III.3. Devisaprobiontlar
Bu atama Paramanov tomonidan fanga kiritilgan (1952). Devisaprobiontlar tipik eusaprobiontlardan farqlanib ular saprobiotik muhitni yashashi uchun zaruriy ozuqa manbai sifatida ishlatishi bilan birga, ular sog‘lom o‘simlik to‘qimalariga kirishi ham mumkin.
Panagralaymus rigidus ko‘proq saprobiotik muhitga uchraydi. Goffart (1933) bu turni go‘sht bul’onida ko‘paytirdi.
Shu bilan birga bu tur har xil sog‘lom o‘simlik to‘qimalarida uchraydi. U ildiz, poya va barglarga kira oladi va u yerda ko‘paya oladi.
III.4. Fitonematodalar
Fitonematodalar deganda fitoparazit nematodalar tushuniladi. Ular hayvon nematodalaridan keskin farqlanadi. Hayvonlarda parazitlik qiluvchi nematodalar tanasining yirikligi, ayrish va urg‘ochilik jinsiy sistemalarining gipermorf (o‘ta taraqqiy etganligi) taraqqiy etganligi tuxumlarini mayda va ko‘p bo‘lishi bilan rivojlanishi ko‘pincha xo‘jayin almashish (biogelmint) yoki lichinkani tashqi muhitga tushishi (geogelmint) bilan xarakterlanadi.
Fitoparazitik nematodalar zooparazitlar uchun keltirilgan bu umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunmaydi.
Zoonematoda va fitonematodalarning belgilarini quyidagi jadvalda qiyoslash mumkin (1-jadval).
1-jadval.
№
|
Zoonematodalar
|
Fitonematodalar
|
1
|
Tanasi yirik
|
Tanasi yirik emas
|
2
|
Ayrish sistemasi o‘ta rivojlangan
|
O‘ta rivojlanmagan
|
3
|
Urg‘ochilik jinsiy sistemasi o‘ta rivojlangan
|
Hamma turlarda ham bir xil rivojlanmagan
|
4
|
Tuxumlari mayda va ko‘p
|
Tuxumlari yirik va oz sonda
|
5
|
Biogelmintlarda xo‘jayin almashadi
|
|
6
|
Geogelmintlar ko‘p
|
Ektoparazitlar ko‘p, endoparazitlar oz.
|
7
|
Xo‘jayin yoki muhit almashmay ontogenez nihoyasiga yetmaydi.
|
Bir hujayinda ontogenez takrorlanishi mumkin.
|
8
|
Bir joyni o‘zida barcha hayotiy sikllarini o‘tkazadi (Leykart qoidasi) ko‘p uchraydi.
|
Bu qonunga asosan amal qilmaydi.
|
9
|
Jinsiy voyaga yetgan nematoda oxirgi xo‘jayindan tuproqqa chiqmaydi (saqlanib qolish uchun)
|
Ko‘pchilik siljib yuruvchi perforatorlar katta davrida tuproqdan yashab qolish uchun foydalanadi.
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, fitonematodalarning tavsifi o‘ziga xos.
Fitonematodalar o‘simlik organlarida doimo, ya’ni o‘simlik yoki uning organi halok bo‘lguncha saqlanib qoladi. Avtotrof (o‘simlik) biotsenozdagi ozuqa zanjirida faol qatnashmasligidir. Bu fitonematodalarni xo‘jayin almashtirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Ikkinchi sabab –o‘simlikni fiziologiya va bioximiyasini o‘ziga xosligidir. Fitonematodalar ontogenezining barcha bosqichlarida o‘simlik bioximiyasi va fiziologiyasiga tarixan moslashgandir. Zararlangan o‘simlik butunlay halok bo‘lib, parchalanib ketgandan so‘ng fitonematoda ontogenezini barcha bosqichidagi individlar tuproqqa majburan tushadi va yangi xo‘jayinga kirguncha saqlanib qoladi. Fitonematodalar o‘z ontogenezini o‘simlik to‘qimasida o‘tkazadi. Bo‘rtma nematodalar yirik bo‘rtmalarda o‘z ontogenezini takrorlaydi. Lichinkalar tuproqqa chiqmaydi.
Geteroderidlar ham amalda shunday. Ko‘pchilik fitonematodalar, tilenxidlar turkumiga kiradi.
Bu turkumga hasharotlarning ichagi va tana bo‘shlig‘ida parazitlik qiluvchilar ham kiradi. Bular Entomotilenxidlar bo‘lib ontogenezi, zoonematodalarga o‘xshaydi, serpusht, urg‘ochilik jinsiy sistemasi o‘ta rivojlangan va hokazo. Demak, ontogenezni qanday bo‘lishi xo‘jayinni avtotrof yoki geterotrof bo‘lishiga bog‘liq ekan. Fitonematodalar o‘simlikning tirik to‘qimasi bilan oziqlanuvchi (maxsus patogen effektga ega bo‘lgan fitonematodalar) yoki saprobiotik yashovchi va oziqlanuvchilarga (maxsus bo‘lmagan effektga ega fitonematodalar) bo‘linadi. Birinchilari ko‘pchilik o‘simlik, ayniqsa gulli o‘simliklar organlarida yashashga moslashganlar. Ular doimo saprobioz va nekroz bilan antogonistik aloqada bo‘ladi. Fitonematodalar ichida saprobioz va nekroz bilan antogonistik aloqada bo‘lmaydiganlari ham bor, ular maxsus bo‘lmagan patogen effektga ega fitonematodalardir. Fitonematodalar orasida zamburug‘larni maxsus metseliylari bilan oziqlanadiganlari bo‘lib, ularni “ektoparazit mikonematodalar” deb ataladi.
Tuproqda yashovchi zamburug‘lar sog‘lom o‘simlik to‘qimasiga kiradi va nematodalarni kirishiga yo‘l ochadi. Ammo dastlabki qadam o‘lgan o‘simlik to‘qimasiga va kasal o‘simlikning saprobiotik (nekromik) manbasi tomon bo‘lgan.
Shunday qilib mikonematodalar saprobiosda saprofit bakteriyalar va zamburug‘lar jamoasi bilan birga yashaydigan fitonematodalarga aylandi.
Bakteriya va zamburug‘lar o‘simlik to‘qimasini o‘zlashtirishga yordam beradi, shunday qilib trofik (ozuqa) bog‘liq kuzatiladi.
Sog‘lom o‘simliklarda yashash uchun nematodalarni o‘zlarini kuchli rivojlangan ektofermentativ faoliyati bo‘lishi kerak, bu bakteriya va zamburug‘larning ishini bajarishi kerak. Shunday yo‘l bilan bevosita oziqlanishga erishiladi. Bu fitonematodalarning bioximik faolligi orqali amalga oshadi.
Fitonematodalarning bir qismi tuproq bilan yaqin aloqasini saqlab qoladi. Bular fitonematodalarni kuchli stiletli, ancha sodda tipidir. Ular ektoparazit perforatorlardir.
Boshqa fitonematodalar zamburug‘ va bakteriyalar bilan birga stileti yordamida o‘simlik to‘qimalariga kirib endoparazitlarga aylangan. Ba’zi fitonematodalar o‘simlik to‘qimasida nekrozni qo‘zg‘ab qo‘yib yana tuproqqa qaytadilar. Bular ko‘chib yuruvchi fitonematodalarni eng sodda ko‘rinishidir.
Boshqa nematodalar nekrozni qo‘zg‘atgach tuproqqa qaytmaydi, balki o‘simlikni zararlanmagan qismiga ko‘chadi. Shunday qilib, xaqiqiy ko‘chib yuruvchi fitonematodalar kelib chiqadi.
Boshqa bir guruh yangi yo‘lni tanladi, ya’ni ular ildizda nekrozni chiqarmaydi. Ular ildizdan tuproqqa tushmaydi, siljib yurmaydi, ammo o‘simlik to‘qimasida gigant hujayralarni keltirib chiqaradi, ular fitonematoda va o‘simlik o‘rtasida aloqachi bo‘lib qoladi. Gigant hujayralarga nematoda bosh qismini tiqib olib o‘simlik shirasini so‘rib oziqlanaveradi. Shunday qilib sedentar –o‘troq fitonematodalar kelib chiqdi.
Binobarin, fitonematodalarning turli guruhlarida moslanishlar paydo bo‘lishi, ekologik liniyalarni rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |