O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti



Download 0,91 Mb.
bet15/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

Kishilarning umuminsoniy qadriyatlar to‘g‘risidagi qarashlarida va ularga
erishish yo‘llari haqidagi xulosalarida o‘tmish avlodlardan meros qolgan orzu-
umidlar, tasavvurlar ham katta ahamiyat kasb etadi. har bir avlod umuminsoniy
qadriyatlarni barqaror qilish va ideal-maqsadlarga etish to‘g‘risidagi o‘tmish
avlodlarning tasavvurlari va xulosalarini meros qilib oladi, o‘z faoliyati,
zamonasidagi o‘zgarish va jarayonlarga ham ana shu nuqtai nazardan yondoshadi.


  • Har bir avlodning o‘tmishdoshlaridan merso qilib olgan umuminsoniy
    qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlari va orzu-umidlardan tash a ari, o‘zlari to‘plagan
    tajribalari, ana shu tajriba asosida vujudga kelgan muloщzalari va xulosalari
    ham bor. Kishilar umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilish, umrlari davomida
    ularga etish uchun intilishlari, faoliyat va munosabatlarida, bir tomondan merosiy
    tasavvurlarga. Ikkinchi tomondan esa o‘zlarining amaliy xulosalariga amal
    qiladilar. Bu boradagi turli jarayonlar, reja va dasturlarga ham yuqoridagi iki xil
    jihatga asoslangan holda munosabatda bo‘ladilar. Demak. har qanday davrda ideal-
    qadriyatlarga etishish yo‘lida harakatlar boshlanganida, ularni amlaga oshirishning
    reja va dasturlari tuzilayotganda kishilarning ruhiy-ma’naviy tayyorgarligini, bu
    boradagi maqsad, qiziqi, ehtiyoj va talablarini hisobga olish zarur.

  • Umuminsoniy qadriyatlarga erishi to‘g‘risidagi tasavvurlar, e^tiyojlar va
    intililar asosida vujudga kelgan turli reja va dasturlarda, ko‘proq bu boradagi
    faoliyatning nazariy tomonlariga va umumiy jihatlariga e’tibor beriladi. Bu hol,
    ayniqsa, jamiyat taraqqiyotining tub burilish va chuqur o‘zgarishlar yuz berayotgan
    davrlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ammo bu boradagi rejalardan amaliyotga o‘tilganida,
    tajribada maqsadlarga erishish uchun bevosita harakat boshlanganida, kutilmagan
    holatlar namoyon bo‘la boshlaydi. Bular esa o‘z navbatida yuosh maqsadga erishish
    (strategiya) borasidagi kundalik faoliyatda turli xil yo‘llardan, ussulardan
    (taktika) foydalanishni talab qildai.


    Umuminsoniy qadriyatlarning ba’zi shakllari bilan bog‘liq yana bir masala
    bor: ularni hayotda barqaror qilish to‘siqlar va qiyinchiliklar orqali boradi.
    Pirovard natijada, ideal mutlaq holtda to‘la-to‘kis amalga oshmaydi, uning ba’zi bir
    jihatlari hayotga tadbiq qilinadi, boshqalari esa kelajak avlodlarga meros bo‘lib
    qoldai. Odamzod esa idealsiz. Unga intilmasdan, kelajakka umid kzlarini tikmasdan
    yashay olmaydi.

    Ammo inson hayotda faqat ideallar, ularga etish to‘g‘risidagi orzular bilan
    qanoatlanib qolmaydi. U o‘z ideallariga erishish, ularni barqaror qilish yo‘lida
    boshqa ehtiyojlarini, talablarini va qiziqishlarini qondirishi, o‘zga kishilar bilan
    munosabatda bo‘lishi, jamiyat talbalarini bajarii, o‘z burchini ado etishi va boshqa
    sohalarda faoliyat yuritishi lozim bo‘ladi. SHu ma’noda. Kishilar doimo idealga
    intilib, real hayotdagi vazifalarni bajarib, orzu-umidlar bilan real voqelik
    orasida umr o‘tkazadilar. Ideallarga intilish orzusi bilan, real hayotda umr o‘tkazish
    zaruriyati o‘rtasidagi muayyan ziddiyat esa, odamzotni yashashga undaydigan, umrining
    eng qiyin, tanazzul davrlarida ham umid uchqunlari saqlanib qolishi uchun asos

    36

    www.ziyouz.com kutubxonasi

    bo‘ladigan umrguzaronlikning asosiy tamal toshidir, inson hayotining mazmuni,
    ma’nosi v qadrini belgilaydigan ob’ektiv jarayondir.

    Umuminsoniy qadriyatlar (ayniqsa, ularning ideal shakllari) omilkor


    faoliyatga chorlovchi optimistik g‘oyalar, shiorlar rolini o‘ynashi ham mumkin. Bunday
    holda ular kishini amaliy ishlar qilishga undaydigan, uning faoliyatiga ma’no va
    mazmun bag‘ishlaydigan, maqsadini aniqlash imkonini beradigan, biror jarayonga,
    jamiyatda amalga oshirilayotgan vazifalarga nisbatan shaxs yoki ijtimoiy
    sub’ektlarning qanday munosabtad bo‘layotganini aniqlash imkonini beradigan
    m’naviy mezonga aylanadi. Odamlar o‘zlari va atrofdagilarning amaliy faoliyatini,
    biror sohadagi xatti-harakatlarini ana shu mezonlar bilan solishtirib ko‘rib
    mulohaza yuritadilar, xulosa chiqaradilar, ularga baho beradilar.

    Ba’zan ayrim kishi yoki biror guruhning u yoki bu qadriyatni barqaror qilish


    maqsadida olib borayotgan faoliyati umuminsoniylik mezoniga to‘g‘ri kelmasligi ham
    mumkin. Masalan, hamma arab xalqlari, slavyanlar, turkiyzabon xalqlar va boshqa ko‘p
    millatli xalqlar bir-biri bilan umummadaniy qadriyatlardan biri, do‘stlikning
    oddiy qo‘shnichilik doirasiga sig‘masligi, uning keng qamrovli umummilliy
    jihatlari borligini inkor etish qiyin. «Arab dunyosi»ning («turk dunyosi»,
    «slavyanlar dunyosi» va h .k.) mustahkam ittifoqchilik va hokisor qo‘shnichilik
    munosabatlarini o‘rnatish asosida umumilliy do‘stlikning jahon hamjamiyati
    manfaatlariga to‘g‘ri keladigan jihatlarini, ijobiy qirralarini namoyon qilish
    borasidagi urinishlari umuminsoniylik mezonlariga mos kelishi lozim edi. Go‘yoki
    aynan ana shu maqsadga qaratilgan arablar dunyosinibirlashtirish to‘g‘risidagi
    xulosani noto‘g‘ri talqin qilish, oqibatda Iroq tomonidan Quvaytning bosib
    olinishiga sabab bo‘ldi (1990 yil). Bir qarashda juda hokisor bo‘lib ko‘ringan
    yuqoridagi g‘oyaga asoslangan amaliy harakat va usul bahsli bo‘lib chiqdi. Bu erda
    madaniy birlik va do‘stlik tuyg‘usi bilan bog‘liq qadriyatlarni barqaror qilishga
    qaratilgan aniq faoliyat va xatti-harakatni umuminsoniylik talablariga mos
    keltirish to‘g‘risidagi umumiy qoida buzildi: go‘yo yaxshilik bayrog‘i ostida olib
    borilgan aniq harakat usuli (ya’ni urush) umuminsoniy qadriyat bo‘lgan tinchlik va
    milliy ozodlik talablariga mo kelmay qoldi.

    Aslida qardosh xalqlarning bir-biri bilan ma’naviy yaqinligi asosida, ular


    o‘rtasidagi umummilliy birodarlik zanjirlarining mustahkamlanib borishi,
    tarixiy jarayonlar natijasida ajralib yashayotgan millatnng qo‘shilishi umuminsoniy
    qadriyatlar va ularnni barqaror qilish amaliyoti talablariga mos kelishi lozim. SHu
    ma’noda, bir necha o‘n yillar ikkiga bo‘linib yashagan Vetnam xalqi birlashganligi,
    ikki german davlatlari va nemis xalqi qo‘shilganligi, koreys xalqlari siflarida
    birlashish g‘oyalari kuchayishi, turkiyzabon xalqlar umumilliy aloqalarining yangi
    bosqichga ko‘tarilishi, qadimgi Rim imperiyasi o‘rnida voqelikka aylangan «Evropa
    mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi» (Maastrixt shartnomasi, 1993 yil) tobora
    o‘sayotganligi milliylik borasidagi umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishning
    zamonamizda yuzaga kelayotgan aniq shakllari sifatida talqin qilinishi mumkin.

    Umuminsoniy qadriyatlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, unga mansub
    turmush, oila, urug‘, qabila, elat, millat, xalq, davlat va boshqalarning ijtimoiy
    holati, ma’naviy hayoti, axloq, huquq, din, madaniyat, nafosat, san’at, ilm-fan
    soщlari bilan bog‘liqlikda ham namoyon bo‘ladi.
    bu borada ular o‘z tabiatiga
    ko‘raamaliy faoliyatning haqiqiy maqsadlarini ifodalaydi, muayyan ahamiyatga ega
    bo‘ladi, kerakli axborot beradi, jamiyat qoidalaridan ijodiy foydalanish, kundalik
    xatti-harakatlarning ma’naviy asoslarini to‘g‘ri belgilash imkonini yaratdi. Axloqda
    yaxshilik, burch, vijdon, hayotning ma’nosi; siyosat, huquq va mafkurada tenglik,
    odillik. Mustaqillik, demokratiya, erkinlik; nafosatda go‘zallik, ulug‘vorlik:
    madaniyat, san’at va fanda jamiyat ahamiyatiga molik bo‘lgan yutuqlar, kashfiyot, qonun-

    37

    www.ziyouz.com kutubxonasi



    qoidalar va boshqalar ham kundalik hayotda qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan. Bundan
    tashqari jamiyat a’zolari uchun umumiy bo‘lgan talablar: o‘z qavmi bo‘lgan odamzod
    joniga qasd qilmaslik, tanini sog‘-salomat saqlash, xushxulqlik va boshqa o‘nlab
    insoniy jihat va xususiyatlar ham umuminsoniyatga xos bo‘lgan ma’naviyllikning
    asosiy bo‘g‘inlaridir.

    Umuminsoniy qadriyatlar siyosat va huquq bilan bog‘liq sohalarda o‘ziga xos


    jihatlarda namoyon bo‘ladi, bunda mustaqillik, adolat, odillik, tenglik kabi ideal-
    qadriyatlar, ularga erishish borasidagi jarayonlar ham muhim ahamiyatga ega. Bu
    jarayonlarda umuminsoniylikka mos kelmaydigan yo‘llardan borishning noto‘g‘ri
    ekanligini ijtimoiy tajriba azal-azaldan isbotlamoqda.

    Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida umuminsoniylikning ustuvorligi talablari


    har bir tarixiy birlikning tarixiy rivojlanish mahsuli, ekanligini, bunda tirik
    insonlarning taqdiri, orzu-umidlari borligini hisobga olishni taqozo qiladi. Bu
    talablarga ko‘ra har bir kishi soh-omon yashash, umr kechirish, o‘z vujudini omon saqlash
    kabi huquqlari bilan birga dunyoga keladi, bu huquqlarni unga tabiat ato etgan, biror
    maqsadlardan kelib chiqib insonni bu huquqlardan mahrum qilish mumkin emas.
    Qanday sinf, tabaqa, qatlam vakili bo‘lsmasin, uning boshqalar kabi yashash huquqi
    borligi mutlaq haqiqat, odam zoti esa bu huquq nuqtai nazaridan tengdir.
    Umuminsoniylikning bu boradagi talablari, ya’ni insonning tabiiy-tarixiy haq-
    huquqlari, uning yashash va umr kechirish huquqining tabiiyligi va hatto
    muqaddasligini to‘la-to‘kis e’tirof qilishdir. Xalq og‘zaki ijodida ham, qadimgi va
    zamonaviy dinlarda ham, davltalrning konstitutsiyalarida va boshqa hujjatlarda ham
    buni yaqqol kuzatish mumkin. Buyuk fransuz revolyusiyasi (1789 yilda) qabul qilgan
    «Inson va grajdanlar huquqlari Deklaratsiyasi»da ham, 1948 yilning 10 dekabrida
    BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy
    Deklaratsiyasi»da kishilarning tabiiy-tarixiy haq-xukik,lari jamiyatdagi asosiy
    umuminsoniy qadriyatlar ekanligi alohida ta’kidlanganlgi bejiz emas.

    Olamdagi insonlarning yashash joylari, o‘tmish avlodlarining hoki yashiringan
    zamin, o‘zi tug‘ilgan yurti bilan bog‘liq umuinsoniyatga xos bokira tuyg‘ulari bor. Bu
    tuyg‘ular tug‘ilgan uydan, mahalla, qishlorq, shahar ko‘chasidan tarbiyalana boshlaydi,
    kishi mansub bo‘lgan tarixiy birlik, uning o‘tmishi bilan bog‘langan ijtimoiy
    hududga nisbatan munosabatda namoyon bo‘ladi. kishi Er sayyorasinning farzandi
    ekanini, o‘z uchun suyukli hudud sayyoraning tarkibiy qismi bo‘lgan vatan ekanligini
    anglaganida, undagi bu tuyg‘u umuminsoniylikning talabiga mos keladigan darajaga
    ko‘tariladi. Sayyoramiz kishilari uchun undagi tiriklikning vujudga kelishi,
    rivojlanishi, odam zotining ongli faoliti, mehnati, madaniy va ma’naviy kamolotga
    erishish bosqichlari, tabiat va jamiyatda amalga oshirgan ishlari bilan bog‘liq
    jarayonlarni ifodalaydigan tarix ham o‘z ahamiyati va qadriga ega. Tarix - odam
    zotining ilk vujudga kelgan davridan, bizning kunlarimizgacha yaratgan moddiy
    boyliklarini, insoniyat hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlarni kelajakka etkazib
    beradigan «qadriyatlar sandig‘i»dir. Tarix - zamin vujudlarini yashirib turgan
    avlodlar ruhi oldidagi qarzdolik tuyg‘usini zo‘zg‘agan. O‘tmishdagi voqealarni
    o‘rganish zaruriyati tug‘ilgan va kelajakning rejalarini tuzish jarayonida
    rivodlanishning aniq yo‘l va usullari tanlab olinayotgan davrlarda qadriyatga
    aylanadi.

    Umuminsoniy qadriyatlar va ularning asosiy shakllari xilma-xil tarzda, rang-
    barang holat va turli darajalarda namoyon bo‘ladigan g‘oyat murakkab, mazmunan
    nihoyatda yuoy va serqirra ijtimoiy tushunchalardir. SHu sababga ko‘ra, ularning
    mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish xususiyatlari to‘g‘risidagi qisqa tahlilda bu
    boradagi masalalarning hamma jihatlarini qamrab olish qiyin.

    38

    www.ziyouz.com kutubxonasi




    Download 0,91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish