2.1. Sport tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli va uning o‘ziga xos xususiyatlari. (23.05.2022 – 24.04.2022)
Yuqorida ko’rsatilgan tafsilotlarga ko’ra ishlab chiqarish amaliyotini o’tashni men O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va Sport universiteti 1–bosqich MN-51-21 guruh talabasi Ikromov Hikmatillo Akramjon oʻgʻli, Toshkent shahrida joylashgan Toshkent futbol assotsatsiyasida boshladim.
Birinchi kuni Toshkent shahar futbol assosiasiyasi bosh hisobchisi Dildora Jo‘raevna Karimova meni TFAning turli bo‘limlari xodimlari bilan tanishtirib, ularning funksional vazifalari bilan tanishtirdi.
Toshkent futbol assotsatsiyasi dastlab volontyorlik xarakati sifatida tashkil qilingan, ya’ni xodimlar hech qanday oylik maoshsiz shunchaki O’zbek futbolini rivojlantirish maqsadida faoliyat yuritishgan. Keyinchalik 1998-yilga kelibgina tashkilot davlat royhatidan o’tkazilib rasmiy nom (Toshkent futbol federatsiyasi) berilgan. Uning birinchi vitse-prezidenti Polatov Аlisher Jetibaevich hisoblanadi. Toshkent shahar futbol assotsatsiyasining xozirgi bosh direktori Yuldashev Nodir Nozimovich 2017-yildan buyon shu tashkilotda faoliyat olib boradi.
Bosh hisobchi: Karimova Dildora Juraevna. 2006 yildan beri ishlaydi.
1. Bosh buxgalterning vazifalari:
2. korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotini boshqarish;
3.hisob siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shakllantirish.
4. korxona bo’linmalari xodimlariga buxgalteriya hisobi, nazorati va hisoboti bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatish.
• ish haqi hisob-kitoblari, turli darajadagi byudjetlarga soliqlar va yig'imlar yig'imlari va o'tkazmalari, bank muassasalariga to'lovlar tayyorlanishini ta'minlash;
• xo‘jalik ichidagi zahiralarni aniqlash, yo‘qotishlar va samarasiz xarajatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Texnik direktor: Ibragimov Baxtiyor Botirovich. 2017 yildan beri ishlaydi.
Kadrlar bo'limining funktsiyalari:
1. Kompaniyani rivojlantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli rejasini tuzish
2. Kompaniyaning barcha texnik xizmatlaridan olingan ma'lumotlarni nazorat qilish va qayta ishlash, shuningdek, bo'limlar ishini korxonani rivojlantirishning bevosita rejasi bilan muvofiqlashtirish.
3. Rekonstruksiya loyihalarini yaratish va yangi yoki mavjud ob'ektlarni qurish bo'yicha uzluksiz muvofiqlashtirilgan ishlarni ta'minlash.
4. Yangi asbob-uskunalarni ishga tushirish bo'yicha ishlarning doimiy monitoringini ta'minlash, shuningdek, sotilgan mahsulotlarni texnik ta'minlash.
5. Sotilgan mahsulotlar uchun texnik ta'mirlash va xizmatlarni tashkil etish
6.Ishlab chiqarishga patentlarni joriy etish, shuningdek, yangi istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirishni ta’minlaydigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqish.
7. Dizaynerlar va texnik g'oyalarning bevosita ijrochilari o'rtasida ma'lumotlar uzatishni amalga oshirish
8. Texnik xizmat yoki bo'lim ishini doimiy nazorat qilish
O’zbekiston Futbol Federatsiyasi o’z nomini O’zbekiston Futbol Assotsatsiasiga o’zgartirgach uning tarkibida bo’lgan barcha viloyat boshqarmalari qatori Toshkent Futbol Federatsiyasi ham o’z rasmiy nomini Toshkent Futbol Assotsatsiasiga o’zgartirgan. Marketing bo‘limi: Nazimov Nug‘mon. 2022 yildan beri ishlaydi.
Kadrlar bo'limining funktsiyalari:
1. Marketing rejasini tuzish;
2. Bozor tadqiqotlari;
3. Kompaniya brendining joylashuvi;
4. Kompaniyani ilgari surish;
5. Narx belgilash;
6. Kompaniyaning assortiment siyosati;
7. Yangi g'oyalar va rivojlanish yo'llarini yaratish;
8. Marketing faoliyatini tahlil qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |