O'zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishi uchun tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zoologiya fani oldiga katta muammolarni qo'ymoqda


FITONEMATODALARNING EKOLOGIK GURUHLASH PRINSIPLARI



Download 40,4 Kb.
bet2/6
Sana17.07.2022
Hajmi40,4 Kb.
#816046
1   2   3   4   5   6
FITONEMATODALARNING EKOLOGIK GURUHLASH PRINSIPLARI

Har qanday ekologik tekshirishlarning asosiy prinsipi organizm va muhit o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishdan iborat bo‘ladi.


Buni o‘rganishda albatta hayotiy formalarning biologik majmuasiga e’tibor qaratiladi. Bu biotsenologik majmua mazkur biotsenoz va biotop, unga ta’sir etib turuvchi biologik va abiotik faktorlarga moslashgan bo‘ladi. Shuning uchun A.A.Paramanov (1962) fikriga ko‘ra fitonematodalarni o‘rganilganda ekologik guruhlarni aniqlash uchun ularni o‘simliklar bilan aloqasiga e’tiborni qaratmoq kerak. Bu prinsip fitonematodalarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga yordam beradi. Shuningdek, bu nematodalar va o‘simliklar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganish uchun ham yengillik tug‘diradi. Fitonematodalarni hozirgi zamon guruhlarini o‘rganishga imkon beradi.
Bu tomondan fitogelmintolog uchun ancha qulaylik mavjud, chunki tuproqda, jumladan, rizosferada nematodalar kompleksi bo‘lib, ularni ichida tipik tuproq –edafobiontlardan tortib tipik fitobiontlargacha bo‘lgan turlarni topish mumkin. Edafobiontlarni fitobiontlarga aylanishini barcha bosqichlarini kuzatish mumkin.
O‘simlik to‘qimalarini zabt etish tuproq nematodalarini rizosferada to‘planishi orqali boradi (A.A.Paramanov, 1962). Rizosferaga biologik jihatdan tobe bo‘lishlik tuproq nematodalarini o‘simlik ildizi bilan aloqada bo‘lishiga, uning ichiga kirishi esa, haqiqiy fitonematodalarning shakllanishiga olib keladi. Bu jarayonda nematodalar, o‘simlik to‘qimasini o‘zgartirishga allaqachon moslashib olgan organizmlar, birinchi navbatda zamburug‘ va bakteriyalar bilan to‘qnashadi. Bu organizmlarda o‘simlik to‘qimalariga ta’sir etuvchi mexanizmlar ishlab chiqilgan.
Bu birinchi navbatda o‘lgan o‘simlik qoldiqlarini bioximik o‘zlashtirishdan boshlanadi. Bu guruhning aerob, anaerob, bakteriyalari va saprofit zamburug‘lari o‘simlik qoldiqlari tarkibidagi oqsil va karbon suvlarni bioximik parchalab o‘zlashtiradilar. Bunday moddalarni ular bilan birgalikda o‘zlashtirish va qabul qilish orqali aloqa o‘rnatiladi. Nematodalar bunday muhitga ikkilamchi kelgan organizmlar hisoblanadi. Materialni chirish va parchalanish jarayoni bakteriya va zamburug‘lar tomonidan amalga oshiriladi. Nematodalar esa bu jarayonga jalb qilingan bo‘ladi.
Shunday qilib, tuproqni o‘z-o‘zidan tozalanishida birgalikda qatnashadi (Mishustin, Persovskaya, 1954; Poshon, Barjak, 1960).
Bunga birinchilardan bo‘lib Eglites (1954) va Gilyarov (1959) lar ahamiyat berdilar.
Dastlabki paydo bo‘lgan saprobiotik nematodalar yuqori bioximik faolikka ga bo‘lmagan, chunki, ularni fermentativ bezlari yaxshi rivojlanmagan. Nematodalarni zamburug‘ va bakteriyalar bilan o‘rnatilgan aloqalari trofik qaramlik orqali bo‘lgan (Hirschmann, 1952). Nematodalar karbon suvlarni gidrolizlash, oqsillarni parchalashlarda bakteriyalarni ximiyaviy faolligidan foydalandilar, shu moddalardan ozuqa sifatida ham foydalanadilar. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘ldi, ya’ni nematoda parchalanish mahsulotlari bilan birga bakteriyalar va zamburug‘larni ham ovqat sifatida qabul qila boshladilar.
Boshqa tomondan bo‘lsa, yirtqich zamburug‘lar, nematodalar bilan oziqlanishga ham moslashib oladilar.
Nematodalar ajratgan moddalar bakteriya va zamburug‘larning ko‘payishini tezlashtirishi ham aniqlanadi.
Shunday qilib, bu guruh organizmlar o‘rtasida o‘zaro yordam aloqalari o‘rnatila boshlandi.
Bunday aloqalarni rivojlanishi tirik o‘simlik organlarini ham chirishiga va ulardan fitobiontlar foydalanishiga olib keldi. Ammo, nematodalarni saprobiotik organizmlarga qaramligi, nematodalarga sog‘lom o‘simlik to‘qimasiga kirish va uni o‘zgartirish qobiliyati paydo bo‘lguncha saqlanadi.
Shunday qilib, nematodalarning shaxsiy bioximik faolligi paydo bo‘ldi. Bunday nematodalarda kuchli ovqat hazm qilish fermentlari ishlab chiqarila boshlandi. Shu yo‘l bilan bakteriya va zamburug‘lar bilan trofik aloqa uzildi. Nematodalar o‘simlik to‘qimasini eritish orqali uni ichiga kiradigan bo‘ldilar.
Shu yo‘l bilan fitonematodalar paydo bo‘ldi. Ammo, juda ko‘p nematodalar rizosferada bakteriya va zamburug‘lar bilan aloqada yashashligini davom ettirmoqdalar. Shunga asoslanib, A.A. Paramanov quyidagi ekolgik guruhlarga bo‘lishni tavsiya etdi.
1. Ildiz atrofi tuproq nematodalari –Pararizobiontlar (Fitobiontlarni kelib chiqish asosi).
2. Tipik erituvchi nematodalar – eusaprobiontlar (eng qisqa yo‘l bilan fitobiontlikka o‘tuvchilar).
3. Abberant yoki tipik bo‘lmagan saprobiontlar –devisaprobiontlar (fitobiontlikni atipik yo‘li).
4. Fitogelmintlar yoki fitoparazit nematodalar (sporofit va gametofit o‘simliklarni qamrab oluvchi progressiv yo‘nalish).


Download 40,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish