Temuriy hukmdorlar huzuriga tashrif buyurgan elchilar, zodagonlar tomonidan koʻplab qimmatbaho, noyob buyumlar sovgʻa sifatida olib kelingan. Bunday tovarlar rohnomalari(yoʻl yorligʻi)ga oddiy muhr oʻrniga shohona qizil muhr bosilganligi bois, “qizil mol” deb atalgan va bojdan toʻliq ozod qilingan. Amir Temur va keyinchalik aksariyat temuriylar hukmronlik qilgan davrlarda mulkchilik ishlari vaziriningasosiy vazifalaridan biri boj va soliqlarni undirishni nazorat qilish, bu sohada adolatni taʼminlash boʻlgan. “Temur tuzuklari”da mansabni suisteʼmol qilish, poraxoʻrlik kabilar ogʻir jinoyatlar hisoblanishi, ularnisodir etuvchilar qattiq jazolanishi koʻrsatilgan. Umuman, Amir Temur davrida mamlakatdagi barqarorlik, bunyodkorlik, turli xorijiy davlatlar bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatilishi natijasida tashqi savdo, bojxona ishi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |