Kompensatsiya - Kompensatsiya –fonologik tizimda yo‘qotilgan strukturaviy imkoniyatlarning o‘rnini to‘ldirish.Chunonchi,qadimgi va eski tyrkiy tillar vokalizmidagi zidlanishlarning keyinchalik yo‘qolishi undoshlar tizimida yangi zidlanishlarninng shakllanishiga turtki bo‘lgan deyish mumkin.
. - Qadimgi va eski turkiy tillarning vokalizm tizimidagi qator belgisining hozirgi o‘zbek tilida fonologik jihatdan ahamiyatsiz holga kelishi o‘zbek tili konsonantizmida ayrim strukturaviy o‘zgarishlarning yuz berishiga sabab bo‘lgan:jarangsiz, til orqa, portlovchi fonemaning k(q) variantlari ikki mustaqil fonema darajasiga ko‘tarilgan,shu asosda vokalizm tizimida yo‘qotilgan imkoniyat konsonantizmidagi yangi zidlanishlar hisobiga to‘ldirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |