Prokopa. Bunda so'z boshida ba'zan unli yoki undosh tovush tushib qoladi : yiroq —iroq, yigna — igna, yig'ach— ag'ach, yirik-iri, yuz — uz.
Sinkopa hodisasiga binoan so'z o'rtasidagi va oxiridagi keng unlilar tor unlilar kabi talaffuz qilinadi va ayrim holatlarda tushib qoladi: valochka — valichka, traktor — traktir, avtor —avtir, direktor-direktir, generator — generatir kabi.
Apakopa so'z o'zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi hodisasidir: do'st — do's, xursand —xursan, gazeta — gazit, smena" smen va hokazo.
Sinerezis hodisasiga ko'ra so'z o'rtasida bir joyda kelgan ikki
nlining biri kuchsizlanadi va nutqda tushib qoladi. Ikkinchi unli
fonema esa cho'ziq taffuz etiladi: maorif— mo:rif, saodat~so:dat,
airoat —qiro:t, jamoat —jamo:t. Bu hodisa asl o'zbekcha so'zlarga xos
emas.
Reduksiya. So'zning birinchi bo'g'inida biror unlining, odatda,,
tor unlining kuchsizlanib talaffuz qilinishidir. Masalan, bir, bil, til so'zlari bir bo'g'inli bo'lganligi va urg'u shu so'zdagi i unlisiga tushganligi tufayli bu so'zlardagi i unlisi me'yordagidek talaffuz qilinadi va eshitiladi. Lekin shu so'zlarning oxiriga ikkinchi bir bo'gJin qo'shilishi bilan, urg'u ham ikkinchi bo'g'inga ko'chadi. Natijada birinchi bo'g'inidagi i unlisi kuchsizlanadi va eshitilar — eshitilmas holda sust talaffuz qilinadi: bilak, tilak, biroq. Birinchi bo'g'indagi urg'ularning ana shunday kuchsizlanib talaffuz qilinishi reduksiya hodisasiga "misol bo'la oladi (reduksiya so'zining lug'aviy ma'nosi «kuchsizlanish», «orqaga qaytish», «pastga tushish» demakdir). Reduksiyaga quyidagi so'zlarning birinchi bo'g'inida kelgan i ning kuchsizlanib talaffuz qilinishi ham misol bo'la oladi: pishiq, shira, pishak, qiliq, ichak kabi. Reduksiyaning ikkinchi bo'g'inda kelish hollari ham uchrab turadi. Bu hodisa so'zga uchinchi bo'g'in qo^shilganda sodir bo'ladi — ikkinchi bo'g'indagi unli tamoman kuchsizlanib, tushib qoladi. Masalan, burun — burni, bo'yin—bo'yni, egin —egni, keyin keyini singari. J
Eliziya. Unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so'zning qo'shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasidir. Bunda bir necha holat kuzatiladi: a) birinchi so'z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza oladi — yozoladi, bora oladi — boroladi, qora ot— qorot: b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so'zning bosh unlisi tushib qoladi: borar ekan — borarkan, borar emish—borarmish, yozgan ekan — yozgankan kabi: v) Abdusalom so'zining Absalom, Abdujabbor so'zining Abjabbor, olib kel so'zining opke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir unli va bir undoshning tushib qolishi ham eliziyaning yuqori, murakkablashgan formasi hisoblanadi. Bunday hollarda eliziyaning murakkablashishi natijasida so'zlarning qisqargan formasi hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |