Olmaliqda Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi zavodi qurildi. Olmaliqda respublika qishloq xoʻjaligining 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" zavodi, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari kombinati, "Olmalik,-gʻisht", "Oqtosh" korxonalari, "Krvul-di" oltinli rudani qazib olish koni va boshqa korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmokda. Olmaliq shahri aholisining ko‘pgina qismi yuqorida keltirilgan korxonalarda mehnat qilib kelmoqda. Bundan tashqari bugungi kunda shahrimiz aholisi, ayniqsa yoshlar mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlardan foydalangan xolda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirib bo‘sh ish o‘rinlari yaratishga va nafaqat shahrimiz balki mamlakatimiz rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdda.


Download 4,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish