Oʼzbekiston milliy universiteti tаrix fаkulteti аntropologiya vа etnologiya kаfedrаsi etnologiya fаnidаn аmаliyot



Download 4,99 Mb.
bet1/3
Sana06.07.2022
Hajmi4,99 Mb.
#748914
  1   2   3
Bog'liq
Nishanova Zarnigor Hisoboti(1)


OʼZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TАRIX FАKULTETI
АNTROPOLOGIYA VА ETNOLOGIYA KАFEDRАSI

ETNOLOGIYA FАNIDАN АMАLIYOT


HISOBOTI



BАJАRDI: 5120300-Tarix yoʼnalishi
2 kurs talabasi Nishonova Zarnigor
QАBUL QILUVChI: Nabijon Narziyev


Olmaliq- 2021-yil

Hisobot Rejasi

  1. Olmaliq Hududidagi aholining geografik joylashuvi, toponimikasi, etnik tarkibi va etnik tarixi.

  2. Olmaliq shahri aholisining anʼanaviy xoʼjalik turlari va ularning shakllanishiga, oʼzgarganligiga doir mulohazalar.

  3. Olmaliq aholisining anʼanaviy uy-joylar, uy-roʼzgʼor buyumlari, milliy kiyimlari va taqinchoqlardagi lokal (oʼziga xos) xususiyatlar va oʼzgarishlar.

  4. Olmaliq shahri aholisining urf-odat, marosimlar va ulardagi oʼzgarishlar

  5. Soʼngi marosimiy hayotda (toʼy, aʼza va boshqa marosimlarda) roʼy berayotgan oʼzgarishlar, bunga aholining ijobiy va salbiy qarashlari.

Xulosa.
Аxborotchilar roʼyxati
Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati.
Ilovalar

1-kun
Olmaliq Hududidagi aholining geografik joylashuvi, toponimikasi, etnik tarkibi va etnik tarixi.
Men Toshkent viloyati Olmaliq shahrida istiqomad qilaman. Dastlab o‘zim tug‘ilib o‘sgan mahallamizni tanishtirib o‘tsam. Mahallamizning hozirgi nomi Oybek deb atalib, mahalliy aholi orasida Uzumbog‘ nomi bilan tanilgan. Men mahallamizning nomlanishi xususida 1947-yillardan buyon ushbu mahallada yashab kelayotgan buvim bilan suhbatlashdim. Buvim ya‘ni dadamning xolasi biz bilan yon qo‘shni bo‘lib istiqomat qiladi. Buvim 1940- yilda tug‘ilgan. Uning hikoya qilishicha 1947- yil oilabiy bu yerga ko‘chib kelishganida hali aholi uncha ko‘p bo‘lmagan ekan yani sakkiz to‘qqiz xonadon bo‘lgan ekan. Uzumbog’ deb nomlanishiga sabab o‘sha vaqtlarda bu xudutlarda katta maydonda uzum yetishtirilgan bo‘lib, keyinchalik aholi ko‘payib uzumchilik to‘xtabb qoladi va uzum maydonlari o‘rniga ham uylar quriladi. SHunday qilib mahallamiz nomi uzumbog‘ deb yuritila boshlagan. Hozir ham deyarli har bir xonadonda o‘sha davrlardan qolgan uzumlar bor. Shunday qilib mahallamizning nomi Uzumbog deb yuritila boshlagan. Hozirgi kunda mahallamizda 50 dan ortiq xonadon mavjud bo'lib, aholining barchasi o‘zbeklar tashkil qiladi. Yuqorida ta'kidlab o'tganimday Men Olmaliqda istiqomat qilaman. Tarixiy manbalarga qaraganda Olmaliqning asl o'rni koʼhna Imloq viloyatining poytaxti boʼlmish Tunkent va Toʼqkent kentlari boʼlib, u Kalmoqqir cho'qqisi yonidagi Qoramozor qishlogʼi oʼrnida mavjud boʼlgan. Ilmiy adabiyotlarda XIII asrdan Olmaliq nomi juda koʼp marotaba qayd etilgan. Togʼ bagʼridagi soʼlim Olmaliqni Zaxriddin Muhammad Bobur 1520 yillar oʼzgacha bir ixlos bilan taʼriflaydi. Toshkent viloyati ijroiya qo'mitasi (raisi Z. Fayzullaev)ning 1951 yildagi 19/855-sonli qarorlariga asosan 1951 yil 10 iyulda Olmalik posyolkasi (koʼrgʼoni)ga viloyat tarkibidagi shahar maqomi rasman berildi. Maydoni 10,767 km.kv.ga teng, dastlabki davrlarda turar joy maydoni 800 ming m.kv. ni va axolisi 8700 kishini tashkil etgan. Olmaliq shahri Qurama togʻlarining shimoliy. yon bagʻrida, 600–650 metr balandlikda. Toshkent shahridan 60 km janubi-sharqda, Ohangaron daryosining chap sohilida joylashgan. Shaharning shimoli-sharqida Qurama tizmasi, shimoliy va janubi-sharqda Chatqol tizmalari bor.

Aholisi 2000- yil ma‘lumotlariga ko‘ra 114,6 ming kishini tashkil etgan. Shahar tashkil topgan vaqtlardagi hisobga ko‘ra ; 1959 yilda 40 ming kishi istiqomat qilgan. Olmaliq shahrida turli millat vakillari istiqomat qiladi. Ammo aholining aksariyat qismini o‘zbeklar tashkil etadi.Bundan tashqari ruslar, tojiklar, tatarlar, koreyslar, qirgʼizlar, ukranlar va boshkalardan iborat. Аholisining oʼrtacha zichligi bir kvadrat kilometrga 10643 kishiga to’gʼri keladi. Olmaliq shahrining toponomikasi haqida ma‘lumotlar qidirib O'zbek tili toponimlarining o'quv izohli lug'ati nomli kitobda shahrimizning nomlanishiga oid quyidagi malumotni uchratdim: : OLMALIQ Toshkent viloyatidagi shahar bo‘lib, Olma daraxti ko‘p o‘sgan joydagi shahar. Ammo men shahrimiz nomlanishi xususida kattalardan boshqacha ma‘lumot eshitgan edim. Yani olmaliq nomi olma bilan bog‘liq emas. Aytishlaricha bir zamonlar ushbu xudutlarga bir necha bor yov hujum qiladi biroq har safar maqsadlariga yeta olmaydilar va ololmadik deb ortga qaytishga majbur bo‘lishgan ekan. Keyinchalik ollmadik so‘zi olmaliq deb o‘zgargan ekan. Mening fikrimcha ham shahrimizning nomlanishi olma bilan umuman bog‘liq emas, chunki bizda olmaning hech qanday o‘ziga xos navlari yetishtirilmaydi.
Olmaliq shahri xududi qadimgi tunkent shahriga to‘g‘ri keladi. Tunkent Iloq viloyati poytaxti bo‘lgan. Tadqiqotchilar Iloqning poytaxti Tunkent shahrining savlatli va hashamatli ekanini ta’kidlashgan. Olmaliqdan 12 kilometr naridagi bu joy hozir iloq deb ataladi. Iqtidorli olimlar M. Masson va Yu. Buryakov mazkur yodgorlikni o‘rganishgan. Iloq poytaxtining hududi ancha keng bo‘lib, 150 gektar maydonni egallagan. Masalan, qal’a ichidagi harbiy istehkom, sathining o‘zi 5 gektar. Sharq geograflarining ta’rifiga qaraganda, shahar devorlari juda mustahkam bo‘lgan. Tunket strategik jihatdan juda muhim joyda qad rostlagan. Bu Ohangaron vodiysining markazi bo‘lib, savdo karvonlarining yo‘li aynan shu yerda kesishgan. Yana shunisi diqqatga sazovorki, muhim ahamiyatga ega konlarga yaqin bo‘lgan. Eramizning birinchi mingyilligi o‘rtalarida (V-VI asrlar) Tunket o‘zining baquvvat metall eritish ustaxonalariga ega katta shaharga aylangan. Xususan, VI-VIII asrlardayoq Shosh doirasida Turk hoqonligi tarkibiga kirib, konlarga boy Iloq viloyati poytaxti sifatida katta siyosiy va iqtisodiy qudratga ega bo‘ldi. IX asrga kelib esa Tunket Iloqning eng yirik va boy markaziga aylandi. Iloq zarbxonasi – Iloqda tanga pul zarb qilish uchun Tunkat shahrida qurilgan korxona (8-asr). Iloq konlaridan oltin va kumushning ko‘p qazib chiqarilishi tanga zarb qilinadigan maxsus korxona tashkil qilish zaruratini tug‘dirgan. Iloqda 8–9-asrlarda «Ma’dan ush-Shosh» zarbxonasida ko‘plab kumush dirhamlar zarb etilgan. Tangalarda sof kumushning ko‘pligi sababli Iloq tangalari 9-asrda boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan. Arxeologik qazishlarda shimolda Shvetsiya va Norvegiyadan tortib janubda Armanistongacha bo‘lgan hududda Iloq tangalari xazinalari topilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, 10-asrda Movarounnahrda davlat zarbxonalari faqat Samarqandda va Iloqning poytaxti Tunkatdagina bo‘lgan. Iloq zarbxonasida pullar mahalliy muomalalar uchun misdan, umumdavlat xazinasi uchun qimmatbaho metallardan zarb qilingan. Iloq zarbxonasida chiqarilgan oxirgi tangalar 11-asrning 2-yarmiga oid.

Download 4,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish