Yashash minimumi inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’molining minimal ko’rsatkichidir.
Tibbiy sug’urta sog’liqni muhofaza qilishda aholi manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish shakli. Tibbiy sug’urtadan maqsad sug’urta hodisasi yuz berganda jamg’arilgan vositalar hisobidan tibbiy yordam olishda fuqarolarni kafolatlash va oldini olish tadbirlarini moliyalash hisoblanadi.
Turmush tarzi tarixan tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy omillar bilan belgilanadigan kundalik kun kechirish tartib-qoidasi. Turmush tarzi tashqi (geografik muhit, iqlim, tuproq sifati, suv havzalarining qulayligi, aholining soni va zichligi, qo’shni xalqlarning joylashishi, taraqqiyot darajasi va h.k.) va ichki omillar (hudud aholisining ongliligi, faolligi, ishchanligi, tadbirkorligi, uyushqoqligi, uzoqni ko’zlab ish yurita olishi va h.k.) ta’sirida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |