II.Asosiy qism:
a.O'qituvchi suhbat yakunida umumlashtirilgan javoblar asosida har bir o'quvchi o'z xohishiga ko'ra yuqorida qayd qilingan mazmunlardan biri bo'yicha "O'lkamizda qish" mavzusi yuzasidan rasm ishlashi mumkin, deb ko'rsatmalar beradi. Ko'k (zangori) rangning turli tuslarini topish o'rgatiladi.
b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar "O'lkamizda qish" mavzusida rasm ishlashga kirishadilar. O'qituvchi bolalar ishlarini kuzatib yuradi. Ularga ish yuzasidan maslahatlar va amaliy yordam beradi.
III.Darsga yakun yasash:
O'quvchilarning dars davomida ishlagan rasmlaridan namunalar ajratib olinadi va ular tahlil qilinadi. Bu ishlar baholanadi va darsga yakun yasaladi.
Ko‘rildi: O‘IBDO‘
2-MSNI 17-dars. Sana:____________________
Oraliq nazorat. Mavzu: "O'lkamizda qish" mavzusidagi rasm taqdimoti
Darsning maqsadi:
O'quvchilarning ikkinchi chorak davomida tasviriy san'atdan bilim-larini nazorat qilish, uning hajmini aniqlash;
Ularning bu chorakda o'zlashtirgan tasviriy malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini, estetik didi kabilarni qabul qilingan mezonlar asosida aniqlash;
Nazorat natijasida yig'ilgan ballarni umumlashtirib har bir o'quvchiga choraklik baholarni belgilash.
Oraliq nazorat darsida o'quvchilar faoliyatlarini baholash maqsadida nazoratni quyidagi turlari qo'llaniladi:
1.Test sinovlari yordamida baholash mezonlari:
tasviriy san'at asarlari turlarini bilish darajasi;
rang turlari va nomlarini o'zlashtirish darajasi;
maxsus atamalarni o'zlashtirish darajasi;
kuzatuvchanlik darajasi.
2.Tasviriy ijodiy mustaqil ish. "O'lkamizda qish" rasmini topshirish va rasm haqida qisqacha hikoya qilish asosida o'quvchilarning rasmlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
tekshiriladigan bilim, ko'nikma va malaka elementlarining nomi;
rasmning qog'oz yuzasida joyiashuvi;
rasm mazmunini uning mavzusiga mosligi;
narsalarning o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlay bilish darajasi;
qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalari;
rasmning toza va tartibli bo'lishi.
Dars tafsiloti:
1.Oraliq nazorat darsida o'quvchilar yozma ravishda 5 ta test topshirig'ini bajaradilar.
2."O'lkamizda qish" mavzusidagi rasmlarini akvarelda bo'yab, u haqda hikoya qilib beradilar.
3.O'qituvchi tomonidan o'quvchilarning javoblari umumlashtirilib, baholanadi.
Darslikda keltirilgan test savollarining javoblari:
Savol
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Javob
|
E
|
D
|
A
|
B
|
D
|
A
|
A
|
E
|
Do'stlaringiz bilan baham: |