O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi


Sintaktik qoliplar tizimi sintaktik paradigmani tashkil etadi. Sintaktik



Download 1,67 Mb.
bet17/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

Sintaktik qoliplar tizimi sintaktik paradigmani tashkil etadi. Sintaktik paradigma ikkiga — gap paradigmasi va so'z birikmasi paradigmasiga bo'linadi. Gap paradigmasining o'zi ikki — sodda gap 4°ttplari va qo'shma gap qoliplari kabi ichki (mikro) paradigmalarga bo'linadi. Bu bilan «Sintaksis» bo'limida tanishasiz.


LISONIY MUNOSABAT VA UNING ASOSIY TURLARI

Munosabat keng qamrovli tushuncha bo'lib, bir butunlikning tarkibiy qismlari — birliklari orasidagi o'zaro aloqa va bog'lanishlarni anglatadi. Bunday aloqalar turlicha bo'lishi mumkin. Ouyidagi gapga diqqat qilaylik: Ularning ismlari — Salim va Halim. Bundagi nutqiy birliklar turlicha munosabatlar bilan bog'langan. (Ular) so'zi (nom) so'zi bilan, (u) olmoshi (— lar) qo'shimchasi bilan ketma — ketf zanjirsimon bog'langan. Yoki (ism) so'zi uchta tovushning ketma — ketligidan iborat. Bunday chiziqsimon, liniyaviy ketma —ketlik aloqasi, sintagmatik aloqa deyiladi. Sintagmatik aloqa lisonda hamf nutqda ham mavjud bo'ladi. Masalan, [kitob] leksemasi beshta tovushning birikuvidan iborat nomemaga ega bo'lib, u lisoniy birlik sanaladi. Shuningdek, yasama so'z ((suvchi), (ertapishar)), so'z birikmasi (kitobni o'qimoq) da ham birikuvchi a'zolar sintagmatik aloqada bo'ladi.


Sintagmatik aloqani sintaktik aloqadan farqlash lozim. Sintagmatik aloqa barcha til birliklariga xos ketma —ket bog'lanish bo'lsa, sintaktik aloqa so'z va gaplarning hokim — tobelik munosabatidir. Demak, sintagmatik aloqa va sintaktik aloqani butunlay boshqa —boshqa hodisalar ham, shuningdek, ularni bir — biriga aynan tenglashtirish, bir — birini qoplovchi tushunchalar sifatida qarash ham mumkin emas. Sintagmatik va sintaktik aloqa butun—bo'lak munosabatidadir. Boshqacha aytganda, sintaktik aloqa sintagmatik aloqaning bir ko'rinishidir.
Ko'pincha sintagmatik aloqani nutqqagina xos deb tushunish hollari ham uchraydi. Bu hodisani biryoqlama, tor tushunish oqibatidir. YUqoridagi gapda ishtirok etayotgan birliklar orasida pog'onali munosabat ham mavjuddir. Pog'onali munosabat deganda birliklarning boshqasi tomonidan qamrab olinishi tushuniladi. Masalan, Salim va Karim so'zlari erkak kishilarning ismi bo'lib, ayollarning ismi bo'lgan Halima so'ziga qarama qarshi turadi. Lekin ularning barchasini [ism] leksemasi qamrab oladi. [ism] leksemasi esa, [nom] leksemasi bilan birgalikda, [ot] leksemasi tomonidan qamrab olinadi. Uni shartli ravishda quyidagicha tasawur qilish mumkin:


[ot]

[ism] [nom]


[Salim] [Karim] [Halima] [Lola] [qo'y] [kitob]


Bu pog'ona yuqoriga va quyiga qarab yana davom ettirilishi mumkin. Demak, [Calim], [ism], [ot] leksemalari pog 'onali munosabatga kirishgan. Lisoniy birliklarning pog'onali


munosabatlari ikki xildir. Masalan, [daraxt] va [tana], [ildiz], [barg], [shox] birliklarining o'zaro munosabati [daraxt] va [olrna], [o'rik], [nok], [gilos] leksemalarining o'zaro munosabatlaridan farq qiladi.
Awalgi pog'onali munosabatda [daraxt] butunni va qolganlari qismni ifodalasa, keyingisida [daraxt] turni ifodalasa, mevaning muayyan nomlarini ifodalovchi birliklar turning ko'rinishlari — jinslar sifatida namoyon bo'ladi. Ikkinchi munosabatdagi birliklar [daraxt] leksemasining xususiy ko'rinishlari - juz'iylashishidir. Birinchisida esa bunday munosabat mavjud emas. Shu boisdan «Gilos daraxtdir» tarzidagi hukmni aytish mantiqiydir. Biroq «Ildiz daraxtdir» deyish mumkin emas.
Tilshunoslikda lisoniy birliklarning butun-bo'lak munosabati partonimik (part - qicm, bo'lak), tur-jins munosabatlari giponimik (...jins) munosabatlar deyiladi. Partonimik munosabatlarga kirishuvchi qismni ifodalovchi birliklar partonimlar, giponimik munosabatga kirishuvchi jins nomlari giponimlar deyiladi. Butunlik totonim va tur norm giperonim deyiladi.
O'xshashlik (paradigmatik) munosabatlari o'zaro teng (pog'onali munosabatdagi [daraxt] va [tana], [daraxt] va [gilos] birliklari semantik qamrovi jihatdan teng emas edi), bir umumiy belgi asosida birlashib, qator hosil qiluvchi, ammo o'ziga xos belgilarga ko'ra farqlanib turuvchi birliklarning o'zaro aloqalarini ifodalaydi.
Yuqorida aytilganidek, paradigma a'zolari o'zaro teng bo'lib, nutqda bir xil o'rinni egallaydi va bir xil xususiyatlarga ega bo'ladi. Berilgan misoldagi [Salim], [Karim], [Halima] so'zlari o'zaro teng, bir xil o'rinda kela oladi, biroq o'zaro farqlarga ham ^ga.
O'zaro o'xshashlik munosabatlarida bo'lgan birliklarning bir-bin bilan farqli xususiyatlari asosida qarama - qarshi qo'yilishi ziddiyat (oppozitsiya), ziddiyatga kirishayotgan paradigma a'zolari ziddiyat a'zolari deyiladi. Ziddiyatdagi birliklar o'zaro ma'lum birbelgi asosida qarama — qarshi qo'yiladi. Bu belgi ziddiyat belgisi deyiladi.
Keyingi mavzuda ziddiyat turlari va ularning mohiyati haqida so'z yuritiladi.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish