III Tayanch tushuncha
1Abiotik
2Biotik
1Abiotik omillar, muhitning abiotik omillari (yun. a – inkor qoʻshimchasi va bios – hayot) – muhitning tirik organizmlarga ta’sir etuvchi no-organik omillari (iqlim, temperatura, namlik, radiatsiya, tuproqning shoʻrxokligi va boshqalar) majmui. Abiotik omillar kimyoviy (havo, suv, tuproq tarkibi), fizikaviy (quyosh va kosmik radiatsiya, yorugʻlik va issiqlikning taqsimlanishi, havo oqimlari gravitasiyasi, suv almashinuvi qonuniyatlari va hokazo) omillarga bulinadi. Tirik organizmlar turi, zoti yoki navining uz are-ali chegarasidagi soni va taqsimlanish darajasi organizmlarning yashashi uchun zarur hisoblangan, ammo eng kam miqdordagi cheklangan Abiotik omillar ga bogʻliq. Tirik organizmlar taraqqiyot jarayoni-da muhitning Abiotik omillar ta’siriga moslashib boradi. Omillardan ayrimlarining ortiqcha yeki kamligi tirik organizmlarning oʻsishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi (yana qarang Biotik omillar).
Ekologik sistemalarning abiotik (oʻlik) omillariga quyidagilar
kiradi:
1. Iqlim omillari.
2. Tuproq omillari.
3. Topografik omillar.
Iqlim omillariga harorat, yorugʻlik, suv kiradi. Biz quyida oʻsha omillarning tirik organizmlarga ta’sirini koʻrib chiqamiz. Harorat Yerdagi organizmlarning yashashi, rivojlanishi va
tarqalishiga katta ta’sir koʻrsatuvchi eng muhim abiotik omillardan biridir. Hayotiy jarayonlar tor harorat diapazonida kechadi. Koʻpchilik oʻsimlik va hayvonlar sovuq haroratli sharoitda nobud boʻladi yoki anabioz (hamma kimyoviy jarayonlarning juda susayishi yoki toʻxtashi) holatiga oʻtadi. Ammo Antarktidada – 70°C sovuqda ham suvoʻtlari, ishayniklarning ayrim turlari, pingvinlar yashay oladi. Yerda hayotning eng yuqori chegarasi 50–60°C ga tengdir. Bunday haroratda fermentlar faolligi buziladi va oqsillar ivib oladi. Lekin geotermal buloqlarda ayrim mikroorganizmlar 70–80°C da ham yashay olishi kuzatiladi. Oʻsimliklar va koʻpchilik hayvonlar tana haroratini bir xil saqlay olmaydi. ʻsimliklarning sovuqqa chidamliligi hujay – ralarda qand miqdorining koʻpligi va hujayra shirasi konsentra – tsiyasining ortiq yoki suvning kamligiga bogʻliq. Tana haroratini saqlay lish xususiyatlariga koʻra hayvonlar issiq qonlilar va sovuq qonlilarga boʻlinadi. Sovuq qonlilarga umurtqasizlar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar iradi. Ular tana haroratini bir xil saqlay olmaydi. Muhit haroratining koʻtarilishi bu organizmlarda fiziologik jarayonlarning tezlashishiga olib keladi. Muhit haroratining ma’lum iapazondan pasayishi metabolik jarayonlarning susayishiga va organizmlarning oʻlishiga sabab boʻladi. Evolutsiya jarayonida issiq qonli organizmlar tashqi muhit haroratining juda eng oʻzgarishidan qat’i nazar, oʻz tana haroratini doimiy holatda saqlashga moslashgan. Issiq qonlilarga qushlar va sutemizuvchilar kiradi. Qushlarning tana harorati 40°C dan uqoriroq, sutemizuvchilarniki esa 37–40°C atrofida saqlanadi.
Tana haroratining doimiy saqlanishi ikki xil mexanizm asosida amalga oshadi. Kimyoviy mexanizm oksidlanish-qaytari lish reaksiyalarining jadalligiga bogʻliq boʻlib, markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor usulda idora qilinadi. Tana haroratini bir xil saqlashda toʻrt kamerali yurakning paydo boʻlishi, nafas sistemasining takomillashishi ham katta hamiyatga ega boʻlgan. Issiqlikni oʻzgartirmay saqlashning fizik mexanizmlari qalin jun, patlar, teri osti yogʻ kletchatkasi, teri bezlarining paydo boʻlishiga, qon aylanishining nerv istemasi orqa idora qilish mexanizmlarining paydo boʻlishiga bogʻliqdir. Hayvonlarning tashqi muhit harorati oʻzgarishiga moslanish mexanizmlaridan biri migratsiya, ya’ni qulay aroratli joylarga koʻchib oʻtishidir. Kitlar, ba’zi qushlar, baliqiar, hasharotlar va boshqa hayvonlar yildavomida migratsiya qiladi. Sovuq qonlilarning ayrim turlari harorat pasayganda oki keskin koʻtarilganda karaxt boʻlib qoladi. Issiq qonlilarning ayrim vakillari oziq yetishmasa yoki muhit harorati pasaysa, uyquga ketadi (ayiqlar, boʻrsiqlar). Bunda moddalar lmashinuvi susayadi, lekin tana harorati deyarli pasaymaydi. Mikroorganizmlar, oʻsimliklar va tuban hayvonlarning haroratga moslashishlaridan biri ularning anabioz holatiga ʻtishidir. Mikroblar anabioz holatida sporalar, sodda hayvonlar esa sistalar hosil qiladi. Yorugʻlik. Ekosistemalarda kechadigan jarayonlarni asosan quyosh energiyasi ta’minlaydi.
2Biotik omillar, muhitning biotik omillari — bir yoki har xil turga mansub oʻsimlik, hayvon va mikroorganizmlar hayot faoliyatining organizmlarga taʼsiri majmui. Ayniqsa biotsenoz organizmlari orasidagi munosabatlar juda yaqindan boʻladi. Biotik omillar har xil turdagi tirik organizmlarning oʻzaro taʼsiridan iboratligi bilan muxitning abiotik omimarchdan farq kiladi.
Organizmlarning oʻzaro munosabatlari juda ham xilmaxil. Tirik mavjudotlar boshqa organizmlar uchun oziq manbai boʻlishi (oʻt oʻsimliklar oʻtxoʻr hayvonlar uchun oziq hisoblanadi, oʻtxoʻr hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar yeydi), ularning koʻpayishiga imkon yaratishi (oʻsimliklarni changlovchi hasharotlar faoliyati), yashash muhiti boʻlib xizmat qilishi mumkin (mas, gʻoʻzaning xavfli kasalligi—viltni hosil qiluvchi patogen zamburugʻ uchun gʻoʻza xoʻjayin oʻsimlikdir). Raqobat, simbioz (birgalikda yashash) va boshqa ham organizmlar orasidagi munosabatlarga kiradi. Ehtiyojlari bir-biriga oʻxshash organizmlar orasida, mas, agar oʻsimliklarning yoruglik, namlik va muhitning b. sharoitlariga nisbatan talabi bir xil boʻlsa, raqobat paydo boʻladi. Simbioz hayvonlar, oʻsimlik, mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan. Mac, dukkakli oʻsimliklar (beda va boshqalar) azot hosil qiluvchi bakteriyalar bilan birgalikda yashaydi, bu bakteriyalar oʻsimliklar hayoti uchun zarur boʻlgan uglevodlar va boshqa organik moddalarni oʻsimliklar ildizidan oladi. Biotik omillar har doim muhitning abiotik omillari taʼsiriga uchraydi va oʻz navbatida unga faol taʼsir etib, uni oʻzgartirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |