"O'zbekiston kelajagi buyuk davlat"



Download 21,02 Kb.
bet4/5
Sana13.12.2022
Hajmi21,02 Kb.
#884612
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston kelajagi buyuk davlat

Helsinki! Ajoyib mamlakat. "Nokia" rusumidagi telefon apparatlari aynan shu mamlakat maxsulotlari. Lekin bu yerga "Nokia" sotib olish uchun kelganimiz yo'q. Baribir hozir "moda"da "Iphone". Bu yerga Finlandiya ta'lim tizimi uchun keldik. "O'zimizda ham bor-ku ta'lim tizimi?!" deysizmi? Ha, borlikka bor. Lekin negadur talabalarimiz chet el mamlakatlarida o'qishiga yoki qiziqishiga hech ham tushunmayman. Shu bilan bir vaqtda, Finlandiyaliklarda dunyoning eng yaxshi ta'lim tizimi. Bu rasmiy. Buni butun dunyo tan olgan. Italiya va Fransiyadagi tajribalarimizdan kelib chiqadiki, bu yerda ham qandaydir sir bor. O'z-o'zidan birinchilik berilmagan-ku. Bu savolga javob olish uchun universitetlarga boramiz... E'tibor qildingizmi? domulalar, o'qituvchilar "Uyga vazifa" bermadi. Maktabiga bora qolaylik.. Bu yerda ham "Uyga vazifa" yo'q. Esingizdami, Andijonda maktabdaligimizda peshonasiga "2" olgan bolalar bor edi. Nima uchun desak, "Uyga vazifa" uchun deyishgan edi. Bu yerda peshonadagi "2" u yoqda tursin, "uyga vazifa"ni o'zi yo'q ekan! Qoyil! Uy vazifasiz ham talabalar yoki o'quvchilari bilan ta'lim tizimi dunyoda birinchi o'rinda. Masalaga yanada oydinlik kiritaylikmi? Bir universitet domulasining fikricha, o'quvchi yoki talaba o'qish paytidan tashqari vaqtlarini oilasi yoki do'stlari bilan birga bo'lish, sport bilan shug'ullanish, yoki o'zi qiziqqan mashg'ulot-to'garakka" borishi foydaliroq ekan. Men uning fikriga qo'shildim. Chunki elas-elas eslayman, menga 30-qatorlik she'rni yodlash uyga vazifa qilib berilganda, men she'rni yodlashdan boshqa hech narsa qilmaganman. Do'stim Lochinboy esa peshonasiga "2" olgan. Chunki uning kikboksing mashg'uloti bor edi. Oradan 10 yil o'tdi va u "Jahon chempioni" bo'ldi. Men esa she'r aytishni bilaman. Bu finlandiyacha ta'lim tizimining bizning maktablarda uchramaydigan tomoni imtihon paytda chiqdi. Imtihon savollari o'sha-o'sha. Lekin variantlar ko'rinmayabdi. Hato bosmadan chiqqanmikin desam, "Javob:" degan yozuvi ham bor. Variant yo'q! Matematika domulasidan so'ralganida u shunday javob berdi: "Bu savolga javobni bilishingiz kerak va holos". Boshqa bir ajoyib narsaga e'tibor qildingizmi? Bu yerdagi hamma maktablar bir hil ekan. Mahalla nomi bilan ataladigan maktablarda "Bu maktab yaxshi, bunisi yomon" degan gap yo'q. "Ixtisoslashtirilgan", "maktab-internat", "gimnaziya", "qimmat maktab", "hususiy maktab" degan so'zlar ham yo'q. Bu degani mamlakatdagi boy insonlar farzandlari aynan bir maktabda o'qitilmaydi. Hammaning bolasi bir hil maktabda o'qitiladi. Bu degani boylar farzandlari haqida o'ylasalar, aynan shu bir hil maktablar rivoji uchun harakat qiladi degani. Mana Toshkentga qanaqa suvenir olib boramiz! Narsalaringizni yig'ishtiring, Finlandiyadan boshqa narsa kerak emas. Rokchilar chiqib qolmasdan tezroq keta qolaylik.
Bu "suvenir"ni egasiga topshirish uchun universitetlarimizning biriga bordik. E'lonlar doskasida "O'qishga kirish test natijalari". Test. Bir mahalladoshim juda aqlli bola edi. O'qishga kira olmabdi. Sababini so'rasam bo'yin qisdi. Boshqa bir bola oldimizga keldida, "Men o'qimagan edim, omadim kelib qoldi, "boriga baraka" qilgandim, "kontrakt"ga ilashib qolibman, zo'r bo'ldi" dedi. Unga 4 yil davomida ham o'qishlariga omad tiladim. O'qishdan keyin Omad akani oldiga borsang, ishga ham oladi.

Download 21,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish