Ko‘rildi: O‘IBDO‘
6-dars. Sana:____________________
Mavzu: Haykaltaroshlik
Darsning maqsad va vazifalari:
O'quvchilarning badIIy fikr darajasini kengaytirish, bilish faoiliklarini takomillashtirish;
Qo'l va steklar bilan haykal ishlash malakalarini o'stirish;
Bilish faoiliklarini oshirish;
Ko'z xotirasi va kuzatuvchanlikni mustahkamlash.
Baliqning relyefli haykalini ishlash.
Tasviriy faoliyat turi: Namunadan haykal ishlash.
Darsning jihozlanishi: Relyefga doir rasmlar, baliq rasmi yoki uning o'yinchog'i.
Dars tafsIIotlari:
I. Dars mavzusiga kirish: 1. Haykaltaroshlik haqida qisqacha suhbat o'tkaziladi. Unda Toshkent shahridagi Amir Temur haykali haqida fikr yuritiladi. Bunda darslikdagi quyidagi savollardan foydalaniladi:
1.Buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur haqida nimalarni bilasiz?
•Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Shahrisabzning Xo'ja ilg'or qishlog'ida tug'ilgan. U yetti yoshidan boshlab bilim olishni boshlagan. U harbiy san'at sirlarini mukammal egallagan. Amir Temur o'zining bilimi, qudrati, sarkardalik mahorati bilan bosqinchi mo'g'ullar ustidan g'alaba qozonib, yurtni dushmanlardan halos qilgan va Temuriylar sulolasiga asos solgan.
2.Rasmda aks ettirilgan Amir Temur haykali haqida so'zlab bering.
•Darslikdagi rasmda Toshkent shahrining Amir Temur hiyobonida qad rostlagan ot ustidagi sarkarda Amir Temur haykali tasvirlangan. Mazkur haykal haykaltaroshlar llhom va Kamol Jabborovlar tomonidan bunyod etilgan.
Haykaltaroshlik san'ati, uning ko'zga ko'ringan namoyondalari, darslikdagi Amir Temur haykali va boshqa haykallarning ishlanishi yuzasidan suhbat savol-javob orqali amalga oshiriladi. Haykallar tosh, marmar, granit, bronza, mis, yog'och, gips va shu kabi materiallardan, o'rganish uchun esa haykallar asosan loy va plastilinlardan yasalishi haqida ma'lumot beriladi. Loydan ko'ra plastilinning afzalligi shundaki, loy qurigach sinuvchan bo'lib qoladi, plastilin esa o'zining egiluvchanligini umuman yo'qotmaydi. Haykallar tasvirlanish uslubiga ko'ra ikki turda: hartomonlama aylanib ko'rishga mo'ljallangan uch o'lchovli, fazoviy jism va relyefli haykallarga bo'linishi aytib o'tiladi. Relyefli haykal esa tekis sathga (devorga yoki biror tekis asosga) bo'rttirib ishlangan haykaldan iborat. Unga misol sifatida 50 so'mlik tangada ishlangan haykalni keltirish mumkin. O'qituvchi tomonidan relyefli haykal ishlash bosqichlari tuchuntiriladi. Buning uchun plastilin yoki loy tekislanib, silliqlab olingach yupqa taxtacha yoki faneraga qo'l bilan bir tekisda yotqiziladi. Uning ustiga baliq shaklini belgilovchi chiziq chiziladi. Stek yordamida tasvir chiziq bo'yicha kesib chiqiladi. Ortiqcha loy yoki plastilin olib tashlanadi, chetlari tekislanadi. Stek bilan baliqning tangachalari, ko'zi va suzgichlari ishlanadi.
II.Asosiy qism:
a.O'qituvchi tomonidan loy va plastilin bilan ishlash tartibi o'rgati-ladi. Yasalishi tavsiya etilayotgan baliq relyefini yasash bosqichlari ko'rsatiladi. Stek yordamida shaklga ishlov berish o'rgatiladi.
b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda baliq relyefini yasashga kirishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |