Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Rangtasvir kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: "Paxta dalasida" mavzusida ishlangan rassomlar asarlarining reproduksiyalari, slaydlar.
Dars tafsilotlari:
I. Dars mavzusiga kirish: O'qituvchi o'quvchilarga rassomlarning "Paxta dalasida" mavzusidagi ishlari asosida darslikdagi va o'qituvchi tomonidan sinfga namoish qilinadigan rasmlar va savollar yordamida suhbat uyushtiradi. Suhbat darslikdan o'rin olgan O'zbekiston xalq rassomi Zokir Inog'omov (1919-1996) va uning ijodi bilan qisqacha tanishtirish orqali davom, ettiriladi. Uning asarlarida qahramonlarning qiyofalari jonli, hayotiy ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Rassomning "Cho'ponning qo'shigi", "Choyga", "Kuz", "Dalada nonushta", "Xirmonda", "Mosh hosili" kabi ko'plab asarlari shular jumlasidandir. Kompozitsiya va uning elementlariga to'xtalib o'tiladi. Odatda asosiy element tasvirning ikkinchi planida joylanishi uqtiriladi. Bu "Kungaboqar va arilar" rasmi orqali tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |