III.Darsga yakun yasash:
Sinfda Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
Ko‘rildi: O‘IBDO‘
19-dars. Sana:____________________
Mavzu: Me'moriy naqsh ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:
O'quvchilarni tasviriy malakalarini rivojlantirish;
Me'moriy naqshlarning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
BadIIy-estetik didni o'stirish;
Ko'z xotirasi va kuzatuvchanlikni takomillashtirish.
Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya.
Darsning jihozlanishi: Yurtimizdagi tarixiy obidalar va zamonaviy inshootlar aks ettirilgan fotosuratlar, kulol ustalar tomonidan me'morchilik uchun tayyorlangan koshinkorlik naqshlari.
Dars tafsIIotlari:
I. Dars mavzusiga kirish:
O'zbekiston tarixiy obidalarga boyligi bilan jahonga mashhur. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Xiva shaharlari jahonga aynan o'zining me'moriy yodgorliklari bilan dong taratganligi aytib o'tiladi. O'lkamizda qadimiy obidalrni kelajak avlod va insoniyat uchun saqlab qolish maqsadida ularni tiklash va ta'mirlash borasida ko'plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Darslikda berilgan Samarqand shahrining markaziga qurilgan Registon me'moriy ansambli - Ulug'bek (1417-1420), Sherdor (1619-1636) va Tillaqori (1646-47-1859-60) madrasalaridan tashkil topganligi aytib o'tiladi. Tarixiy obidalar bilan birgalikda zamonaviy inshootlar xususida ham to'xtab o'tiladi. O'quvchilar tarixiy obidalar me'morchiligi bilan ham qisqacha tanishtiriladi. Bunda minoralar, gumbazlar haqida ma'lumot beriladi. Tasviriy san'atning tarixiy janri haqida so'z yuritiladi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, mahobatli rangtasvir ustasi, rassom Alisher Aliqulov (1966) haqida ma'lumot beriladi. Uning "Amir Temurning To'xtamish ustidan g'alabasi", "Samarqand bozori", "Xalq qo'zg'alonlari", "Amir Temur jahon tarixida" asarlari Temuriylar Davlat muzeyi uchun ishlangan. A.Aliqulov boshchiligidagi guruh O'zbekiston xalqlari tarixi muzeyida "Xalq qo'zg'olonlari va jadidchilik harakati" nomli keng qamrovli va serma'no devoriy suratlar yaratdi. U yosh tomoshabinlar teatri, Alpomish sport saroyi, Toshkent shahar hokimiyati, Olimpiya shon-shuhrati kabi qator muzeylarning foyelarini o'z asarlari bilan bezatgan. Rassom O'zbekIIston, Fransiya, Ozarbayjon, Amerika, Misr, Qirg'iziston, Avstriya, Turkiya, Belgiya va boshqa davlatlarda o'tkazilgan ko'rgazmalarning faol ishtirokchisi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |