O'zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishi uchun tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zoologiya fani oldiga katta muammolarni qo'ymoqda



Download 40,4 Kb.
bet3/6
Sana17.07.2022
Hajmi40,4 Kb.
#816046
1   2   3   4   5   6
III.1. Para-rizobiontlar
Bu terminni Paramonov (1945) tomonidan, erkin tuproq nematodalarni o‘simlik ildizi bilan aloqador nematodalardan ajratish uchun qo‘llagan.
Bular o‘simlik ildiz sistemasiga bevosita yoki bilvosita intiluvchi trofik bog‘liq bo‘lgan tuproq nematodalardir.
Bularga Dorylaiminae kichik oila vakillarini Paramanov dastlab kiritgan edi.
Hozirgi vaqtda asosan rus olimlari (Sudakova, Baranovskaya, Eliava) ning ishlariga asoslanib Para-rizobiontlarni quyidagi xillari aniqlangan.

    1. Kope yoki odontostili bo‘lgan;

    2. Onxalar bilan qurollangan;

    3. Tishlar bilan qurollangan;

    4. Qurollanmagan stomali;

    5. Stiletli para-rizobiontlar.


III.1.1. Kope yoki odontastili bo‘lgan pararizobiontlar
Bularga asosan dorilaymidlar kiradi. Ular polifag, fito va zoofag bo‘lib 3-7 mm kattalikda bo‘ladi. Ularning kutikulasi kuchli rivojlangan bo‘lib tuproqni kovlaydi va turli faol harakatlar qiladi. Bularning xarakterli belgisi og‘zida sanchuvchi (kope) ignasi (shprits ignasiga o‘xshash) bo‘lishidir.
U yo‘naltiruvchi naycha ichiga joylashgan bo‘lib, muskullar yordamida kuchli harakatga keladi va tashqariga chiqib o‘ljasiga sanchiladi va o‘simlik shiralarini so‘radi.
Bu haqda Bastian (1865), Byuchli (1873), de Man (1884) va keyinroq Mensel (1920) lar ham yozishganlar.
Mensel Dorilaymus turlarini shu yo‘l bilan oziqlanishiga e’tibor bergan edi. Buni Mikoletsskiy (1913-1925) ham juda ko‘p takrorlagan edi.
Zaydenshvars (1923) Eudorilaymus karterini o‘simlik shirasi bilan oziqlanishi haqida to‘xtalib, uning ichagida hattoki xloroplastlarni ham ko‘rganini yozadi. Frans (1942) ham bu fikrni tasdiqladi.
Tornni ta’kidlashiga qaraganda Dorilaymuslar hattoki, kanalar va qizilchada yashovchi geterodera nematodasining tuxumlarini ham so‘rib oladi. Bu turlarni ichagi keng bo‘lib, o‘simliklar bilan ham oziqlanishi mumkin. Ammo, yirik narsalarni yuta olmaydi, chunki ozuqa kop’e orqali o‘tadi. Kopeli para-rizobiontlarga ko‘pchilik yirtqichlar ham kiradi. Torn nematodalarni ichagida o‘simlik qoldiqlari va ildiz shiralari borligini kuzatdi.
Mikoletsskiyning bergan ma’lumotlariga ko‘ra ba’zi bir turlar yashil suv o‘tlari bilan ham oziqlanar ekan. Ba’zilarini kop’esi xanjarga o‘xshash bo‘lib, o‘ljasiga tiqib, o‘ldirib butunicha yutadi, bular yirtqilardir. Ularning bu jihati e’tiborni jalb qiladi. Ulardan turli zararkunandalarga qarshi kurashda foydalanishni o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak.

III.1.2. Onxalar bilan qurollangan pararizobiontlar


Bularga asosan Mononxidlar kiradi. Kuchli rivojlangan bokalsimon stoma onxalar (harakatsiz tishsimon o‘simta) bilan qurollangan bo‘lib eng xo‘ra nematodalardir. Ularning ko‘pchligi tuproq nematodalari bilan ham oziqlanadi. Paramonov (1937) bunday yirtqich nematodalarning (Fotonchus zschockei) ichagida yarim hazm bo‘lgan plektidlar hamda afelenxoidlarni spikulalarini bir necha bor kuzatgan.
Mononxidlarning yirtqichlik xususiyatini laboratoriyada ham kuzatishgan (Steiner a Heinly, 1922).
Mononxidni bittasi bir kunda bo‘rtma hosil qiluvchi nematodani 83 ta lichinkasini yutganligi kuzatilgan. Boshqa bitta mononxid 12 hafta ichida 1332 dona tuproq nematodasini yutganligi aniqlangan.
Tabiiy sharoitlarda yirtqichlik shu darajada bo‘lmasada, ulardan fitoparazitlarga qarshi biologik kurashda foydalansa bo‘ladi.


Download 40,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish