Oʻzbekiston millatidagi goʻzal va yuksak gʻoyalar xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan



Download 13,48 Kb.
Sana29.09.2021
Hajmi13,48 Kb.
#188685
Bog'liq
manaviy


Bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonni barpo etar ekanmiz, koʻzlagan marralarimizga erishishimiz uchun eng avvalo milliy gʻoya masalasi juda muhim ahamiyatga ega.

Bu borada mamlakatimizda soʻnggi yillarda qator qarorlar qabul qilindi va Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qoʻyildi hamda davlatimiz siyosatida aynan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yana-da yuksak oʻringa qoʻyildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Prezident, “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir, biz yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyat”, deb alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Bundan tashqari, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 21-yanvar kuni Olot tumani markazida Olot, Qorakoʻl, Jondor va Shofirkor tumanlari faollari, mahalla raislari bilan uchrashuv vaqtida, bugun butun mamlakatda uygʻonish davri ekanligini, loqaydlik, oʻzi boʻlarchilik bilan oʻzgarish boʻlmasligini, xalqqa sharoit yaratish, tashabbuskorlarga koʻmaklashish, tinimsiz intilish va mehnatgina natija keltirishini maʼlum qildilar.

Oʻzbekiston millatidagi goʻzal va yuksak gʻoyalar xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan.

Jumladan, Sharq uygʻonish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridan oqilona ‎davlat tuzumi hamda insoniyat jamiyati haqida bildirilgan fikrlarida maʼnaviy yetuk, maʼrifatli, taʼlim va tarbiya koʻrgan, noyob insoniy fazilatlarga ega boʻlganlargina davlat va jamiyat rivojiga hissa qoʻsha olishi mumkin degan fikrlarini anglash mumkin.

Shu bilan birga, buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tafakkurining mahsuli boʻlgan “Temur tuzuklari” asaridagi «Tajribamda koʻrilgankim, azmi qatʼiy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir», degan fikrlar bugungi kunda ham naqadar dolzarb ekani barchamizga maʼlum.

Zero, iqtisodiyotning rivojiga ham aynan sogʻlom fikrli, ilm-maʼrifatli, el manfaatini oʻylab ish tutadigan, el-yurtiga sadoqatli tadbirkorlargina oʻzi hissasini qoʻshishi mumkin.

Oʻzbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etish boʻlib, bu avvalambor, taʼlim va maʼrifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi boʻlgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yoʻnaltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bogʻliqdir.

Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan taʼkidlanganidek, “Agar kimdir, maʼnaviyat masalasi – bu faqat Maʼnaviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb oʻylasa, xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir”.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ham milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari hisoblanadigan ilm-fan, maʼrifatni yana-da taraqqiy ettirish yoʻlida bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Vazirlik respublikamizdagi millionlab iqtidorli yoshlar, tadqiqotchilar, olimlarimizni jalb etib, qoʻllab-quvvatlab, har bir sohada yangilik yaratishda ilmiy markaz, baza boʻlish maqsadida tizimli choralarni koʻrib kelmoqda.



Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda yangicha dunyoqarashga ega boʻlgan, maʼnaviy barkamol, ilm-maʼrifatli, sogʻlom fikrli yoshlarning sadoqati va mehnatlari yangi taraqqiyotni yuqori bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.
Download 13,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish