III. Yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash sohasida
Bizning bugungi kundagi eng muhim vazifamiz respublikamizning boshqa jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Mazkur dasturlarda yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashlariga ko‘maklashish, yoshlarni tadbirkorlik sohasiga jalb qilish, ish bilan ta’minlash, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan yigitlarning bandligini ta’minlash masalalari nazarda tutilishi lozim.
Mazkur vazifani amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning eng muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalarini samarali hal qilish;
Harakat tomonidan yoshlarga kasb tanlashda, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini tushuntirish va turli sohalarda yuqori malakali mutaxassis bo‘lib etishishiga ko‘maklashish maqsadida turli to‘garaklar, klublar va ustaxonalar tashkil etishda faol ishtirok etish rejalashtirilgan;
yoshlar tomonidan zamonaviy kasblarni egallash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish maqsadida tashkil etilgan «Bunyodkor” yoshlar mehnat harakatining ko‘lami kengaytiriladi hamda samaradorligi oshiriladi.
o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga konsultativ yordam ko‘rsatish, ularga davlat ro‘yxatidan o‘tish, tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va olib borish bilan bog‘liq muammolarni hal etishda ko‘maklashish;
Yosh tadbirkorlar, fermerlar, ishbilarmonlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, respublika bank-moliya, soliq, bojxona va boshqa idoralar vakillari bilan uchrashuvlarni tashkil etish, shuningdek, yosh tadbirkorlarni ilg‘or texnologiyalar bilan tanishtirish, ularni eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish, qishloq joylarida ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida turli ko‘rgazmalar, kichik biznes uchun texnika va jihozlar yarmarkalarini o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
yoshlar bandligi va ishga joylashishini ta’minlash bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish ishlarini davom ettirish;
Shu maqsadda Harakat yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan davlat dasturining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, «Ustoz-shogird” an’anasini keng joriy etishda ishtirok etadi, shuningdek, «Yosh tadbirkor” konsultativ markazlari faoliyatini hamda mamlakatimiz hududlarida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarining o‘tkazilishini faollashtiradi. Shu bilan birga, Harakat o‘z muassisligida joylarda yoshlar uchun kichik va o‘rta biznes tuzilmalarini tashkil etadi.
ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-qsuvvatlash;
Harakat maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari hamda jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni o‘z otalig‘iga olishda davom etadi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kasb-hunar egallashlari, ishga joylashishlari, o‘zlarini jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida his qilishlariga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |