.
Hozirgi adabiy o‘zbek tilining ovoz tovushlar tizimi – olti a’zoli: i, u, a, â, e, o. Ovoz tovushning boshqa tur tovushlardan farqli xususiyatlaridan biri shuki, yolg‘iz o‘zini talaffuz qilish mumkin. Boshqa tur tovushlar ovoz tovush qo‘shibgina talaffuz qilinadi; bu xususiyat, masalan, tovushlarning alifbodagi nomlanishida ochiq ko‘rinadi: a, lekin be deyiladi.
Ovoz paychalarining ritmik tebranishi bilan hosil bo‘ladigan ovoz og‘iz bo‘shlig‘i rezonatori ta’sirida u yoki bu tovushga aylanadi. Ovoz tovushning shakllanishi tilning va lablarning harakat-holatiga bog‘liq.
Sh.Rahmatullayev
Do'stlaringiz bilan baham: |